Qutblar: Hasan va Husan 

3 926

Bir-biridan 6357 kilometr uzoqdagi Shimoliy qutb bilan Janubiy qutb hech qachon o‘zaro diydor ko‘rishmagan ekan. Ularning baxtiga televizor yaratilibdi, sputniklar uchirilibdi. Shular vositasida hamsuhbat bo‘lishibdi. Gapdan gap chiqib, ular Hasan-Husan ekanliklarini bilib qolishibdi. Axir, ular bitta «o‘q»ning ikki uchida turishadi; odatlari, yurish-turishlari ham ancha o‘xshash-u, faqat bir-birlariga orqa qilib, teskari turi­shadi. Xullas, ikkovi fikr almashishibdi:

Hasan (Shimoliy qutb). Kunduzi tush paytida men Qu~ yoshni naq janub tomonda ko‘raman.

Husan (Janubiy qutb). Men o‘sha paytda Quyoshni naq shimol tomonda ko‘raman.
Hasan. Bizda Oy chapdan o‘ngga yuradi.

Husan. Bizda esa o‘ngdan chapga o‘tib ketadi. 

Hasan. Biz dekabr, yanvar, fevral oylarini bir qilib, qish deymiz.

Husan. Yo‘g‘-e, bu oylar bizda yoz-ku. Iyun, iyul, avgust oylarini haqiqiy qish desa bo‘ladi.

Hasan. Bizni 21-martdan 23-sentabrgacha 186 kun oftob yoritib turadi. Ammo oktabrdan martgacha 179 kun qo- rong'iroq bo‘ladi, Quyoshni butunlay ko‘rmaymiz.

Husan. Bizda martdan sentabrgacha 179 kun qorong‘i, oktabrdan martgacha 186 kun-u tun yorug‘.

Hasan. Biz qalinligi uch-to‘rt metr muzlik ustida yashay- miz. Qazib tushsak, shundoq dengizga chiqamiz. Chuqurligi 4 ming metr. Yer markaziga eng yaqin joydamiz. Dengiz suvi ham mehmondo‘st — Atlantika okeanining iliq suvlari aralashib turadi. Muzimiz har kun janub tomonga siljiydi.

Husan. Bizda hammayoq qalin muz, qalinligi bir necha ming metrga yetadi, qazib bo‘lmaydi. Chorasi topilgan chog‘da ham baribir qattiq yer — toshga borib taqalamiz. Ostimizda de­ngiz yo‘q. Afsuski, biz Yer markazidan uzoqroqmiz.

Hasan-Husanning aytganlari o‘rinli. Ularga yana quyidagilami ham eslatib qo‘yaylik. Ikkala qutb ham bir yo‘la 360 ta meridian chizig‘ining uchlarini tugib, ushlab turibdi. Demak, qutb nuqtasida uzunlik chizig‘i yo‘q. Mahalliy vaqtlari ham xohlagancha — Moskva vaqti deyilsa ham to‘g‘ri, Toshkent vaqti deyilsa ham to‘g‘ri. Bir nuqtadan iborat kenglik chizig‘i 90 gradus.

«Qutbiy tunlar» iborasining ma’nosi shuki, 179 qorong‘i kunning faqat 90 kuni (6-noyabrdan 4-fevralgacha) tim qorong‘i bo‘lsa, qolgan kunlari g‘ira-shira bo‘lib turadi.
Yozda quyosh gorizont ortiga sal yashrinadi-da, yana qalqadi. Kechqurun osmonning shimoli g‘arbiy qismini, ertalab esa shimoli sharqiy qismini yoritadi. Shunda oqshom g‘ira- shirasi tong yorishishiga tutashib ketadi. Shu davrda «oq tun­lar» kuzatiladi.

Agar Shimoliy qutbga to‘rt tomoni derazalik uy o‘matilib, qaysi derazasidan qaramang, baribir... bir tomonni ko‘rgan bo‘lasiz. Chunki Shimoliy qutbda turgan uyning faqat janub tomoni bo‘ladi. Bu nuqtadan qaysi tomonga qadam tash- lashingizdan qat’i nazar, faqat janub tomonga yurgan boiasiz (globusda sinab ко‘ring). Shimoliy qutbda esgan har bir shamol ham «janubiy shamol» deb hisoblanadi (shamollar kelayotgan tomoniga qarab nom olishini eslang).

Janubiy qutb buning aksi — uning faqat shimol tomoni bor, u yerda faqat «shimoliy shamol» esadi. Shunday ekan, qutbda kompas qayoqni ko‘rsatadi, degan savol tug‘ilishi, tabiiy. Kompas millari, esingizda bo‘lsa, ayni Shimolni, geografik qutbni emas, balki Shimoliy magnit qutbini ko‘rsatib turadi (Shimoliy magnit qutbi Grenlandiyadan g‘arb tomonda 75 gradus shimoliy kenglik va 81 gradus g‘arbiy uzunlikda). Shu sababli Shimoliy qutbda kompas millarining bir uchi Grenlandiya g‘arbidagi magnit qutbini, ikkinchi uchi esa boshqa tomonni ko‘rsatadi. Shunga qaramay, ikkala uchi ham Shimoliy qutbga nisbatan janub tomonni ko‘rsatadi.

plus  Foydalanilgan manbalar:

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.