Ruanda - darozlar diyori 

412

Pigmeylar yashaydigan nam va diqqinafas o‘rmonlami tarketib bir kun yurilsa, Afrika  Shveytsariyasiga yetib  kelinadi. Bu yerning  havosi toza,  beg‘ubor, quruq. Kunduzlari ortiqcha  issiq emas, tunlari salqin bo`lib, kishiga orom bagishlaydi. Ana  shunday joyda  ruanda qabilalaridan biri  —  vatusslar yashaydi.

Erkak  vatussning bo‘yi  2-2,5  metr keladi.  Odatda,  daroz odam qo‘polroq va beso‘naqay bol`adi; vatusslar bunday emas. Bu bahaybat odamlaming kelishgan qaddi-qomati, mardonavor, salobatli ko‘rinishi, yengil qadam tashlab  yurishi  kishini hayratda  qoldiradi.

Vatusslar  bayram kunlari  kumush  va tilla  rangda tovlanib turadigan yoki  keng qizil  yo‘lli oq gazlamadan  tikilgan  uzun kiyim  kiyadi.  Bu kiyimlar o‘zlariga  juda yarashib  turadi.  Vatusslar orasida to`la erkak yoki ayolni  uchratmaysiz,  ammo bolalarining  hammasi lo‘ppi,  do‘ndiq bo`ladi.  Bolalarga yoshligidan yangi sog`ilgan sut yoki  qatiq  ko‘p ichiriladi.

Bolalar katta bo`ganlarida ham sut mahsulotlar ular ovqatining asosiy qismini tashkil etadi, sutli ovqatlarga banan,  sabzavot, ba’zan go‘sht  qo‘shiladi. To‘yimli ovqat yeganligidan bolalar tez o‘sib  rivojlanadi. 

Vatusslar - tug‘ma  chorvador; shunga ko‘ra ularning hayotida  mollar  birinchi darajali  ahamiyatga ega. Ular o‘zlari ning shoxli mollari — zeb ularga haddan tashqari mehribon. Bayramlarda «Mollar namoyishi» o‘tkaziladi. Egalari o‘z  mollarining  barcha fazilatlarini  baland  ovoz bilan  aytib,  ko‘riklar o‘tkazadilar.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash