Qizlarning balog`atga yetishi 

8 263

Yangi Gvineya papuaslarining roro qabilasida balog‘atga yetgan qiz o‘tishi shart bo‘lgan asosiy sinov teri ostiga rang o‘tkazib naqsh solish, ya’ni tatuirovka qilishdir. Tatuirovka vaqtida badan juda og‘riydi, kishi azob chekadi. Bu xalqning tatuirovka qilishi avstraliyaliklardagi oddiy tatuirovkadan farqli o‘laroq, ko‘pincha olti yil davom etadi. Teri ostiga rang o‘tkazib naqsh solish qiz 8-9 yoshga yetganda boshlanib, 15-16 yoshda nihoyasiga yetkaziladi. Bu yoshga kelib qizning a’zoyi badani turli naqsh-chandiqlar bilan qoplanadi.

Naqsh solish nihoyasiga yetgach, qiz alohida kulbada saqlanadi, bu yerdan faqat bayram boshlangachgina chiqadi. Alohida kulbada yashash juda zerikarli bo‘lishidan tashqari qiz bu vaqtda, ya’ni bayramgacha turli taom va ichimliklardan o‘zini tiyishi lozim: bayram esa naqsh solish natijasida badanda hosil bo‘lgan jarohatlar bitib ketgandan keyingina boshlanadi. Bayram boshlanishi oldidan qizning badani cho‘chqa moyi va sariq bo‘yoq surtib, turli chig‘anoqlar, it va to‘ng‘iz tishlarini taqib bezatiladi.

So‘ngra qiz kulbasidan chiqib, qishloqdagi maxsus ajratilgan maydonni ikki-uch marta aylanadi. Yigitlar bu yerda uni kutib oladilar. Balog`atga yetgan qiz bilan dastlab yigitlar uchrashadi va bo‘lajak qayliqlaridek salomlashadi.

Afrikaning Gana mamlakatida ota-ona qizini balog‘atga yetgan deb hisoblaganidan keyin uni chiroyli ldyintirib, yasantirib qishloq ko‘chalaridan aylantirib chiqadi; qarindosh-urug‘lari va yor-u birodarlari ularga hamroh bo‘lib yo‘l-yo‘lakay qizning go‘zalligi, uy-ro‘zg‘or ishlariga mohirligi, aqlliligi haqida kuylab boradilar, qizning balog‘atga yetganligi haqida qishloq aholisini shu tarzda xabardor qiladilar.

Zoir mamlakatidagi ba’zi xalqlar qizlari voyaga yeta boshlagach, o‘rmonda muqaddas kulba qurib, qizni o‘rmonga jo‘natadilar. Erkaklar bu kulbaga yaqin yolatilmaydi. Uch kunlik ro‘za vaqtida qiz maxsus ta’lim oladi. Ro‘za paytida o‘rmonda gulxan o‘chmasligi lozim. Shuning uchun gulxan yonida keksa ayol: «Olov so‘nmaydi, olov nobud bo‘lmaydi»,— deb kuylab gulxanga o‘tin qalab o‘tiradi. Boshqa ayol­lar turmushda zarur bo‘ladigan narsalami qizga o‘rgatib, uni hayotga tayyorlay boshlaydilar. Ro‘zaning uchinchi kuni kechasi qizning badanini qizil, qora va sariq bo‘yoqlar bilan bo‘yashadi. Shu payt kulba atrofida yigitlar to‘planadi. Imo-ishora qilinishi bilan yigitlar nog‘ora chala boshlaydi. Nog'ora ovozi sinov tugaganligini — qishloqda yana bir qiz balog‘atga yetganligini bildiradi.

Afrikaning Lesota mamlakatidagi suto xalqida qizlaming balog‘atga yetganligini sinash ishlari maxsus tayinlangan ayol­lar nazoratida o‘tkaziladi. Maxsus tayinlangan ayollardan tu- zilgan «komissiya» yaqinroqdagi suv havzasiga uzuk tashlaydi. Sinovdan o‘tuvchi qiz suvga sho‘ng‘ib uzukni olib chiqadi. Keyin qizlarga dalada dehqonchilik ishlari o‘rgatiladi. Sinov davrida erkaklar qizlardan uzoqroqda bo‘lishi lozim. Qizga yaqin kelgan yigitlami «komissiya» chiviqlar bilan savalab ta’zirini beradi. Sinash davri yanvar yoki fevralda — don ekinlariga o‘roq tushganda tugaydi.

Janubi g‘arbiy Afrikada­gi Namibiyada yashovchi gottentotlarning qizlari sinov davrigacha qip-yalang‘och yuradi. Sinov boshlangach, qiz chiyabo‘ri terisidan tikilgan po‘stin kiyib, kulbada maxsus belgilangan joyda uch kungacha oyoqlarini yig‘ib, og‘zini yumib, boshini chayqatib o‘tiradi. Uchin­chi kuni qizning ota-onasi sigir so‘yadi. Qizning bo‘ydoq qarindoshi sigir tulu- mini uyga olib kirib, qiz­ning serfarzand, badavlat, sigirdek go‘zal va yoqimtoy bo‘lishini tilaydi. Gottentotlar sigirni ezgulik ramzi deb biladilar.

Nigeriyaning janubi sharqiy qismidagi efik qabilasida voyaga yetgan qiz turmushga chiqishidan oldin maxsus «to‘ydirish» marosimini o‘tishi lozim ekan. Bu marosim shundan iboratki, qiz ayrim xonada uch oy tanho o‘zi yashaydi. Bu xonaga faqat qizning onasi va eng yaqin dugonalari tashrif buyurishi mumkin. Shunday xoli va daxlsiz muhitda qiz ma’­lum darajada semirguncha sarxil taomlar yegizib parvarish qili­nadi. Qiz semirib, bilagi maxsus ko‘ylak yengiga sig‘may qolgach, ya’ni ko‘ylak tor kelib qolgach, «to‘ydirish» marosimi tugaydi.

Uch oy davom etgan «chilla o‘tirish»da qiz yetuk oila sohibasiga xos fazilatlami egallaydi, ya’ni taom pishirishga, bichish-tikishga, axloq-odob, an’anaviy raqs va farzand boqish, tarbiyalash kabi ishlarni mukammal o‘rganib oladi.

Uch oylik muddat o‘tgandan keyin qizning ostona hatlab tashqariga chiqishi bayramga aylanib ketadi: ko‘chalar bezatilib, sayil o‘tkaziladi. Sayilda qishloqning barcha aholisl ishtirok etadi. Shunday tantanadan so‘ng qiz balog‘atga, ya’ni kelinlikka yetilgan hisoblanadi.

plus  Foydalanilgan manbalar:

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.