Mashhur shaharlar nomining kelib chiqishi 

14 884

London-Angliya
  London - qadimgi rimliklarning "Londonium” so’zidan kelib chiqqan degan taxminlar bor. Ammo bu so’zning aniq ma’nosi yo’q. Ba’zi taxminlarga ko’ra, "London” lotincha "Lond” so’zidan kelib chiqqan bo’lib, ya’ni "o’rmon orasidagi yovvoyi joy” ma’nosini anglatadi. Yana bir taxminga ko’ra, u qadimgi keltlar tilidan olingan bo’lib, "Llin” (ko’l) va "Dun” (mustahkamlash) so’zlari birikmasidan paydo bo’lgan. Keltlar davrida shahar "Lludid” deb atalgan.
Parij-Fransiya
  Eramizdan avvalgi III asrda keltlarning parizi qabilasi Sita oroliga kelib joylashishadi va kichikroq baliqchilar qishlog’iga asos solishadi. Keyinroq qishloqcha shaharga aylanib ketadi va Lyutetsiya nomini oladi. Eramizning 52-yilida shahar rimliklar tomonidan bosib olinadi va unga "Parizilar shahri” nomi beriladi. Keyinchalik u Parijga aylanib ketadi.
 
Amsterdam-Niderlandiya
  Niderlandiyaning poytaxti Amsterdam shahriga 1275 yili asos solingan. Shahar shimoliy Gollandiya viloyatidagi Amstel daryosi bo’yida joylashgan. Daryo toshib, atrofni suv bosavergach, to’g'on qurilgan. To’g'on niderland tilida "Dum” deyiladi. Amsterdam so’zining ma’nosi "Amstel daryosidagi to’g'on” ma’nosini anglatadi.
 
Madrid-Ispaniya
  Madrid shahrining rivojlanish davri 932-yilga borib taqaladi. Shahar Madjirit qal’asi atrofida paydo bo’lgan. 1561-yili Ispaniya qiroli Filipp II uni o’z davlatining poytaxti deb e’lon qilgan. Madrid so’zi qadimgi arab va ispan tillari aralashmasidan hosil bo’lgan, degan taxminlar bor. Ammo bu so’zning qanday ma’no anglatishi hamon noma’lum.
 
Berlin-Germaniya
  Berlin shahri nemischa "Bar”, ya’ni "ayiq” so’zidan paydo bo’lgan, deyishadi. Chunki shahar gerbida ayiqning surati aks etgan. Ammo bu taxmin haqiqatdan yiroq. Shaharning nomi slavyan tilidagi "Beri”, ya’ni "botqoq” so’zidan kelib chiqqan.
 
Bern-Shveytsariya
  Bern shahri Shveytsariyaning rasmiy poytaxti sanaladi. Uning nomi nemis, frantsuz, italyan tillarida ham bir xil ma’noni anglatadi. Ya’ni, "Birlashgan shahar”.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.