26-noyabr Xalqaro axborot kuni 

2 411

Birlashgan Millatlar Tashkilotining iqtisodiy-ijtimoiy kengashida va butunjahon axborot parlamentida bosh konsultativ statusga ega bo'lgan xalqaro akademiyaning tashabbusi bilan har yili 1994-yil 26-noyabrdan boshlab "Xalqaro axborot kuni" nishonlanib kelmoqda. 1992-yil 26-noyabrda birinchi marotaba xalqaro axborot forumi bo'lib o'tdi. Bugungi kunga kelib, bu bayramni dunyoning ko'pgina davlatlari nishonlaydi. Axborot – bu keng ma'noda bir insonning ikkinchi bir insonga og'zaki, yozma yoki boshqa bir yo'l bilan beradigan ma'lumoti. Fan va texnikadagi tushuncha. Bu tushuncha faqat odamlar orasidagi axborotni emas, balki odamlar bilan avtomat, o'rtasidagi axborotni, hayvonlar va o'simliklar o'rtasidagi signallar almashinuvini ham o'z ichiga oladi. Ijtimoiy-siyosiy informasiya–ichki va xalqaro hayotdagi dolzarb yangiliklar, jamiyat hayotidagi ommaga taaluqli faktlar, hodisalar, siyosiy, iqtisodiy, ilmiy madaniy jarayonlar va boshqalar haqida tarqaladigan xabarlar majmuasi. Internet-tarmoq katta (global) va kichik (global) kompyuter tarmoqlarini o'zaro bog'lovchi butun jahon kompyuter tizimi. Unda geografik o'rni, makondan qat'i nazar, ayrim kompyuter va mayda tarmoqlar o'zaro hamkorlikda global informasiya infratuzilmasini tashkil etadi. Axborot-butun jahonda katta bir qimmatbaho narsaga aylanib qolyapti. "Kim axborotga ko'proq ega bo'lsa u dunyoga ega bo'ladi” degan ibora bor. Uning soni kundan-kunga oshib ketyapti. Ilgarigi paytlarda "raqamli kelajak” hech kimning hayoliga kelmagan. (qo'l telefoni, internet, planshet). Keyingi paytlarda psixologlarning aytishicha informasion texnologiyalardan to'g'ri foydalana bilmaslik "informatsion stress”ga olib kelar ekan. Bu esa sog'liqqa zarardir.

26-noyabr Jizzax viloyatidagi Arnasoy tumani tashkil topgan kun
Arnasoy Jizzax viloyatidagi tuman. 1975-yil 26-noyabrda tashkil etilgan. Shim va shimoliy-g’arbda Forish, Janubda Zafarbod, janubiy sharqda  Paxtakor, sharqda Do’stlik, shimoliy sharqda Mirrza cho’l tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni 0.49 ming km.kv. Arnasoy tumanida 6 Qishloq fuqarolari yig’ini (Do’stlik, Zarafshon, Usmon Yusupov, Cho’lquvar, Yangibo’ston, G’alaba) bor. Markazi - G’oliblar qishlog’i. 
Tabiati. Tuman relefi asosantekisliklardan iborat. Yer yuzasi shimoliy va shuimoliy g’arbdan  janubiy va janubiy sharqqav tomon  asta sekin   ko’tarila boradi. Iqlimi keskin kontinental. Yanvar oyining o’rtacha tempiraturasi -1,-5 daraja, iyulniki 30 darajagacha. Yiliga o’rtacha 150-300 mm yog’in tushadi. Arnasoy tumanining shim.  Qismida Aydar ko’li joylashgan. Tuprog’i asosan bo’z-qo’ng’ir tuproq, shimoliy sharqiy  qismida qisman sho’rxoklar  bor. Tumaninig cho’l joylarida chala  butalar, saksovul, efemer va efemeroidlar o’sadi. Kemiruvchilardan qo’sh oyoq, yumronqoziq, quyon; sudralib yuruvchilardan  kaltakesak, ilonlar; yirtqichlardan bo’ri, tulki, bo’rsiq; hashorotlardan chayon, falanga; qushlardan to’rg’ay,  so’fi to’rg’ay, boyo’g’li yashaydi.  Arnasoy tuman hududida  Arnasoy davlat orintologiya buyrtma hududi tashkil etilgan. Aholisi; asosan, o’zbeklar; shuningdek rus, qozoq, tojik, tatar va boshqa millat vakillari ham yashaydi. 

plus  Foydalanilgan manbalar:

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.