14-noyabr Sotsiologlar kuni 

2 986



14-noyabr Sotsiologlar kuni 
14-noyabrda Rossiyaliklar sotsiologlar (jamiyatshunos) kunini nishonlaydi. Parijda birinchi bo'lib rasmiy ravishda sotsiologik fanlar taqdim etilgan. 1901-yil 14-noyabrda shu yerda ilk bor Rossiyaning oliy ijtimoiy fanlar maktabi ochilgan. Dunyo fani tarixida u birinchi bo'lib umumta'lim o'quv yurti deb hisoblanib, u yerda sotsiologik fanlardan dars berilardi. Bu yerda sotsiologiya va siyosat sohasidagi ajoyib va mashhur professorlar M. Kovalevskiy, E.De Roberti, P. Lavrov, N.Koreev va P.Milyukovlar dars berishar edi. Sotsiologlar kuniga bag'ishlangan bayram 1994-yil Rossiyada tasdiqlangan va shu sanada Sankt-peterburg universitetining sotsiologiya fakultetida bu bayram har yili nishonlanadi. Rossiyada birinchi Akademik sotsiologiya aynan shu yerda tug'ilgan. "Sotsiologlar kuni”-bu tabriklar, sovg'alar, otkritkalar, rasmlar, she'rlar va bayram ssenariylaridir.

14-noyabr Hindistonda bolalar kuni 
14-noyabrda butun Hindistonda bolalar kuni bayram qilinadi. U Javoxarlal Neruning tug‘ilgan kuni bilan bog‘liq. Televideniyaning hamma kanallarida bolalarga bag‘ishlangan ko‘rsatuvlar va bolalar muammolariga daxldor tok-shoular beriladi. Kerala shtatida bolalar va o‘quvchilarga alohida diqqat e'tibor qaratiladi. Bu yerda aholi 100% ma'lumotga ega. Buni orqasida maxsus komitetlar turib, qattiq nazorat qilishadi. Ma'lumot olishga katta pul ajratiladi. Asosiysi-maktablar tekin. Agar yosh yigit yoki qiz o‘qishni yana davom ettirmoqchi bo‘lsa, unda ularga  oliy o‘quv yurtlari uchun yo‘llanma beriladi. Diplom olgach ular ixtisosliklariga muxtojlik bor joylarga yuboriladi va 3 yil ishlab beradilar. Keraleda bolalar kuni alohida e'tibor bilan bayram qilinadi. Har bir maktab o‘zining shahri ko‘chalaridan orkestr bilan o‘tadi. Keyin har bir maktab va har bir maydonda o‘yinlar, musobaqalar, spektakllar boshlanadi. Hamma joyda konsertlar bo‘lib o‘tadi.

14-noyabr Butun dunyo diabetga qarshi kurashish kuni
14-noyabr kuni Butun dunyo diabetga qarshi kurash kuni 1991-yil Xalqaro diabet federasiyasi va Butun dunyo sog'liqni saqlash tashkiloti tomonidan joriy qilingan. 1922-yil yanvarda kanadalik yosh olim Frederik Banting tarixda birinchi marta qand kasalligining og'ir formasi bilan kasallangan 14 yoshli bolani insulin bilan davolab uning hayotini saqlab qoldi. Insulin ishlab chiqarishga patent olib, natijada katta boylikka ega bo'lishi mumkin edi, lekin Banting hamma huquqni Toronto universitetiga berdi. Keyinroq insulin ishlab chiqarish huquqi Kanada medisina tadqiqot sovetiga berilib, 1922-yilning oxirida yangi preparat dori bozoriga chiqarildi. 2007-yildan beri Butun dunyo diabetga qarshi kurash kuni BMT rahbarligi ostida o'tkazilmoqda. Uzoq asrlardan buyon odamlar bu kasallikka qashi kurashda hech qanday vositaga ega emas edilar, qand kasalligi tashxisi bemorga uning tuzalib ketishigagina emas, hayotiga ham umid qoldirmasdi. Glyukoza tolalarini o'zlashtirishni ta'minlovchi bu gormon-insulinsiz kasal organizm yashay olmaydi va sekin-asta o'lishga mahkum. Frederika Banting va uning hamkori Charlz Bestaning bu kashfiyoti tufayli millionlab odamlarning hayoti saqlab qolindi. Qandli diabetni to'liq davolab bo'lmasada, insulin sharofati bilan odamlar bu kasallikni nazoratda ushlab turishni o'rganishdi. 1923-yilda Banting va Makleodning bioximiya va medisina sohasidagi ishlari 1- va yuqori ko'rstkichga ega bo'lganligi tan olinib, ularga Nobel mukofoti berildi. Bestaning xizmatlarini e'tiborga olishmadi, shuning uchun Banting o'zining Nobel mukofotining yarmini Bestaga berdi.

14-noyabr Jurnalist Nelli Blay dunyo bo'ylab sayohatga otlangan kun
22 yoshli dadil, epchil jurnalist Nelli Blay (haqiqiy ismi Elizabet Kokreyn, 1864-1922) "Nyu-York uorld” gazetasining reportyori Jyul Vernning "Dunyo bo'ylab 80 kun” romani qahramoni rekordini orqada qoldirishni o'z oldiga maqsad qilib qo'ydi. Bunday fantastik yutuqqa erishish uchun misli ko'rilmagan jasorat kerak edi, Nelli Blay bu natijani yangiladi, yerni 72 kun 6 soat 10 minut 11 sekundda aylanib chiqdi. Aloqaning eng oddiy vositalaridan va transportning oddiy turidan foydalandi. U 14-noyabr 1889-yil: Nyu-York-London-Parij-Brindizi-Sues-Seylon-Singapur-Gonkong-Iokogama-San-Fransisko-Nyu-York marshrut bo'ylab yo'lga chiqdi. Bu g'ayrioddiy sayohatni gazeta redaktsiyasi (noshir Djozef Pulitser) qo'llab- quvvatlab turdi. Jurnalist qiz yozuvchining shaxsan o'zi bilan uchrashish ishtiyoqida yonardi. Hamma ingliz tilida so'zlashuvchi dunyo uning sayohatini kuzatib turdi, gazetalar "Nelli Blay Fileas Fogg rekordini orqada qoldiradimi? " degan savollar ostida maqolalar chiqarar edi. "Blay” imzosi bilan ogohlantirish telegrammasini olgan Jyul Vern Fileas Fogg rekordini da'vogari oddiy, nozik qiz bo'lib chiqishini tasavvur ham qilmagan edi. Sayohat chog'ida "Dunyo bo'ylab 80 kun” romani ( kitobning birinchi nashri chiqqaniga 17 yil bo'lgan edi) bir necha marta nashrdan chiqarildi, "Nyu-York uorld” gazetasi tiraji keskin ortdi. Finishga Blay 1890 yil 25 yanvarda yetib keldi. Vokzalga qizni kutib olishga chiqqan ekipaj uni gazeta redaktsiyasiga olib keldi. Sayohat boshlangandan tugaguncha o'tgan vaqt sekundigacha hisoblanib, natija e'lon qilindi: Fileas Fogg rekordidan o'zib ketildi! Bu Nelli Blay uchun yulduzli onlar edi. Jurnalist va gazeta nomiga tabrik telegrammali oqib kela boshladi. Va ular ichidagi eng qimmatlisi Jyul Vernning telegrammasi edi: "Men Nelli Blayning muvaffaqiyatiga shubha qilmagan edim. U o'zining qat'iyati va mardligini ko'rsata oldi. Uning nomiga sharaflar bo'lsin. Ura! Jyul Vern.”

14-noyabr Paster instituti ochilgan kun
Paster instituti xodimlari biz uchta asosiy olimlar Paster, Ru va Mechnikovlarning qaramog’idamiz deb maqtanishni yaxshi ko’radilar.Buni albatta yaqqol isboti bor: bu olimlarning qabrlari Paster instituti maydoniga qo’yilgan. Institut xalq obunasi hisobiga qurilgan va ta'minlangan. Yig’ilgan mablag’ 2.5 mln frankdan ortdi. Butun dunyo odamlari saxiylik va umid bilan pul berdilar: Lui Paster ularni qashshoqlik balosi va Sibir kuydirgisiga nisbatan qo’rquvdan qutqardi. Yig’ilgan pulga L.Paster nazorati ostida 11 ming kvadrat metr yer sotib olindi va institutning yangi binosi qurildi. 14-noyabr yangi qurilgan binoning kutubxonasida Pasterning hamkorlari, do’stlari, olimlar va siyosatchilar yig’ildilar. U shunday hayajonda ediki, hatto gapira olmay qoldi: nutq so’zlashni o'g’liga buyurdi. Bu nutqda shunday so’zlar bor ediki, unga har bir olim imzo qo’yishi kerak edi: "Sen shunday zarur ilmiy  voqea bunyod etganingga, u haqda yonib so’zlashing, kun, xafta oy va hatto yillab o’z-o’zing bilan kurasha olishingga ishonishing kerak, o’zingning shaxsiy tajribalaringdan voz kechishing va nihoyat bo’lishi mumkin bo’lgan hamma qarshiliklar tugagandan so’ngina o’zingning kashfiyoting haqida aytishing mumkin. Bu qiyin masala.” 

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.