19-noyabr Geografik ma'lumotlar sistemasi kuni 

2 188

Bir qator yirik amerika kompaniyalari va tashkilotlarining tashabbusiga ko'ra (Milliy geografik jamoatchiligi, USGS, Sun Microsystems, Hewlett-Packard, ESRI) har yili Geografik ma'lumotlar sistemasi kunini nishonlashga qaror qilindi. Bayram haftaning o'rtasida chorshanba kuni nishonlanadi. Bayram kuni turli tadbirlar-ko'rgazmalar, seminarlar, ochiq eshiklar kuni o'tkaziladi. Tadbirlarni kelib ko'rayotgan studentlar, maktab o'quvchilari, har qaysi istagan odamlar geografik ma'lumotlar doirasida erishilayotgan muvaffaqiyatlar bilan tanishishlari mumkin. GMS kuni borgan sari mashhur bo'lib bormoqda va Аmerika chegaralaridan o'tib boshqa mamlakatlarga ham tarqaldi. 65 mamlakatdan 700 ta tashkilot GMS kuniga bag'ishlangan tadbirlarda qatnashadilar. Rossiya tashkilotlari bu aksiyada aktiv ishtirok etmaydilar, lekin oxirgi yillarda kartografiya va geodeziya sohasida ko'rinarli muvaffaqiyatlarga erishildi. Rossiyada milliy bayram-geodeziya va kartografiya ishchilari kuni tashkil qilingan va bu bayram har yili mart oyining ikkinchi yakshanbasida nishonlanadi.

19-noyabr Puerto-Riko X.Kolumb tomonidan kashf etilgan kun
Rasmiy nomi – Puerto-Riko hamdo’stligi. Ma'muriy markazi – San -Xuan. Hududi - 9100 km.kv. Davlat tili - ispan, ingliz. Sig’inuvchilarning asosiy qismi xristian dinining katolik (85%) va protestant (10%) mazhablariga hamda vuduga e'tiqod qiladi. Pul birligi - AQSh dollari.
 Mamlakat Puarto - Riko, Vyekas, Kulebra, Mona va boshqa Katta Antil orollari arxipelagida, Shimoliy va janubiy Amerika o’rtasida joylashgan. Shimolda Atlantika okeani, janubda Karib dengizi bilan tutashgan. Orollar tog’li hududlardan iborat, zilzila bo’lib turadi. Iqlimi-tropik, passatli. Orol shimolida aralash o’rmonlar, janubda changalzorlar mavjud. Hayvonot olami ko’rshapalak, sudralib yuruvchilar, mollyuskalardangina iborat.
 Davlat tuzilishi - AQShga "erkin qo’shilgan” davlat. Ma'muriy jihatdan 78 munitsipal okrugga bo’linadi. Qonun chiqaruvchi oliy hokimiyat AQSh kongressiga tegishli. Puertorikoliklar rasman AQSh fuqarolari hisoblanadilar. Siyosiy partiyalari: Yangi taraqqiyparvar partiya, Kommunistik partiya, Puerto-Riko mustaqilligi partiyasi.
 Iqtisodi asosini qayta ishlash sanoati tashkil etadi. Yengil, oziq - ovqat, neftni qayta ishlash korxonalari mavjud. Mashinasozlik, qishloq xo’jaligi, chorvachilik, turizm rivojlangan.
 1493-yilning 19-noyabrida X.Kolumb tomonidan kashf etilgan va Ispaniya mulki deb e'lon qilingan. 1508-yili Kolumb tomonidan orol gubernatori deb e'lon qilingan Xuan Pons de leyn birinchi shaharga asos soladi. 1898-yilgi Ispaniya - AQSh urushi natijasida Puerto - Riko Qo’shma Shtatlar mulkiga aylandi. 1917-yili orol aholisi AQSh fuqaroligiga ega bo’ldi. 1952-yildan Puerto-Riko o’z–o’zini boshqarish huquqiga ega "erkin qo’shilgan” davlat.

19-noyabr Shisha ishlab chiqarish xodimlari kuni
19-noyabr shisha ishlab chiqarish xodimlarining milliy bayrami Rossiyada 2000-yildan beri nishonlanib kelinmoqda. Bu kun ulug' rus olimi M.V.Lomonosov tug'ilgan kuniga to'g'ri keladi. M.V.Lomonosov-glazur, shisha, farforni kimiyoviy ishlab chiqarishni yo'lga qo'ygan olim. Mozaik rasmlarni ishlab chiqarishda foydalaniladigan rangli shisha-smaltni olish texnologiyasi va retseptini, farfor tarkibini ishlab chiqdi. Inson hayoti va faoliyatida shishaning o'rni beqiyosdir, hozirgi vaqtda shishasiz hech bir sohani tasavvur qilib bo'lmaydi. Egipet shaharlarini qazib olish vaqtida qadimiy shishadan yasalgan mahsulot namunalari topilgan.

19-noyabr Monako Milliy bayrami Millat kuni Batafsil

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.