19-oktyabr Rossiyada litsey o’quvchilari kuni bayrami 

2 536

Butunrossiya litsey o’quvchilari  kuni  bayrami nishonlanishi  har bir ziyoli va o‘qimishli insonga ma'lum bo‘lgan o‘quv yurti majburiyati hisoblanadi. 1811-yil 19-oktyabrda Imperatorga qarashli  Podshoiqishloqqa oid  bo‘lgan litsey ochilgan, aynan shu litseyda Rossiyani dunyoga tanitgan, shuningdek, Aleksandr Pushkin ham tahsil olgan. Litsey Aleksandr I ning farmoniga ko‘ra dvoryanlarning farzandlarini o‘qitish uchun ochilgan. Birinchi taxminlarga ko‘ra bu yerda imperatorning kichik ukalari -Nikolay va Mixail -tarbiyalanishlari kerak edi, ammo bu rejalar amalga oshmay qoldi. Litsey programmasi davlat arboblarini va oliy toifali amaldorlar tayyorlashga mo‘ljallangan edi. O‘quv yurtiga o‘smirlarni uch yilda bir marotaba qabul qilishgan va o‘qish davomiyligi 6 yilni tashkil etgan.Litsey tarbiyalanuvchilari tarixiy, axloqiy, jismoniy va matematik intizomni o‘rganishgan, shuningdek, nozik san'at turi va gimnastik mashg‘ulotlar bilan ham shug‘ullanishgan. Bu litseyda juda ko‘plab mashhur rossiyaliklar tahsil olganiga qaramay, uning birinchi bitiruvchilari eng esda qolarli bo‘lgan. Ular qatorida mashhur rus yozuvchisi A.Pushkin, Delvig va Kyuxelbeker, dengiz sayohatchisi Matyushkin, kansler Gorchakov, Imperator xalq kutubxonasi direktori Korf. Litseyning ochilish sanasi 19-oktyabr- keyinchalik litsey bitiruvchilari tomonidan Litsey kuni deb nishonlana boshlandi. Nishonlash uchun bitiruvchilar "Litsey tushlik”ka to‘planishgan. Hozirda 19-oktyabr Butunrossiya litseychilar kuni sifatida ko‘plab litseylarda tantanali bayram tadbirlari ijodiy kechalar, ochiq darslar, rasmlar ko‘rgazmasi, konsert nomerlar sifatida nishonlanadi.

19-oktabr Streptomitsinning kashf etilgan kun
1943-yil 19-oktabrda Albert Shats tomonidan (1920-2005) va Zelman Vaksman (1888-1973)lar tomonidan streptotritsin topilgan. Ammo bu antibiotik moddalar sinovchilar tomonidan keng qabul qilinmadi, chunki ular kuchli zaharli moddalardan tashkil topgan edi.Bu antibiotiklarni ajratilishi va o’rganilishi natijasida Vaksman va uning hamkasblari tomonidan 1943-yilda  ajoyib antibiotik preparat streptomitsin paydo bo’lishiga yo’l ochildi. Streptomitsinning kashf etilishi va uning foydali xususiyatlarini aniqlnishi boshqa antibiotik yonuvchi moddalarning kelib chiqishiga zamin bo’ldi. Keng izlanishlar natijasida xloromitsetin (xloramfenikol), neomitsin, xlortetratsiklin,tetratsiklin va boshqa ajoyib biologik aktiv moddalarning yig’ilmalarining paydo bo’lishiga sabab bo’ldi. Streptomitsin yaratilishining eng qimmatli tarafi shunda bo’ldiki, sil(tuberkulyoz) kasalligini davolashda ijobiy natijaga erishildi.Streptomitsin aminoglikoizid antibiotiklar turiga kiradi (bu antibiotiklar oqsil sintezini bosadi). 1952-yilda Vaksman fiziologik tibbiyot sohasida "sil(tuberkulyoz) kasalligiga qarshi kurashadigan birinchi antibiotik ixtirochisi” sifatida Nobel mukofotiga sazovor bo’lgan.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.