7-oktyabr Xalqaro kulgu kuni 

2 536

Oktyabr oyining birinchi haftasi Juma kuni — Xalqaro kulgu kuni hisoblanadi. Bu kunning asoschisi etib Amerikalik rassom Harvey Ball hisoblanadi.
Bugungi kunda internet foydalanuvchilarida ommalashgan "smaylik" deb nomlanuvchi bu rasmning paydo bo`lishi va ushbu kun ramzi etib ishlatilishi tarixi qiziq bo`lgan.
 
Bir kun "State Mutual Life Assurance Company of America" sug`urta kompaniyasi xodimlari Harvey Balldan kompaniya uchun ramziy rasmini chizib berishini so`rashadi. Va u ushbu kulib turgan sariq aylana kalla rasmni chizib ko`rsatadi. Bu kompaniya xodimlariga ma`qul tushadi va ular uni ishlatishadi. Bu esa o`z navbatida sug`urta kompaniyasining ishiga va daromadiga ijobiy ta`sir ko`rsatib kompaniya mijozlarini ko`payishiga olib keladi. Shu-shu ushbu rasm Xalqaro kulgu kunining ramzi bo`lib qoladi.
 
Yana ushbu kunda...
 
Armaniston Respublikasida kutubxonachilar kuni.
 
7-oktabr Angliyada birinchi nusxa ko’chirish qog’ozi patentlashtirilgan kun
 
7-oktabr kuni nusxa ko’chirgich-eng birinchi portativ—ko’tarib yurishga qulay kseroks patentlashtirildi.  Nusxa ko’chirish qog’ozi, kopirka —yupqa qog’oz bo’lib uning bir tomoniga buyoq qatlami surkalgan. Bu qog’oz qalam bilan yozganda yoki rasm chizganda, sharikli ruchkada yoki yozuv mashinkasida bir necha nusxa olish uchun mo’ljallangan. Mazkur texnologiya ilk bor Buyuk Britaniyada 1806-yili 7-oktabrda kashf qilindi. Kopirka qog’ozining qora (yozuv mashinkasi uchun) va binafsha (qo’lyozmalar uchun) rangdagisi eng ko’p tarqalgan turi hisoblanadi. Biroq boshqa ranglardagi kopirkalar ham ishlab chiqarilgan. Odatda kopirka qog’ozining varag’i ikki varaq orasiga bo’yoq qoplangan tomoni pastga qaratib qo’yiladi. Qo’lda yozayotganda (yoki mashinkada) qalam bosimi tufayli kopirkaning bo’yog’ini pastdagi varaqda qoldiradi. Kopirkani noto’g’ri qo’yilganda nusxa ko’chirilmaydi, balki yozuvlar yozayotgan qog’ozning ostiga tushib qoladi. Natijada yozuv yoki rasm teskari bo’lib chiqadi. Bir vaqtning o’zida yozuv va kopirka qog’ozini navbatma-navbat qo’yib bir nechta nusxa ko’chirish mumkin.  Ko’chirish mumkin bo’lgan nusxalarning soni yozuv qog’ozining qalinligiga va yozayotgandagi (yoki yozuv mashinkasining) bosish kuchiga bog’liq. Tajribada bu yo’l bilan o’qilishi mumkin bo’lgan besh varaq qog’ozdan ortiq nusxa olib bo’lmaydi.  Kseroks va boshqa orgtexnika apparatlari ishlab chiqarilishi bilan kopirka qog’oziga bo’lgan ehtiyoj sezilarli darajada kamaydi.  Hozirgi kunda kopirka qog’ozlarining o’rnini kseroks va boshqa matbaa uskunalari va mashinalari egalladi. Ular bilan turlicha qog’ozlarga to’liq ranglarda, istagan format va hajmda matn yoki suratlarni chop etish mumkin. Bugungi kunda mazkur chop etish uskuna va mashinalarisiz jurnallar va gazetalarini chop etilishini tasavvur etish mushkul.
 
7-oktabr Xalqaro havaskor gitarachilari festevali
 
7 oktabr -Xalqaro havaskor gitarachilari festevali Buenos-Ayresda har yili o'tkaziladi. Ilk bor bu festeval 1995-yilda o'tkazilib kelib, yil o'tgan sari bu yuqori nufuzga ega bo'lmoqda. Ishtirokchilar o'rtasida, Lotin Amerikasi aholisi bilan bir qatorda Yevropa mamlakatlari va Germaniyadagi taniqli Gitara havaskorlari bilan o'tkaziladi. So'zsiz, har-bir ishtirokchining o'z uslubi, musiqasi, matniga ega. Bu festeval jonli musiqani yaxshi ko'radiganlarga juda ham qiziqarlidir.

Gitara ispancha quitarra (yuun.kithara – kifara) – torli tirnama soz. 13-asrdan Ispaniyada mashhur bo’lgan, 17-asrdan Italiya va boshqa Yevropa mamlakatlarida hamda Amerikada keng tarqalgan. Dastlab 4-5 juft torli gitara ishlatilgan. 18-asr 2-chi yarmidan 6 (yakka) torli gitara millatlararo eng ommabop cholg’ulardan. Juda mayin va yoqimli tovushga ega bo’lgan Gitara asosan jo’rnavoz, ansambl hamda yakkanavoz soz sifatida qo’llaniladi. 20-asrda "gavay gitarasi” (tizzaga qo’yib maxsus plektr bilan chalinadi), jaz-Gitara, elektro- (yakkanavoz, ritm va bas) Gitaralar paydo bo’lgan. Toshkent estrada-sirk kolleji, Toshkent davlat konservatoriyasi va boshqa musiqa bilim yurtlarida Gitara sinfi bor.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.