20-iyul Xalqaro tortlar kuni 

2 609

Xalqaro tortlar kuni shirinlik bayrami hisoblanib, 20-iyulda nishonlanadi.  Ushbu bayram hali yosh bayram bo’lishiga qaramay, qiziqarli hamda eng asosiysi insonlar orasidagi do’stlik, davlatlar va xalqlar hamjihatligiga bag’ishlanadi. Bayramning belgisi "I CAKE YOU”, deb nomlanadi, buning ma’nosi – "men oldinga tort bilan kelaman”, deya do’stlik va yaqinlikni nishonlashadi. Ushbu bayramni "Milanskiy Klub”, Sevgi qirolligi deya atalgan musiqashunoslar, oshpazlar va boshqa san’at shaydolaridan iborat bo’lgan do’stlar hamjamiyati nishonlagan. Aynan ushbu san’at birlashmasi tomonidan 2009-yildan boshlab birgalikda  musiqali tortlar an’anasi yuzaga keldi va boshqa davlatlar tomonidan ham qo’llab quvvatlandi. Birinchi xalqaro maydonda Tortlar kuni 2011-yil 20-iyulda nishonlanishni boshlagan. Ta’kidlab o’tganimizdek, ushbu bayram  madaniyat va san’at orqali dunyoga do’stlik va birlikni yoyish maqsadida o’tkaziladi. Ushbu bayramning eng faol ishtirokchi davlatlari Rossiya, Ukraina, Belorussiya, Moldova, Ozarbayjon, Gruziya, Armeniya, Isroil, AQSH hisoblanadilar. Ushbu kunda ilk marotaba hamkorlikda "ko’pmillatlilik” torti tayyorlandi. Uning tayyorlanishida aytib o’tilgan davlatlardan bir qancha insonlar ishtirok etishdi hamda o’zlari tayyorlagan torlarni bayram saytiga yuborishdi. So’ng barcha tortlar baholandi, shu bilan birga Yevropa, Osiyo, Amerika va Yaqin Sharqni o’ziga maftun etdi, qoyil qoldirdi. Shundan beri Tortlar kuni har yilgi shirin an’anaga aylanib bormoqda, turli davlatlardan qatmashuvchilar soni esa ortib bormoqda. Bugungi kunda ushbu bayram Sevgi qirolligi xalqaro tashkiloti tomonidan o’tkaziladi, bayramda xalqaro va milliy shirinliklar tashkiloti, umumiy tashkilotlar hamda shunchaki qiziqish bildirgan insonlar qatnashadilar. Aytib o’tilganidek, Tortlar kuni faqatgina shirinliklar uchun emas, balkim dunyo xalqlari birligini ta’minlashda muhim omil bo’ladi. Shu sababdan bayramning o’tkazilishi turli davlatlar hayotida muhim voqea sifatida nishonlanib kelinmoqda.

20-iyul Panamada bolalar kuni
Iyul oyining  uchunchi yakshanbasida Panamada qadrdon va sevimli Bolalar kuni nishonlanadi. Ispan tilida bayram El Pia del Nino deb nomlanadi. Har bir Panama oilasi uchun ushbu bayram yilning eng muhim voqealaridan hisoblanadi. Ushbu bayram yosh bolalarni 1 kunga ulg’aytirib qo’yadi. Ushbu kunda ular o’zlarini kattalardek tutishlari ham mumkin. Bolalar maktab o’qituvchilari bo’lishlari ham mumkin. Ushbu ozodlik kunida bolalar xohlagan ishlarini qilishlari mumkin. Ota-onalar esa bolalariga shunday quvonch baxsh etilayotgani bilan o’zlarini ovutishlari lozim. Bolalar ota-onalari, do’stlari, o’qituvchilaridan har xil sovg’alar  olishi mumkin.

20-iyul BMW savdo belgisi ro’yxatdan o’tgan kun
BMW savdo belgisi 1917-yilda  "Rapp Motorn-Werke” va "Gustav otto Flugmfschinenfabrik” kompaniyasi birlashgan holda ro’yxatdan o’tgan. Yangi kompaniya "Bayer ische Motoren Werke”- qisqartirilgan BMW nomini oldi. Boshida kompaniya aviatsiya motorlarini ishlab chiqargan. 1950-yilning ohiriga kelib kompaniya jiddiy moliyaviy tomondan qiynalib qoladi. Keyinroq BMW 700 yangi modeli paydo bo’ldi. 6 yil ichida 29242 ta avtomobil sotildi. Bu ham kompaniyani moliyaviy qiyinchilikdan asrab qolish bilan birga, omadli rivojlanishga ham olib keldi.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.