13-avgust Rossiyadagi Kostroma viloyati tashkil topgan kun 

1 421

Kostroma viloyati Rossiya Federatsiyasidagi viloyat. 1944-yil 13-avgustda tashkil etilgan. Maydoni. 60,1 ming km.kv. Aholisi 786,3 ming kishi, asoan, ruslar. Shaharliklar 66%, 24 tumanga bo’lingan: 12 shahar, 8 shaharcha bor. Markazi - Kostroma shahri. Kostroma viloyati hududi past-baland tekislik. G’arbida Kostroma pasttekisligi, markazida Galich-Chuhloma qirlari va Unja pasttekisligi, shimoli-sharqida Shimoliy Uvallar bor. Foydali qazilmalari: yonuvchi slanetslar, torf, fosforit, sapropel. Iqlimi mo’tadil kontinental. Yanvarning o’rtacha harorati janubi-g’arbda-11,7 C dan shimoli-sharqda 14,2 C gacha. 

13-avgust Nyu–Yorkda birinchi taksi yo'lga tushgan kun
Nyu–Yorkda birinchi taksi yo'lga tushdi. Taksi fransuzcha so'z bo'lib, taksomotor-yo'lovchilar yoki yuk tashishda foydalaniladigan yengil yoki yuk avtomobilidir. Odatda kira haqi taksometr bo'yicha to'lanadi. Birinchi taksilar 1903-yilda Londonda, 1907-yil Moskvada, 1937-yilda Peterburgda, 1934-yil esa Toshkentda paydo bo'lgan. Taksi sifatida ko'plab ishlab chiqariladigan yengil va yuk mashinalari, maxsus avtomobillardan foydalaniladi. Muayyan yo'nalishlar bo'yicha belgilangan vaqt oralatib qatnaydigan taksilar marshrutli taksilar deb ataladi. Bunday taksilar uchun ma'lum qiymatdagi haq belgilab qo'yiladi.

13-avgust Tunisda ayollar kuni
Tunisda ayollarga juda katta e’tibor ajratiladi. 13-avgustda Shimoliy Afrikada joylashgan Tunis davlatining eng go‘zal yarmi o‘z bayramini - Ayollar kunini nishonlaydi. Shu kuni mustaqilligi va milliy rivojlanishiga kiritilgan bayrami  nisholanadi. 1956-yil 13-avgustda ayollarning shaхsiy  huquqiy holati haqida kodeks qabul qilindi. Shu munosabat bilan milliy ayollar kuni bayrami kiritilgan edi. Bu kuni davlat prezidenti ayollar uchun kiritilgan yangi huquqlarni e’lon qiladi. Bulardan oхirgisi davlat tomonidan IIB xodimlariga soat 20-00 dan keyin qoida buzgan ayollarni jarima qilish ruxsat berilmaydi. Tunis davlatida ayol kishiga juda katta e’tibor ko‘rsatiladi. Misol maktablarda qizlar uchun kiyim formasi taqdim etiladi, o‘g‘il bolalarga esa yo‘q.  Ushbu bayram umum davlat dam olish kuni deb e’lon qilingan.

13-avgust Xalqaro chapaqaylar kuni
Birinchi marotaba xalqaro chapaqaylar  kuni  1992-yil 13-avgust kuni "Buyuk Britaniya  chapaqaylar” klubi  tashabbusi asosida nisholanadi. Psixologlarning xulosasi bo‘yicha hamma chapaqaylar kuchli xarakterga va   boy potensialga ega. Bu xalqaro kunda chapaqaylar ishlab chiqaruvchilarni, ularga tegishli qulay bo‘lgan mollarini ishlab chiqarish uchun ahamiyatini jalb qilishiga  harakat qilishadi. Bu kunda dunyo shaharlarida  har xil musobaqalar va aksiyalar  o‘tkaziladi.  Bunday aksiyalarni o‘tkazishdan maqsad Buyuk Britaniyada chap qo‘llarni o‘ng qo‘lga o‘rganishda harakat qilishmoqda. Bu esa o‘quvchilarning psixalogik  asabiylashtiradi, bilim olish darajasini pasaytirishga olib boradi. 

plus  Foydalanilgan manbalar:

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.