Yuklanmoqda...

21-iyul Inson ilk marotaba Oyga qadam qo'ygan kun 

284

1969-yil 21-iyul kuni inson ilk bora Oyga qadam qo'ygan. Bu inson Amerika kemasi "Appolon-11” komandiri Nil Armstrong bo'lgan. Hatto bu insonning Oyga qadam qo'yib, aytgan gapi ko'pchilikka mashhur: "Bu insonning kichik bir qadami, lekin insoniyat uchun buyuk sakrashdir”. Kema ekipajida uchta astronavt bo'lgan. Ekspedisiya ilmiy tadqiqot maqsadida uyushtirilmagan, uning yagona maqsadi — Oyga Er sputnikada muvaffaqiyatli qo'nib, tinchgina ortga qaytish bo'lgan. Missiya vaqti guruh kemasi orbitada qolgan, ikki astronavt Nil Armstrong hamda Edvin Oldrinlar esa uchish modulida Oyga qo'nish, u erdagi erdan namuna olib, suratga olish va bir necha asbobloar o'rnatishi kerak bo'lgan. Modul dengizga 20-iyul kuni Grinvich bo'yicha soat 20.17 da qo'ngan. Armstrong Oy sathiga besh soatdan keyin tushadi, bir necha vaqtdan so'ng unga Oldrin ham qo'shiladi. Modul tashqarisiga o'rnatilgan kamera kasmonavtlarning Oyga qo'nganini translyasiya qilgan. Astronavtlar kerakli miqdordagi materiallarni yig'ib, asboblarni hamda televizion kamerani o'rnatgach, Amerika bayrog'ini ham o'rnatishgan. Ma'lum bo'lishicha, AQSh Kongressi NASAning oyga BMT bayrog'ini o'rnatishdan bosh tortishgan. Astronavtlar esdalik yozuv qoldirilgan "Biz, Yer sayyorasidan Oyga qadam qo'ygan birinchi odamlarmiz. Yangi eraning 1969-yili, iyul. Biz barcha insoniyat nomidan tinchlik bilan keldik”. Oldrin Oyda bir yarim soatga yaqin bo'lgan, Armstrong esa ikki soatu, o'n daqiqa. 22 soatdan so'ng tabiiy sputnik sathidan uchuv moduli harakatlanib, astronavtlar Yerga muvaffaqiyatli qo'nishadi. 1969-yil 13-avgust kuni astronavtlari shodiyona ravishda Nyu-York, Chikago hamda Los-Anjelesda kutib olishdi.

21-iyul Yaponiyada dengiz kuni
Yaponiyada "Dengiz kuni”ni qabul qilinishiga unchalik muhim bo’lmagan, lekin ulug’ nom bilan bog’liq voqea asos bo’lgan. 1876-yilda Imperator "Meydzi” deb nomlangan kemada shimoliy rayonlarga sayohat qiladi va ropa-rossa 20-iyulda "Yokohama” portiga  qaytadi. 1941-yilda ushbu kun dengiz yubileyi deb tan olingan. Sekin astalik bilan butun davlatlar bo’ylab dengiz kasbining faolchilari tashabbusi bilan xalqga dengiz floti, kemachilikning qanchalik muhim kasb ekanligini tushuntirish bo’lgan. O’tgan asrning 90 yillari boshida dengiz Yaponiya uchun, uning xalqi uchun muhim omil hayot manbayi enanligi baland aytila boshladi va dengiz kuni-milliy bayram deb ta`sis etildi. Yaponiyaning milliy bayramlari to’g’risidagi qonuni yahshilab ko’zdan kechirgandan so’ng 20-iyulda dengiz kuni deb qabul qilindi va dam olish kuni joriy etildi. 1995-yilda dengiz kuni uchun mahsus bayroq ham ta`sis etildi. Bu bayroqda yashil, qizil, havo rang va sariq ranglar bilan bezalgan qog’oz kema suzayotgani ta'svirlangan. Ushbu hayotning oqim tasvirlangan bayroq konkursda qabul qilingan muxlislarning sa'natlaridan  tanlab olingan. So’nggi yillarda dengizni asrash hamda dengiz sport turlarining mashhurligi, ayniqsa Yaponiyada "Dayving” sportining rivojlanishi ham katta imkoniyatlarni paydo qilmoqda. Atrof-muhitni tabiatni saqlashda, dengizning ekologik tomonidan tozaligi muhim rol o’ynaydi. 2001-yil iyul oyida milliy bayramlar haqidagi qonun yana bir bor ko’rib chiqildi va 2003-yildan dengiz kuni iyul oyining uchinchi dushanbasiga ko’chirildi. Dengiz kunida uch kunlik dam olish xalq uchun qulay bo’ldi, shu bilan birga yozgi ta'tilning boshlanisha uchun ham sabab bo’ldi.

Marg'ilon shahrida "Atlas bayrami"
Marg‘ilon deganda, betakror tabiati, bog‘-rog‘lari, kamalakdek serjilo atlaslari, o‘zligimiz ramziga aylanib ketgan rang-barang do‘ppilari bilan yetti iqlimga mashhur bo‘lgan go‘zal bir makon ko‘z o‘ngimizda namoyon bo‘ladi. Bu zamin azal-azaldan odob-andishali va bag‘ri keng, mehnatkash va tadbirkor, mehmondo‘st xalqi, mohir hunarmandlari, usta bog‘bonlari, xushovoz hofizlari bilan shuhrat qozonib keladi. Marg‘ilon shahrida an’anaviy hunarmandchilik turlaridan biri bo‘lgan ipakchilik ham mahorat bilan davom ettirilgan. Marg‘ilon ipagini yanada ko‘paytirish va undan katta daromad olish maqsadida hukumat Yangi Marg‘ilon shahrida ipak qurti laboratoriyasi tashkil etadi. Ipakchilikni rivojlantirishda uning sifatini yaxshilish bo‘yicha izlanishlar bilan bir qatorda mahalliy an’analardan keng foydalanilgan. Ipak yetishtirish va sifati bo‘yicha Marg‘ilon Farg‘ona vodiysida birinchi o‘rinda turardi. Marg‘ilon ipak matolari Marsel (Fransiya), Istanbul (Turkiya) shaharlariga va Rossiyaning Yevropa qismiga olib ketilgan. Shuningdek, Marg‘ilon ipakchilik mahsulotlariga Hindiston, Eron kabi mamlakatlarda ham talab katta edi. Atlas to‘qish Marg‘ilonda juda qadimdan rivojlanib, boshqa joylarga shu yerdan tarqalgan. Marg‘ilonning shoyi matollari qadimda Eron, Misr, Yunoniston, Hindiston va Qoshg‘ar savdogarlari tomonidan ko‘plab xarid qilingan. XX asr boshlarida Marg‘ilonda yuzlab atlas to‘quvchi kosiblar bo‘lgan. Matolar doimo savdo aloqalarida sotish, sotib olish, ayirboshlashda eng bozori chaqqon buyum bo‘lgan. Xitoy asosiy ipak ishlab chiqaruvchi davlat isoblangan. V-VI asrlarda Farg‘ona vodiysida ham ipakchilik ishlari bilan shug‘illana boshladilar. To‘quvchilikning 2 asosiy xili bo‘lib. Birinchisi aholining barcha tabaqasiga mo‘ljallangan paxtadan to‘qilgan ip gazlamalr, ikkinchisi esa shoyi gazlamalardan iborat edi. Ipli gazlamalarni ayollar, shoyi va nimshoyi gazlamalarni esa asosan erkaklar to‘qishgan. Deyarli har bir oilada bo‘z va olacha to‘quvchi dastgohlar mavjud bo‘lgan. 1896-yilda Farg‘ona vodiysida 600 ga yaqin  pillakashlik korxonalari mavjud bo‘lgan. Marg‘ilonning o‘zida pillakashlar soni 238 nafar edi. Bu yerda qadimiy to‘quvchilik an’analari davom etib kelgan va mohir ustalar faoliyati ko‘rsatgan Shu sababli Marg‘ilonga boshqa viloyatlardan to‘quvchilik sirlarini o‘rganish uchun keluvchilar juda ko‘p bo‘lgan. Marg‘ilonning ipak matolari rangi va ajoyib gullari bilan Xitoy, Eron va boshqa Sharq mamlakatlarining savdogarlarini o‘ziga rom qilib kelgan. X asrda yashagan tarixchilardan biri "Marg‘ilonning bir ko‘ylakli shoyisi Isfaxonning bir yillik daromadiga teng'' deb yozgan edi. Farg‘ona vodiysida, ayniqsa, Marg‘ilonda abr (forscha – bulut, bulutsimon) nusxali matolar yengil, nafis va ranglarning go‘zalligi bilan ajralib turgan. Bundan tashqari shaharda beqasam, banoras, shoyi, nim shoyi, atlas kabi matolar to‘qilgan. Matolarga gul bosishda tabiiy bo‘yoqlardan foydalanilgan. Qadimiy an’analardan hisoblangan matoga qolip bilan gul bosish usuli saqlanib qolgan. XIX asrning birinchi yarmida gul bosilgan matolar keng tarqalgan edi. Marg‘ilonda ishlab chiqarilgan adras tabiiy ipakdan, arqog‘i yo‘g‘on ipakdan to‘qilgan. Arg‘oq ipi qalin  bo‘lgani sababli matoning yuzasida ko‘ndalang chiziqlar paydo bo‘lgan. XIX asr ikkinchi yarmida abrli gazlamalarni to‘qishda yetti xil rangdan foydalanilgan. XX asrga kelib ranglar ikki xilgacha kamaygan. Bu juda murakkab va ko‘p mehnatni talab qiluvchi jarayon bo‘lib, bu usuldan asosan atlas to‘qishda foydalanganlar. XX asrda Marg‘ilonda 100 ga yaqin atlas to‘quvchi kosib bo‘lgan. 20-yillarga kelib shaharda 4 ta sanoat arteli faoliyat ko‘rsatgan bo‘lsa, 1963-yilda mashhur "Atlas” korxonasi tashkil etildi. Atlaslarning eng a’lo navi sakkiz tepkili atlas hisoblangan. Beqasam ham qadimiy matolardan hisoblanib, Farg‘ona vodiysidagi beqasamlar arg‘oq ipi ingichka bo‘lgani uchun mayin bo‘lib, yo‘l-yo‘l shaklda firuza-binafsha, ko‘k, yashil, pushti ranglar berilgan. Gazlamaga maxsus ishlov berilgach, bir tomoni silliq bo‘lib chiqqan. Marg‘ilonda oq chiviq, olti katak, marmar kabi beqasam turlari to‘qilgan. Matolarni bo‘yashda anor po‘sti, piyoz, yong‘oq po‘stlog‘idan tayyorlanadigan tabiiy ranglardan foydalanilgan. Hozirgi kunda atlasning turlari xilma-xil bo‘lib, ularni to‘qish va bezashda an’anaviy usullardan foydalanilmoqda. Atlas, adras, beqasam va boshqa matolar nafaqat O‘zbekistonda, balki xorijiy mamlakatlarda ham o‘z mashhurligini yo‘qatmay, Kanada, Yaponiya, Hindiston, Bog‘dod, Fransiya va boshqa davlatlarda tashkil etilgan xalqaro yarmarkalarda oliy mukofotlarga sazovor bo‘lib kelmoqda.  

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash