28-mart Xalqaro avtomobilsizlik kuni 

1 958

1908-yilda Amerikalik injiner va sanoatchi Genri Ford Ford - deb nomlangan yangi avtomobil modelini ishlab chiqarishni boshladi. Bir o'tib, ya'ni 1909-yilda, Rossiyada 1- seriyali avtomobil  ishlab chiqarildi. O'sha paytlarda buning naqadar jadal rivojlanish ekanini hech kim tahlil qilmagandi.  Bir kunni avtomobilsiz o'tkazish fikri 1989-yilda Fransiyada tug'ildi. O'shanda bu kunni bor yo'g'i 20 tacha shahar nishonladi. 2000-yilga kelib esa dunyoning 35 mamlakatida mingdan ortiq shaharda nishonlanadigan bo'ldi. Bugungi kunda mamlakatlarning juda ko'pchiligi faqatgina katta shaharlarda muammo bo'layotgani yo'q. Bu muammo yarim asr mobayinida global darajagayetgan. Avtotransport nafaqat sayyoramiz biosferasini, balki insonga ham ziyon yetkazadi. Har kuni avtomobildan 3000 dan ortiq odam qurbon bo'lishi hisoblab chiqilgan. Statistika bo'yicha har minutda yangi avtomobil ishlab chiqariladi. Shunday bo'lsada ishlab chiqarish tobora o'sib bormoqda.  Avtomobil "alkogol” va tabakadan so'ng eng ko'p reklama qilinadigan mahsulotlar ichida uchinchi o'rinda turadi. Zamonaviy hayotimizda avtomobildan butunlay voz kechish mumkin emasligini tushungan holda, shahar hokimlari va turli tashkilotlar boshliqlari jamiyatga avtotransport keltirib chiqaradigan muammolarni yilda bir bor bo'lsa ham eslatib o'tishadi. Bugungi kunda Yevropaning yirik shaharlarida tramvay, trolleybus, avtobus, metro va boshqa jamoat transportlari, jumladan velosiped va yayov yurish foydasiga avtomobildan foydalanishni kamaytirishadi.

28-mart Shokolodning tug’ilgan kuni
Atsteklar kakaodonidan tayyorlangan ichimlikni «xudolar taomi» deb atashgan. Bu eramizdan avvalgi II asrda yuz bergan. Shirinlikning Yevropaga kelishi qonli kechgan. 1519-yili ispan dengizchisi Ernan Kortes atsteklarga qarshi harbiy harakatlar boshlab, Meksikani Ispaniyaning koloniyasiga aylantiradi. Va xudolar taomini yevropaliklarga yoqishi uchun biroz mazasini shirin qilib ko'hna qit’aga tortiq etadi. 1847-yil 28-mart kuni Angliyada kakao moyini kakao kukuni va shakar bilan aralashtirib shokolad plitkalarini tayyorlash yo‘lga qo'yiladi va sotuvga chiqa boshladi.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.