22-sentabr Xalqaro avtomobilsozlik kuni
1908-yilda Amerikalik injiner va sanoatchi Genri Ford Ford-T deb nomlangan yangi avtomobil modelini ishlab chiqarishni boshladi. Bir yil o'tib, ya'ni 1909-yilda, Rossiyada 1-seriyali avtomobil ishlab chiqarildi. O'sha paytlarda buning naqadar jadal rivojlanish ekanini hech kim tahlil qilmagandi. Bir kunni avtomobilsiz o'tkazish fikri 1998-yilda Fransiyada tug'ildi. O'shanda bu kunni bor yo'g'i 20 tacha shahar nishonladi. 2001-yilga kelib esa dunyoning 35 mamlakatida mingdan ortiq shaharda nishonlanadigan bo'ldi.
Bugungi kunda mamlakatlarning juda ko'pchiligi faqatgina katta shaharlarda muammo bo'layotgani yo'q. Bu muammo yarim asr mobayinida global darajaga yetgan. Avtotransport nafaqat sayyoramiz biosferasini, balki insonga ham ziyon yetkazadi.
Har kuni avtomobildan 3000 dan ortiq odam qurbon bo'lishi hisoblab chiqilgan. Statistika bo'yicha har minutda yangi avtomobil ishlab chiqariladi. Shunday bo'lsada ishlab chiqarish tobora o'sib bormoqda.
Avtomobil alkogol va tabakadan so'ng eng ko'p reklama qilinadigan mahsulotlar ichida 3-o'rinda turadi. Zamonaviy hayotimizda avtomobil’dan butunlay voz kechish mumkin emasligini tushungan holda, shahar hokimlari va turli tashkilotlar boshliqlari jamiyatga avtotransport keltirib chiqaradigan muammolarni yilda bir bor bo'lsa ham eslatib o'tishadi.
Bugungi kunda Yevropaning yirik shaharlarida tramvay, trolleybus, avtobus, metro va boshqa jamoat transportlari, jumladan velosiped va yayov yurish foydasiga avtomobildan foydalanishni kamaytirishadi.
22-sentabr Butunjahon fillarni himoya qilish kuni
Butunjahon fillarni himoya qilish kuni ekologlar va sayyoramizdagi eng yirik sut emizuvchi hayvonlarning soni kamayib ketayotganiga befarq bo’lmagan insonlar tashabbusi bilan ta’sis etilgan. Ushbu kunda dunyoning turli mamlakatlarida dunyo jamiyati diqqatini fillarni tobora kamayib ketayotgani muammosiga qaratish maqsadida tadbirlar o’tkaziladi.
Bugungi kunda Afrikada fillar soni 500.000 ta atrofida bo’lsa, Osiyoda 30.000 taga tushib ketgan. Ammo hozirgi sharoitda bir necha yilda yo’qolib ketishi mumkin. Asosan brokonerlar fillarni fil suyagini olish uchun o’ldirib kelmoqdalar. Ona fillar o’ldirilishi sababli fil bolalari yetim qolib, kam umr ko’ryabdi. Yil davomida fillarga bag’ishlangan bir nechta bayram nishonlanadi: Butunjahon fillar kuni – 30-noyabr, Tailandda fil kuni – 13-mart, Butunjahon fillarni himoya qilish kuni 22-sentyabr, Butunjahon hayvonot bog’laridagi fillarni himoya qilish kuni – 20-iyun.
Keng ko’lamda fillar kuni Tailandda nishonlanadi. Tailand qirolligida bu muhim milliy bayram bo’lib, mamlakat tarixida fillarning o’rni katta. Qadimdan fillar ularga barcha yumushlariga ko’makdosh bo’lishgan: Shaharlar va ibodatxonalar qurishda yordamlashishgan. Hozirda esa fillar Tailandga sayyohlarni jalb qilishga yordamlashishadi. Bu esa iqtisodiyotning asosiy sohalaridan biri, Turizm sanalgan davlat uchun juda muhim. Bu kunda qirollik bo’ylab budda diniga oid marosimlar hamda fillar uchun bayramona mazali tushlik o’tkaziladi.
2010-yil Tailand poytaxtida hayvonlardan turizm maqsadlarida foydalanish ta’qiqlab qo’yildi. Bunga sabab qilib fillarning umri 20-30 yilga qisqarishi ko’rsatildi. Endilikda fillarda sayr qilishni xohlovchilar uchun Bangkokdan 70 km uzoqlikda joylashgan maxsus qo’riqxonaga borishni taklif qilishadi.
22-sentabr Mali Respublikasining Mustaqillik bayrami
Mamlakat 1960-yilning 22-sentabrida Fransiyadan mustaqillikka erishgan (oldingi nomi – Fransuz Sudani). Mustaqillik kuni – Milliy bayram sifatida nishonlanadi. Poytaxti-Bamako. Hududi-1240142 kv.km. Davlat tili – fransuz. Aholining asosiy qismi islom (70%), xristian (5%) dinlariga hamda majusiylikka e’tiqod qiladi. Pul birligi – afrika franki. Geografik joylashuvi va tabiati. G’arbiy Afrikada joylashgan davlat. G’arbda – Mavritaniya (chegara uzunligi – 2237 km) va Senegal (419 km), shimoli-sharqda – Jazoir (1376 km), sharqda – Niger (821 km), janubda – Burkina-Faso (1000 km), Gvineya (858 km) va Kot-d’Ivuar (532 km) bilan chegaradosh. Chegarasining umumiy uzunligi – 7243 km. Mamlakatning katta qismini dengiz sathidan o’rtacha 500-600 m balandlikda bo’lgan tekisliklar egallagan. Shimolda Sahroi Kabirning toshloq hududlari joylashgan. Janubi-g’arb, janub va sharqda Bambua, Monding, shuningdek, eng yuqori balandligi 1155 m bo’lgan Xambori tog’lari joylashgan. Eng yirik daryosi – Niger. Mamlakat foydali qazilmalardan oltin, fosfat, uran, temir rudasi, boksit, marganes, litiy va qo’rg’oshinga juda boy. Iqlimi – Tropik kontinental, issiq va quruq, chekka janubi esa subekvatorial.
Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.