6-fevral Тabiiy geograf va glyatsiolog Korjenevskiy Nikolay Leopoldovich tavallud topgan kun. 

1 193

Korjenevskiy Nikolay Leopoldovich (1879.6.2, Vitebsk guberniyasi – 1958.31.10, Toshkent) – tabiiy geograf va glyatsiolog. O‘zbekistоn  Fanlar Akademiyasi muxbir a’zosi (1947). O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1939). Geografiya fanlari doktori (1937). O‘rta Osiyo universitetining tabiiy geografiya kafedrasi professori, mudiri (1927-yildan). O‘rta Osiyo Gidrometeorologiya institutida konsultant va glyatsiologiya bo‘limining boshlig’i (1926-58). Ilmiy faoliyati O‘rta osiyo tabiiy geografiyasi va muzliklariga bag’ishlangan. Korjenevskiy  O‘rta Osiyo muzliklarining dastlabki katalogini tuzgan (1930), 70 ga yaqin muzlik va cho‘qqilarni o‘rganib ilmiy adabiyotga kiritgan. Ustyurt platosi, Mo‘yinqum, Qirg’iziston tizmasi, Qorako‘l, Yashilko‘l, Sarez, Iskandarko‘l va Balxash ko‘llarini tadqiq qildi. Pomir va Tyanshanda 3 muzlik va Orqa Olay tizmasidagi cho‘qqi Korjenevskiy nomi bilan atalgan.

plus  Foydalanilgan manbalar:

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.