11-dekabr (YUNISEF) - BMT Bolalar fondi tashkil topgan kun 

6 930

Mazkur yilda BMT Bosh Assambleyasi Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyani qabul qilganining 30 yilligi nishonlanadi. Bugungi kunda konvensiya dunyo miqyosida eng ko‘p mamlakatlar qo‘shilgan xalqaro hujjat bo‘lib hisoblanadi. 192 mamlakat hukumatlari, xususan qiyin ahvolda qolgan bolalarning huquqlarini himoya qilish majburiyatini olgan.

 
UzDaily xabar berishicha, yangi www.unicef.uz saytida o‘zbek, ingliz va rus tillarida axborot berilgan bo‘lib, u foydalanuvchilarning ehtiyojlariga javob beradi. Interfeysning umumiy ko‘rinishi va dizayni sodda bo‘lgan holda, uning navigatsiya, ma’lumot  izlash va ishlatish funksiyalari juda osondir.

Sayt tuzilmasi nafaqat mutaxassislar va Internetning faol foydalanuvchilari uchun, balki bolalar, katta yoshdagilar hamda kompyuterdan foydalanishni endi o‘rganayotganlar uchun qulay qilib yaratilgan. Shuningdek axborot texnologiyalarini bilish imkoniyatlari keng bo‘lmagan  qishloq aholisining imkoniyatilari ham e’tiborga olingan. YUNISEFning mahalliy sayti portal bo‘lib, bolalar, o‘smirlar, ota-onalar, mutaxassislar, shuningdek qarorlar qabul qiluvchi rasmiy shaxslar uchun qiziqarli va foydali bo‘lgan axborotga ega. O‘zbekistondagi bolalar vaziyatining sharhi hamda YUNISEFning hamkorlar bilan birgalikda bola huquqlarini ilgari surishga va ularning farovonligini oshirishga qaratilgan dasturlari  to‘g‘risida saytda ma’lumot berilgan. Shuningdek turli nashrlar va multimedia materiallari to‘plami, asosiy hamkor tashkilotlar ro‘yxati taqdim etilgan. Ota-onalar bola tarbiyasidagi eng ilg‘or tajriba bilan tanishishlari, bolalar va o‘smirlar esa o‘z huquqlari va majburiyatlarini yanada yaxshi o‘rganishlari mumkin. Sayt ularni yashash joylaridagi jamoat tadbirlarida ishtirok etishga rag‘batlantiradi. "Bolalar va oilalarning imkoniyatlarini kengaytirish YUNISEFning dunyo miqyosidagi, xususan O‘zbekistondagi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir”, — dedi YUNISEFning mamlakatdagi vakolatxonasi rahbari Robert Fuderich. — Qimmatli resurslar va axborotni taqdim etish orqali bizning yangi saytimiz ana shu maqsadga erishishga ko‘mak beradi”.

Maqsad va vazifalar
UNICEF O‘zbekistonda 1994-yildan  buyon samarali faoliyat yuritib keladi. Bolalar huquqlarini himoya qilish, ularning asosiy hayotiy ehtiyojlarini qondirishga ko‘maklashish va salohiyatlarini har tomonlama rivojlantirish uchun imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan faoliyat yuritish maqsadida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh Assambleyasi UNICEFga tegishli mandat (vakolat) taqdim etgan. Hamkorlik dasturini amalga oshirish orqali UNICEF bolalar va ularning oilalarining huquqlari va farovonligi bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarda O‘zbekiston hukumatiga respublika va mahalliy darajalarda yordam berib kelmoqda. Ushbu ezgu amaliyotlar jamoat tashkilotlari, parlament, jamiyat, yoshlar, ommaviy axborot vositalari hamda rivojlanish bo‘yicha ko‘p tomonlama va ikki tomonlama tashkilotlar bilan hamkorlikda olib boriladi. Hozirgi vaqtda amalga oshirilayotgan va 2010-2015-yillarga mo‘ljallangan Mamlakatlararo hamkorlik dasturi milliy ustuvorliklar va Ming yillik rivojlanish maqsadlariga (MRM) javob beradi. Dasturning asosiy vazifasi - tenglik tamoyillariga rioya qilgan holda bola huquqlarini izchil amalga oshirish. Shunday yo‘nalishga qaratilgan dasturning amalga oshirilishi yuqoridagi tamoyillar asosida mamlakat MRMga erishishiga munosib hissa qo‘shadi. Ushbu dastur bola huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiya va ayollarga nisbatan diskriminatsiyaning barcha shakllariga barham berish to‘g‘risidagi Konvensiyaga muvofiq tenglikka erishish hamda bolalar va ayollarning huquqlarini amalga oshirishga qaratilgan tadbirlarni rejalashtirish, o‘tkazish va nazorat qilish sohasida milliy salohiyatni mustahkamlash vazifalarini qamrab olgan.
Qo`shimcha ma`lumotlar:  1 2 3 4 5 6 

11-dekabr Xalqaro Tango kuni raqs bayrami
Mashhur Argentinalik  qo`shiqchi va kinoaktyor, "Tango Qiroli” Karlos Gardelya tavallud topgan kun Xalqaro Tango kuni raqs bayrami deb nishonlanadi.IX-XIX asrlar oralig`ida Lotin Amerikasining qora tanli aholining rake va qo`shiqlar bilan o`tkaziladigan har qanday bayram hamda shu bayramlar o`tadigan joy ifodasi. Zamonaviy bal raqsi XIX asrning 2-yarmida andalusiycha Tango, kreolcha Tango, argentincha Tango turlari ommalashgan. Musiqa o`lcho`vi 2/4 sur`ati o`rtacha ritmikasi o`ziga xos urg`u (sinkopa)lar bilan ajratiladi. Ijrochilar juft bo`lib bir-birlarining yelkalarini ushlab raqsga tushadilar. 1910-yillarda Parijda Argentincha Tango asosida Yevropacha Tango rivoj topib, o`ziga xos alohida ehtiros bilan ijro etiladigan salon va estrada raqsi (keyinchalik kuy va ashula) sifatida butun dunyoga tarqaldi.  Ritmikasi oxirgi sakkiztalik qissadagi keskin urg`usi bilan ajralib turadi. O`zbek estrada san`atiga 1950-yillar oxirida B.Zokirov ijrosidagi "Arabcha Tango” Suriyalik bastakor Daris Al`Atrashning Ya Frenkel` kanta ishlagan ashulasi bilan kirib, keyinchalik A.Nazarov ("Ket Muhabbat”, N Hamraqulov), A.Rasulov ("Dilorom” G`.Yoqubov), va boshqa kompozitorlar turli Tangolarni yaratgan.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.