Nega oyda hayot yo’q? 

36 555

 Inson Oy yuzasini sinchiklab tadqiq qilgach, u haqda ko’pgina qiziq narsalarni bilib oldi. Ammo Oyda hayot yo’qligini u yerga qadami yotmasdan oldin ham bilar edi.
 Inson Oy yuzasini sinchiklab tadqiq qilgach, u haqda ko’pgina qiziq narsalarni bilib oldi. Ammo Oyda hayot yo’qligini u yerga qadami yotmasdan oldin ham bilar edi.
 Oyda atmosfera yo’q. Munajjimlar buni Oyda Quyoshning botish payti yoki kechqurungi va tongi g’ira-shira payt bo’lmasligiga qarab aniqlashgan. Yerga tun asta-sekin cho’ka boradi, chunki havo Quyosh botgandan keyin ham uning nurlarini aks ettirib turadi. Oyda esa butunlay boshqa manzarani ko’rish mumkin: bir pasda qorong’ilik tushadi.
Atmosfera yo’qligi sababli Oyga Quyoshning barcha nurlari to’g’ridan-to’g’ri tushaveradi. Quyosh Uzidan issiqlik, yorug’lik va radioto’lqinlar chiqaradi. Yerdagi hayot shu issiqlik va yorug’likka bog’liqdir.
  Quyosh o’zidan yana zararli radiatsiya ham tarqatadi. Yer atmosferasi bizni ulardan himoya qiladi. Oyda esa bunday zararli radiatsiyani yutadigan atmosfera yo’q. Quyoshdan chiqayotgan barcha foydali va zararli nurlar hech bir to’siqsiz Oy yuzasiga yetib kelaveradi. Atmosfera yo’qligi sababli Oy yuzasi yo haddan ziyod issiq, yoki nihoyatda sovuq bo’ladi. Aylanayotgan Oying Quyoshga qaragan tomoni juda qizib ketadi va temperatura Selsiy shkalasi bo’yicha 150 darajaga yetadi. Bu shaqirlab qaynayotgan suvning temperaturasidir. Jazirama Oy kuni ikki hafta davom etadi.
So’ngra ikki hafta davom etadigan tunga navbat keladi. Tunda temperatura — 125 darajaga tushib ketadi. Bu Yerning Shimoliy qutbidagi temperaturadan ikki barobar sovuqdir.
  Bunday sharoitda Yerdagi hayot shakllaridan birortasi ham mavjud bo’lishi mumkin emas.
OY KUNDUZI QAYGA KETADI?
  Ahyon-ahyon bo’lsa-da, Oyni kunduzi ham ko’rish mumkin. Chunki u kunduzi Yerning biz yashayotgan tomoniga qarama-qarshi tarafga o’tib qoladi. Ba’zida naq tepamizda turgan bo’lsa ham uni ko’rish imkoni bo’lmaydi, chunki Quyoshning yorqin nurlari ularni qaytarayotgan Oyni bizga ko’rsatmay qo’yadi. Erta tongda yoki kechqurunlari, ya’ni Quyosh nurlari ko’zimizni qamashtirmayotgan kezlar ular ikkalasini ham ko’rishimiz mumkin bo’ladi.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.