Meteoritlar tarixi 

3 281

Ilk bor amaliy isbotga ega meteorit yerga 861-yil may oyida kelib tushgan. U Yaponiyaning Nogata viloyatiga tushgan. Hozir ham kunchiqar davlatdagi ibodatxonalardan birida saqlanadi. Ajablanarlisi, bu meteorit haqida odamlar 1979-yildagina ma’lumotga ega bo’lishgan.

Albatta, meteoritlar sayyoramizga IX asrga qadar kelib tusha boshlagan. Masalan, bundan 50 000 yil oldin Amerikaning Arizona shtatiga ulkan meteorit qulab tushgan. Uning quvvati atom bombasidan bir necha ming hissa ortiq edi.

XVIII asrda esa Fransiya fanlar akademiyasi olimlari meteoritlar xususida o’z xulosalarini e’lon qilishdi. Aytishdiki, aslida osmondan hech qanaqangi tosh, yoki meteorit yerga tushmaydi. Chaqmoqning yerdagi qumlarga urilishi oqibatida toshlar hosil bo’ladi. Fransuz olimlari ana shunday ahmoqona xulosani dunyoga ma’lum qilishgandi.

Endi Rossiyaga qaytsak. Aytishlaricha, dunyodagi meteoritlarning eng katta kolleksiyasi Sankt-Peterburgda ekan. Bu yerda uch yuztaga yaqin turli hajmdagi meteoritlar saqlanarkan. Ularning eng yirigi 450 kilogramm vaznga ega.

1875-yili Afrikadagi Chad ko’li yaqiniga juda katta meteorit kelib tushdi. Mahalliy aholi vakillarining aytishicha, meteoritning hajmi 10 metrga teng bo’lgan. Oradan 15 yil o’tib, bu meteorit bilan Angliyadagi astronomlar uyushmasi a’zolari qiziqib qolishdi va darhol Afrikaga yetib borishdi. Afsuski, meteoritni topa olishmadi. U fillar jag’ atrofidagi suyaksimon a’zosini o’tkirlashi natijasida yo’q bo’lib ketibdi.

1812-yil. Borodino jangi boshlanishidan sal oldin askarlarning biri osmondan xuddi tovuq tuxumidek tosh qulab tushganini ko’rib qoldi. Uni oldi-yu, komandiriga berdi. Komandir uni umrining oxirigacha ko’z qorachig’idek asradi. O’limidan oldin toshni nabiralariga topshirdi. Ular esa oradan 80 yil o’tgach, meteoritni muzeyga topshirishdi.

1812 yilgi urush yakun topgandan keyin Rossiya imperatori Aleksandr Birinchiga inglizlar meteoritdan yasalgan qilich sovg’a qilishdi. Hozir o’sha qilich Ermitajda saqlanadi.
Olimjon HAYIT tayyorlagan

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.