Eng…Quyosh tizimidagi sayyoralar va koinot 

27 709

  • Eng katta sayyora – Yupiter. Mazkur sayyoraning ekvator bo`yicha aylanasi 142 984 km ga teng bo`lib, qutb aylanasi 133 708 km ni tashkil etadi. Yerdan og`irligi 317,828 marta, hajmi esa 1323,3 marta kattadir. Yupiterda bir kecha kunduzning uzunligi 9 soat 50 daqiqa 30 soniyaga teng.
  • Eng kichik sayyora – Merkuriy.
  • Eng uzoq sayyora – Neptun.
  • Eng sovuq sayyora – Neptun.
  • Eng issiq sayyora –  Venera. Uning yuzasida harorat +462 oC gacha ko`tariladi.
  • Eng tez aylanadigan sayyora sifatida Merkuriy tilga olinadi. Quyosh bilan uning o`rtasidagi masofa 57 909 200 km ni tashkil etadi, 87,9686 kecha-kunduzda Quyosh atrofini to`liq aylanib chiqadi.
  • Eng yorqin sayyora –  Venera.
  • Eng zich tarkibga ega sayyora sifatida Yer qayd etiladi. Mazkur sayyora suv zichligidan 5,515 marta mustahkam zichlikka ega.
  • Eng katta yo`ldoshli sayyoralar – Yupiter va Saturn.
  • Eng kuchli "yulduzlar yomg`iri” – 1966-yil 16 dan 17 noyabrga o`tar kechasi Shimoliy Amerikaning g`arbiy qismi bilan Rossiyaning sharqiy qismida kuzatilgan. O`shanda 20 daqiqa davomida AQSHning Arizona shtati osmonida daqiqasiga 2300 tagacha "meteor yomg`iri” yoqqan. 
  • Eng yorqin yulduz – Sirius.
  • Eng kuchli meteorit portlashi – 1908-yil 30 iyun kuni Rossiyaning "Podkamennaya Tunguska” daryosi atrofida yuz bergan. O`shanda samodan tushgan bu meteoritning portlash quvvati trotil ekvivalentiga nisbatan 10-15 MT ga teng deb hisoblangan. Portlash oqibatida 39002 km maydondagi o`rmonli hudud yonib kulga aylangan, portlash hosil bo`lgan zarb to`lqini 1000 km gacha yetgan. Meteoritning aylanasi esa 30 metr atrofida bo`lgan.
  • Eng ulkan krater – Yer sayyorasidan ancha katta bo`lgan Yupiter yoki Saturnda emas, balki Yer yo`ldoshi Oydadir. Ushbu ulkan kreter Oyning orqa tomonidagi janubiy qutbiga yaqin joylashgan Eytken krateri hisoblanadi. Aylanasi 2500 km keladigan bu kraterning chuqurligi 12 km ga  teng. 
  • Eng uzoq vaqt quyosh tutilishi ilmiy tadqiqotlar davomida aniqlangan  kuzatishlarga  qaraganda 7 daqiqayu 31 soniyani tashkil etishi mumkin. Lekin bunday tutilish hali yuz bergani yo`q. 1955-yil 20-iyunda kuzatilgan tutilishning eng yuqori fazasi davomiyligi Filippin orollari g`arbida qayd etilgan – 7 daqiqa 8 soniya. 2186-yil 16 iyulda esa kelajak avlod tutilishning eng yuqori fazasi davomiyligiga guvoh bo`lishi mumkin. O`shanda Atlantika markazida tutilishning yuqori fazasi 7 daqiqa 29 soniya davom etadi.
Madiyar ABDULLAYEV
Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumani
22-maktabning geografiya fani o`qituvchisi

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.