Dumli yulduzlar - kometalar 

9 524

«Dumli yulduzlar» — kometalar haqida odamlarga uzoq vaqtlargacha hech narsa ma’lum bo‘lmagan. Osmonda to‘satdan g‘alati ko‘rinishdagi yulduzlar paydo bo‘lishi xurofotchi odamlarni vahimaga solgan. Ular bunday yulduzlami urush, vabo, o‘lat, qahatchilik kabi falokatlar va baxtsizliklar darakchisi deb bilishgan.

Bundan to‘rt asr muqaddam mashhur astronom Tixo Brage va boshqa bir qancha tadqiqotchilar kometalar Yer atmosferasidan, hatto Oydan ham juda uzoqda ekanligini va say­yoralar singari Yerdan katta masofa narida harakatlanishini aniqlashgan. Kometalar barcha sayyoralar kabi sovuq jism bo‘lib, o‘zidan nur sochmaydi. Quyosh nurlari kometada aks etib qaytishi natijasidagina biz ulami ko‘ra olamiz. Ba’zi kometalaming yadrosida nikel, natriy va temir kabi metallar yorug‘lik chiqarishi aniqlangan.

Dumli yulduz, ya’ni kometaning yadrosi, bosh va dum qismlari bo‘ladi. Kometaning eng yorug‘ joyi — bosh qismidir. Kometa markazidagi yulduzsimon tumanlik uning yadrosi hisoblanadi. Yadro muzlab yotgan gazlar va qattiq jismlardan tashkil topgan. Bu jismlar boshqa osmon jismlariga nis­batan juda kichikdir.

Umuman, kichik kometalar atrofini tuman o‘rab olgan. Kometa Quyoshga yaqinlashgan sari bu tuman qatlami cho‘zila boradi. Ba’zida shu tumandan yoki kometaning bosh qismidan Quyoshga qarama-qarshi tomonga ingichka yorug` nurlar tarqaladi, ana shu nur dastasi dumga o‘xshab ko‘rinadi. Kometa Quyoshga yaqinlasha borganda dumi kengayadi va uzayadi. Quyoshdan uzoqlashganda esa, aksincha, qisqaradi va xiralashadi. Kometa bora-bora xira dog‘dek bo‘lib qoladi.

Kometalar dumining uzunligi va shakli har xil bo‘ladi. Ba’zi kometalaming dumi osmon gumbaziga bo‘r bilan chizilgan chiziqlarga o‘xshab ko‘rinadi, ba’zilarining dumi juda qisqa bo‘lib, ko‘zga arang chalinadi. 1744-yilda kuzatilgan kometa dumining uzunligi 20 million kilometr bo‘lgan. Kometalar dumining uzunligi ba’zan 500—600 million kilometrga yetishi ham mumkin. Kometa dumining yorug4 va uzun bo‘lishi kometaning Yerdan qanchalik uzoq bo‘lishiga ham bog‘liq.
 
1950-yilga qadar topilgan jami kometalar soni mingga yaqin. Shulardan 400 tasi (eng yorug‘lari) teleskop ixtiro qilin- gunga qadar topilgan. 600 ta kometaning orbitasi aniqlangan. Keyingi yillarda yangidan yangi kometalar topilmoqda. Ma­salan, 1967-yilning o‘zida 14 ta yangi kometa topildi. Eng keyin kashf etilgan kometalardan biri — Kogouten kometasidir. Bu kometa uni kashf etgan gamburglik astronom L.Ko- goutenning nomi bilan yuritiladi. Astronom 1973-yili ko‘zga ko'rinmay qolgan kometalami izlash paytida shu yangi kometani kashf etdi.

1973-yil oxirida Kogouten kometasi bilan Quyosh orasidagi masofa 22 million kilometmi tashkil etgan. Demak, u Quyoshga Merkuriydan ko‘ra ikki baravar yaqin bo‘lgan. Hisoblarga qaraganda, bu masofada kometadagi issiqlik harorati 4000-5000°C bo‘lishi mumkin.

Kometalar g‘oyib bo‘lib turadi. Ba’zilarini o‘zimiz yo‘qotib qo‘ysak, ba’zilari o‘z-o‘zidan ko‘rinmay qoladi.

Kometa bosh qismining diametri ko‘pincha 50 mingdan 250 ming kilometrgacha bo‘ladi. Demak, o‘rtacha kattalikdagi kometaning diametri Yer diametridan o‘n barobar katta ekan. Diametri Quyosh diametriga teng keladigan kometalar ham uchraydi.

Kometalarning massasi nisbatan kichik, ya’ni Yer massasidan bir necha yuz milliard baravar kichik. Shunday bo‘lsa-da, u milliard tonnani tashkil etishi mumkin. Masalan, o‘rtacha kattalikdagi kometaning massasi Oq dengiz — Boltiq kanalini qurishda qazib chiqarilgan tuproq massasiga tenglashadi. Kometalarning kattasi ham, kichigi ham bor. Hatto katta kometa ham Quyosh sistemasida­gi boshqa sayyoralaming harakatlanishiga xalaqit bermaydi, shuningdek, o‘zi ham hech qanday to‘siqqa uchramaydi.

Yer kometa bilan to‘qnashishi mumkinmi? Kometaning qattiq yadrosi Quyoshga Yer bilan Quyosh orasidagi masofaga yaqinlashganda ham Yeming kometa yadrosi bilan to‘qnashish ehtimoli to‘rt yuz milliondan birga teng bo‘ladi. Yiliga o‘rta hisobda beshta kometa Quyosh atrofidan ana shu masofada o‘tadi. Modomiki shunday ekan, Yer o‘rta hisobda har 80 mil­lion yilda bir marta biron kometa yadrosiga to'qnash kelishi mumkin.

Yerning kometa dumi bilan to‘qnashuvi tez-tez ro‘y berib turadi. Masalan, 1910-yil 19-mayda Galley kometasining dumi Yerga tegib o‘tdi, lekin bu to‘qnashuv vaqtida hech qanday falokat ro‘y bermadi, hatto havoda biron-bir begona gaz ham paydo bo‘lmadi.

Mabodo sayyoramiz kometa yadrosi bilan to‘qnashgudek bo‘lsa, kometa yadrosidagi tosh bo‘laklari Yerga sochilib tushar va tushgan tosh bo‘laklarining bir-biridan uzoqligi o‘nlab, yuzlab kilometrga yetar edi. Bu vaqtda yerda, nari borsa, kuchsiz zilzila bo‘lib o‘tar edi.

plus  Foydalanilgan manbalar:

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.