Tipratikan haqida qiziqarli ma'lumotlar 

32 706

* Tipratikanlar er yuzida taxminan 15 million yil avval paydo bo'lgan.
* Tikonlari o'rtacha 10 mingtagacha bo'ladi. Ular uch yilda bir marta yangilanadi, lekin juda sekin o'sadi. * Uning 36 ta tishi bo'lib, qarishi bilan to'kilib ketadi.
* Ular boshqa hayvonlarga qaraganda ko'proq kana tishlashidan nobud bo'lishadi. Negaki, qattiq tikonlari kanadan xalos bo'lishga xalaqit beradi. Ba'zan ayyorlik bilan tamaki qoldiqlarini tikonlariga kirgizib, kanalarga qarshi kurashadi.
* Tipratikanlarning qishki uyqusi 128 kunga cho'ziladi. Uxlayotgan paytda nafas olishi keskin tushib ketadi: odatda bir daqiqada 40-50 marta nafas oladigan bo'lsa, qishda 8 martani tashkil etadi. Qish uyqusidan u juda och uyg'onadi, ovqat qidirishi uchun esa bir necha kun kerak bo'ladi.
* Dumi bor-yo'g'i 3 sm. ni tashkil etadi, shu bois tikanlari orasidan unchalik ham ko'zga tashlanmaydi.
* Tabiat tomonidan ularning ko'zlari unchalik ham ravshan yaratilmagan bo'lsa-da, lekin ranglarni yaxshi ajrata olishadi. Shunga qaramay, eshitish qobiliyatlari a'lo darajada rivojlangan.
* Quloqli tipratikanlar ham bo'ladi. Biroq dushman xavfini sezganda dumaloq bo'lib o'ralib olishiga unga shu quloqchalari halal berar ekan. Lekin dushmandan qochish uchun aynan quloqli tipratikanlar juda tez yuguradi, uncha-muncha o'rmon hayvoni unga etib olishi oson bo'lmaydi.
* Dushmaniga osonlikcha o'lja bo'lmaydi, uning ustiga chirmashib chiqib olib, o'tkir va qattiq tikanlarini tanasining sezilarli qismiga suqib, o'ch olishga harakat qiladi.
* Tipratikanning immuniteti ilon zahriga bardoshli, biroq u ilon ovlamaydi. Agar qulay vaziyat tug'ilsa, ular ilonlarni yamlamay yutishga ham qodir.
* Xuddi shuningdek, tipratikanlar eng kuchli zaxarlar: smob, mishyak, tsianit kaliy kabilarga chidamli.
* Uning sichqon ovlashi yolg'on. Chunki uni quvib etolmaydi.
* Qovurilgan tipratikan tsigan xalqining milliy taomi hisoblanadi.
* O'zbek xalqi tabobatida undan tayyorlangan maxsus ovqatlar ayrim kasalliklarni muolaja qilishda tartib asosida buyuriladi.
Adolat FAYZIYEVA tayyorladi.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.