Xavf to`g`risida ogohlantiruvchi belgi 

6 095

 Har bir shaharlik yoz kunlari dam olishga toqqa, dala hovlisiga yoki lagerga chiqqanida, albatta, uyiga qaytishda tog’ gullaridan guldasta oladi.
  Lekin hech birimiz terilgan bo‘tako‘z, lola, qo‘ng‘iroqgul, lolaqizg'aldoq, boychechaklar orasida yo'q boiib ketish arafasida turgan noyob gul boiishi mumkinligi haqida o’ylamaymiz. Eng yomoni esa biz uzgan gul bir o’simlik oilasining so‘nggi turi boiib chiqishi ham mumkin. Shuning uchun ko’zingiz tushgan har qanday chiroyli gulni uzish uchun qoiingizni cho‘zishga shoshilmang!
 "To‘xtang!” - deb ogohlantiradi bizni svetoforning taqiqlovchi qizil chirog’i kabi tabiatning Qizil kitobi.
  Qizil kitob tabiatning mulki hisoblangan p noyob o‘simlik va hayvonot olami uzra paydo boigan xavf to‘g‘risida ogohlantiradi.
  Qizil kitob - yo‘qolib ketish xavfi ostida boigan o‘simlik va hayvonot olamining noyob turlari kiritilgan ro ‘yxatdir. Kitobda har bir noyob turning o’tmishda va hozirda tarqalgan joyi, soni, kamayib ketish sabablari va ulami himoya qilish uchun ko‘rilayotgan choralar ko‘rsatilgan.
 XX asrning ikkinchi yarmida inson o‘z xo'jalik faoliyatini faollashtirib, yovvoyi hayvonlarning ko‘p turlarini o‘zlari yashab yurgan joylaridan siqib chiqardi. Uzoq o’tmishda Amudaryo va Sirdaryo sohillaridagi to‘qayzorlar hukmdori boigan turon yoibarsi butunlay yo'qolib ketdi. Ovchilar sahroning go‘zal yovvoyi mushugi-silovsin, shuningdek, qizil bo‘ri hamda yirik qush hisoblangan tuvaloqni qirib bitirdilar. Yoi-yoi sirtlon, tog‘ echkisi va buxoro kiyiklari yo‘qolib ketish arafasidadir.
 O‘zbekiston Qizil kitobiga, afsuski Tyanshan ayigi, oq qoplon, Turkiston silovsini, jayron, burgut, echkiemar va Markaziy Osiyo ko‘zoynakli iloni kiritilgan. Yaqin kunlarda ham togiarda sayohatchilar ularga duch kelar edi.
 Qizil kitob sahifalariga Greyg va Lemann lolalari, yovvoyi uzum va chinor daraxtlari kiritilgan.
 Inson yordamisiz ushbu o‘simlik hamda jonivorlar o’z jonlarini saqlab qololmaydi. Shuning uchun maxsus qo‘riqxonalar zarur. Har bir kishi qurt-qumursqa yoki hayvonni oidirishdan, yovvoyi gulni uzishdan oldin tabiatga yetkazayotgan zarari haqida yaxshilab o‘ylab ko'rishi kerak.
 Yodingizda bo'lsin! Qizil kitobga kiritilgan o'simlik va hayvonlarga zarar etkazish ta’qiqlanadi. Noqonuniy ravishda o‘simliklami yig‘gan, hayvonlami tutgan va oidirgan shaxslar javobgarlikka tortiladi va ulardan jarima undiriladi.
  Qizil kitobga kiritilgan o‘simlik yoki hayvonlar qaysi mamlakat hududida yashayotgan boisa, ushbu turni saqlab qolish va himoya qilish uchun mazkur mamlakat qoiidan kelgan barcha ishlami amalga oshiradi.

plus  Foydalanilgan manbalar:

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.