Inson qanday qilib shamolni bo`ysindirgan 

4 176

Inson qanday qilib shamolni bo`ysindirgan Quyosh energiyasidan foydalanish fikri insonga ilmiy-texnika taraqqiyoti davrida kelgan bo‘lsa, shamol kuchidan foydalanish ota-bobolarimizdan qolgan. О‘tgan asrgacha barcha dengiz kemalari yelkanli bo ‘lgan va kema darg’ alari faqat yo’ldosh shamolning kuchiga tayangan.
 Shamol dehqonlarning eng ishonchli yordamchilari bo‘lgan, chunki shamol tegirmon qanotlarini aylantirgan.
 Doimiy shamol esib turadigan ko‘plab mamlakatlar shamol kuchidan foydalanishga qaytmoqda. Ammo ular endi shamoldan faqat don yanchish uchun foydalanmoqchi emas, balki uning yordamida elektr energiyasi olmoqda.
 Shamol bir qaraganda, oson erishiladigan va qayta tiklanadigan elektr manbaiga o‘xshaydi. Uning quyoshdan farqi shundaki, u qishin-yozin, kunu tun, shimol va janub demay "ishlaydi”. Ammo tabiat shamolni daryo kabi bir o’zanga solmagan va yoki shamol zahirasini yaratmagan, u tarqoq kuch bo’lib, beadad kezadi.
 Shamol harakatini oldindan bilib bo`lmaydi, u o‘z yo‘nalishini tez o‘zgartiradi, yer yuzining shamol ko’p easdigan joylari ham birdaniga tinchib qolishi mumkin, ayrim paytlari esa u shunday kuchli bo'ladiki, shamol tegirmonlarining qanotlarini sindiradi.
Shamol elektrstansiyalarning zarari ham bor: ular qush va hashoratlar parvoziga xalaqit beradi, shovqin hosil qiladi, parraklari radioto‘lqinlami qaytaradi.
 Shamol kuchidan foydalanish ikki muammo tug’diradi. Birinchisi, shamol kuchini tutishda katta maydondan foydalanish bo’lsa, ikkinchisi, shamol oqimining doimiyligiga erishishdir. Lekin insoniyat shamolning o‘zgaruvchanligi tufayli paydo bo’ladigan muammoni bartaraf etish yo‘lini topdilar.
 Shamolning o‘zgamvchanligini qoplash maqsadida kishilar katta-katta "shamol fermalarini” barpo etmoqdalar. Juda katta maydonda shamol tegirmonlari qator quriladi, ularni judazich o‘rnatib bo‘lmaydi, chunki bir-birlarini shamoldan to'sib qo‘yishi mumkin. Shunday "fermalar” AQSh, Fransiya va Angliyada bor, ammo ular juda keng maydonni egallagan. Daniyada "shamol fennalarini” Shimoliy dengizning qirg‘og‘ida joylashtirishgan. Bu yerda shamol tegirmonlari hech kimga xalaqit bermaydi, shamol ham doimiydir.
  Hozir jahonda turli quvvatlarga ega bo'lgan 90 mingdan ziyod shamol moslamalari ishlamoqda. Germaniya shamoldan o‘z elektr energiyasining 10 foizini oladi, G'arbiy Yevropaga esa shamol 4000 mvt. elektr energiyasini beradi. Insoniyat shamol va quyosh energiyasi hisobiga yoqilg‘idan foydalanishni qisqartirishi mumkin.

plus  Foydalanilgan manbalar:

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.