Ekologiyaning to`rtta Qonuni 

9 066

 Biosferaning o‘z qonunlari bor. Buni tushunish uchun insoniyat ko‘p asrlik yo`lni bosib o‘tdi va bu yo‘lda ko’plab xatolarga yo`l qo‘ydi.
 Amerikalik olim Barri Kommoper yerda hayot paydo bo‘lish tarixi, jonli organizmlar bilan jonsiz tabiat o‘rtasidagi o‘zaro aloqalami o‘rganib chiqib, biosfera qonunlarini kashf etdi.
Shunday qilib ekologiyaning to‘rtta qonuni paydo bo'ldi.
 "Barcha mavjud narsalar bir-biri bilan bog`liq” - deydi birinchi qonun. U biosferadagi barcha jonli organizmlar bilan ularning yon-atrofidagi tabiat o‘rgimchak to‘ri kabi bir-biri bilan chambarchars bog’langan'ini eslatadi. Bu aloqa orqali modda va energiya almashuvi ro’y beradi. Bu degani atrof-muhitdagi barcha o‘zgarishlar ushbu aloqa orqali jonli organizmga о‘tadi.
 Masalan, zavod ifloslangan zaharli chiqindilarini daryoga oqizdi, qanday chiqindilar ekanligini aniqlab o‘tirmaymiz, chunki asosiysi bu emas, balki chiqindilarning qayerga g‘oyib bo‘lishidir. Ushbu moddalar, albatta, daryoda yashovchi fitollankton deb nomlanadigan suv o‘simliklariga o‘tiradi. Keyin bu o‘simliklaro’txo’rbaliqlaroshqozoni vazooplanktonlargatushadi. Zaharli moddalar ham. Bu baliqlami yirtqich baliqlar yeb qo‘yadi, zaharli moddalar endi ularga o‘tadi. Oxirida baliq qarmoqqa tushadi va natijada inson oshqozoni zaharlanishi mumkin.
  "Barcha narsalar qayergadir g'oyib bo`lishi kerak:- deydi ikkinchi qonun. Hech narsa izsiz g‘oyib bo‘lmaydi. Moddalar faqat joydan joyga ko‘chadi, bir molekula shaklidan boshqasiga o‘tadi. Bunda, darhaqiqat, global ekologik muammolar yuzaga kelishi mumkin: havo zaharlanadi, iqlim o‘zgaradi, odamlar kasalbo‘ladi.
 Buning uchun misol izlash shart emas. Yoqilgan neft va gaz barcha ekologik muammolarga sabab boiishini eslab ko‘raylik, chunki ular boshqa moddalarga, ya’ni zaharli moddalarga aylanadi.
  Natijada uchinchi - "Hech narsa bekorga berilmaydi” degan qonun kuchga kiradi. Biosfera yaxlit ulkan ekologik tizimdir, undagi har bir yutuqdan keyin, albatta yo‘qotishlar keladi, lekin o‘sha payt va joyda emas, balki boshqa vaqtda. Biz tabiatdan yulqib olgan narsalarimizni qaytarishimiz kerak. Chunki har bir narsaning to’lovi bor, hozir bo’lmasa qachondir uni to’lash kerak.
 Kesilgan o’rmonlarning o‘mi tiklanmasa jonivorlar o‘rmonni tark etishga majbur bo‘ladi, atmosfera havosi yomonlashadi, insonlarning yashash sharoiti o‘zgaradi. Bunga Orol dengizining ayanchli taqdiri yaqqol misol bo‘lishi mumkin. Bu fojea insonning savodsizlarcha xo‘jalik faoliyati yuritishi natijasida yuzaga kelgan.
 Atrof-muhitga zarar yetkazmaslik uchun tabiatdan ко ‘proq о ‘rganish kerak. "Tabiat bizdan ko'rayxshiroq biladi”, deydi to‘rtinchi qonun. Darhaqiqat, tabiat hayothalqasining uzilib qolishiga yo’l qo’ymay, uning doimiy aylanma harakatini ta’minlab kelmoqda.
 Tabiatda organizm ishlab chiqargan barcha organik moddalami chiritish qobiliyatiga ega ferment mavjud. Agarda chiritish vosita bo’lmas ekan, hech bir moddani sintez qilibbo’lmaydi. Tabiat chiqindi chiqarmaydi.
 Insoniyat esa behisob kimyoviy modda va materiallar yaratdi va yaratmoqda-ki, ular tabiiy muhitda chirimaydi, balki doimiy ravishda yig‘ilib bormoqda atrof-muhitni ifloslantirmoqda.
  Biosfera qonunlarini buzgani uchun inson salomatligini yo‘qotmoqda. Bu hali hammasi emas, tabiatdan olingan qarzlami hali kelgusi avlodlar uzishiga to’g’ri keladi.
Bunday sharoitda insoniyat uchun yagona yo’l o’z xatti-harakatini biosfera qonunlariga bo’ysungan holda amalga oshirishdir.

plus  Foydalanilgan manbalar:

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.