5-iyun Umumjahon tabiatni muhofaza qilish kuni 

13 421

 1972-yilning 5-iyun kuni Stokgolm shahrida bo‘lib o‘tgan BMTning atrof muhit muammolariga qaratilgan Butunjahon anjumanidan so‘ng muammolarning jiddiyligiga e’tibor berilib BMTning Atrof muhit dasturi ishlab chiqildi va ma’qullandi. BMT Bosh Assambleyasining o‘sha yili 15-dekabr 2994-sonli rezolyutsiyasi bilan 5- iyun kuni Butunjahon Atrof muhitni muhofaza qilish kuni deb e’lon qilindi. 
Dunyoning ko‘plab davlatlari qatori har yili 5 iyunda respublikamizda «Butunjahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuni» keng nishonlanadi.
 Respublikamiz ilk mustaqillik yillaridayoq asosiy ekologik siyosatni inson faoliyati, kishilar sohlihini himoya qilish uchun qulay atrof muhit sharoitlarini ta’minlashga qaratildi. Bugungi kunda mamlakatimizda xalqaro huquq tajribalariga, zamonaviy fan, texnika va texnologiyalarga asoslangan mukammal ekologik havfsizlik tizimi barpo etilgan. O‘zbekiston Respublikasi milliy havfsizligining bir qismini ushbu mukammal tizim tashkil etadi.
 O‘zbekiston Respublikasining ekologik xavfsizlik siyosati Konstitutsiya, qonunchilik, O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik Konsepsiyasi, atrof-muhit va barqaror rivojlanish bo‘yicha Deklaratsiyalarining tamoyillari asosida xalqaro konvensiyalar va shartnomalardan hamda yetakchi davlatlarning qonunchilik sohasidagi tajribalardan kelib chiqadigan respublikaning majburiyatlari hisobga olingan holda olib boriladi.
Atrof-muhit muhofazasi borasida qabul qilingan  amaldagi qonun hujjatlari mamlakatimizning barcha hududlarida tabiiy resurslarni muhofaza qilish, qayta tiklash va ulardan samarali foydalanish kabi tadbirlarni to‘liq amalga oshirishda keng  imkoniyat yaratadi. Mustaqillik yillarida respublikada tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish borasida 30 dan ortiq qonun va 350 dan ortiq me’yoriy-huquqiy xujjatlar ishlab chiqildi.
 O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi xodimlaritomonidan tegishli vazirlik, idora va ilmiy salohiyat bilan hamkorlikda respublikada ekologik siyosatni amalga oshirish maqsadida atrof-muhit muhofazasi va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish borasida qator tadbirlar ishlab chiqildi va hayotga tadbiq etildi. So‘nggi 16 yil ichida tabiatni muhofaza qilish borasida olib borilgan ushbu tadbirlar natijasida respublikada ifloslantiruvchi moddalarni atmosfera havosiga tashlanishi 2,5 barobarga, ifloslangan oqova suvlarning tashlanishi esa 2 barobarga kamayishiga erishildi. 
 O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi faoliyati davomida  qo‘mita tasarrufidagi Davlat ekologik ekspertizasi tomonidan 44 mingdan oshiq xo‘jalik yurituvchi ob’yektlarning atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatish toifasi aniqlandi. Shuningdek, qo‘mitada ekologik sertifikatlashtirish, standartlashtirish va metrologiya yo‘nalishlariga keng e’tibor qaratilmoqda. Ushbu yo‘nalishning asosiy maqsadi ekologik xavfsiz texnologik jarayonlarni ishlab chiqish va tadbiq etish, atrof-muhit sifatini yaxshilash va tabiatni muhofaza qilishga qaratilgan ishlar va xizmatlar bozorini boshqarishdan iboratdir.  
  O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi qoshida 2005-yildan respublikada qayta tiklanuvchi ekologik toza energiya manbalarini keng joriy etish maqsadida "Ekoenergiya” ilmiy-tadbiqiy markaz faoliyat olib bormoqda. Markazning asosiy faoliyati atrof­muhitni energiya ishlab chiqarish bilan bohliq ifloslanishining oldini olish choralarini o‘rganish, shu sohada qonuniy­me’yoriy, rahbariy va zarur dasturiy hujjatlar tayyorlash, atrof­muhit muhofazasi, an’anaviy yoqilhi resurslarini tejash maqsadida qayta tiklanuvchan energiya resurslaridan foydalanish yo‘llarini ishlab chiqish va amaliyotga tadbiq etish hamda qayta tiklanuvchan ekologik toza energiya manbalaridan keng foydalanishni amalga oshirishdir.
  Atrof muhitni va tabiiy resurslar salohiyatini muhofaza qilish, tiklash va qayta tiklash uchun moliyaviy resurslarni shakllantirish maqsadida qo‘mita tizimida Tabiatni muhofaza qilish respublika jamharmasi va uning joylardagi mahalliy bo‘linmalari faoliyat olib boradi. Atrof muhitni belgilangandan ortiq ifloslantirishdan tushgan barcha to‘lovlar, jarimalar va da’volardan kelgan mablahlar ushbu byudjetdan tashqari jamharma hisob raqamiga tushiriladi. Ushbu jamharma hisobidagi mablahlar har yili tabiatni muhofaza qilish majmua tadbirlarini amalga oshirishga ajratiladi.  
  O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi doimiy ravishda mamlakatda ekologik muhitni sohlomlashtirish va mavjud ekologik muammolarni kompleks hal etishda maqsadida IIV, qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Sohliqni saqlash vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Uzgidromet, Davergeodezkadastr va sohaga ta’luqli boshqa tegishli vazirlik va idoralar bilan o‘zaro hamkorlikda faoliyat olib boradi.
  Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning o‘simlik va hayvonot dunyosi, shuningdek chiqindilar ko‘miladigan joylar kadastrini yuritish ishlari davom ettirilmoqda. qo‘mita mutaxassislari O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining olimlari bilan hamkorlikda Jizzax, Navoiy viloyatlari va qoraqalpohiston Respublikasi muhofaza etiladigan tabiiy hududlari o‘simlik va hayvonot dunyosi kadastrini yaratdilar. Natijada, O‘zbekiston Respublikasi qizil Kitobining yangi nashri loyihasi uchun kerakli bo‘lgan ma’lumotlar to‘plandi. Shuni qayd etish joizki, qo‘mita qoshida faoliyat yuritayotgan "Xisor” qo‘riqxonasida qizil Kitobga kiritilgan silovsinning soni 1991-yilda 25-30 boshni tashkil qilgan bo‘lsa, hozirgi kunda 121 boshni tashkil etmoqda, ya’ni bosh soni qariyb 4 barobar ko‘payganligi, ilvirs va ayiqning sonlari esa 3-4 barobarga ortganligi qayd etildi. qo‘mita qoshida faoliyati noyob hayvonlar genofondini asrash va ko‘paytirishga yo‘naltirilgan "Jayron” ekomarkazida jayron, qulon va Prjeval otlari populyatsiyasi holati bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari amalga oshirilmoqda. hozirda O‘rta Osiyoda yagona hisoblangan ushbu muhofaza qilinadigan tabiiy hududda jayronlarning soni 549 boshga, qulonlar 55 boshga, Prjeval otlari bosh soni esa 36 boshga yetkazildi.  Buxoro va Navoiy viloyatlarida hozirda noyob bo‘lgan va qizil Kitobga kiritilgan yo‘rha-tuvaloqni ko‘paytirish bo‘yicha 2 ta parvarishxona barpo etildi va ishga tushirildi.
 O‘zbekiston Respublikasi tomonidan Xalqaro Konvensiyalar doirasida olingan, bajarilish mas’uliyati Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasiga yuklangan 6 ta xalqaro Konvensiyalar bo‘yicha majburiyatlar bajarib borilmoqda. "O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi bilan Xitoy Xalq Respublikasi atrof -muhitni muhofaza qilish bo‘yicha davlat boshqarmasi o‘rtasida atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida hamkorlik to‘hrisidagi o‘zaro Anglashuv Memorandumi” imzolandi.
Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi milliy ijro agentligi hisoblangan 6 ta xalqaro tabiatni muhofaza qilish loyihalarini amalga oshirilishi davom ettirilmoqda.
  O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi «Chinor ENK» ekologik nashriyot kompaniyasining ta’sischisi hisoblanadi. Nashriyotda tabiatni muhofaza qilishni keng xalq ommasi orasida tarhibot-tashviqot ishlarini olib borishda muhim bo‘lgan matbuot nashrlarini chop etishda katta e’tibor qaratilmoqda. qo‘mita faoliyati davomida ushbu nashriyot tomonidan 70 ming nusxada 50 turdan ortiq nashriyot mahsulotlari chop etildi. Shuningdek, nashriyot tomonidan "Ekologik xabarnomasi” jurnali har oyda rang barang ko‘rinishda  chop etilmoqda. hozirgi vaqtda esa "O‘zbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhit muhofazasi va tabiiy resurslardan foydalanishning holati to‘hrisida milliy ma’ruza (1998-2007-yy.)” va "Ommabop ekologik ensiklopediya (I-II tomlari)” chop etildi va keng kitobxonlar hukmiga havola qilindi.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.