8-mart "Xalqaro xotin-qizlar kuni" bayrami 

17 765

Ayollarni, qizlarni bahorga qiyoslashadi, bahorni ularga. Go`zallik, nafosat, yangilanish, hayot davomiyligi bahor va ayol tushunchalarida uyg`unlashib ketadi. 8-mart Xotin-qizlar bayrami go`zal va betakror yurtimizga bahor nafasi kirib kelganidan darak beradi. Ayol azaldan mehr-shafqat va sadoqat timsoli bo`lib kelgan. Ayol deganda ko`z o`ngimizda avvalo, ulug` va tabarruk ona siymosi gavdalanadi. Inson zoti borki, olamdagi barcha yaxshilik va ezguliklarni, hayot siru-asrorlari va saboqlarini onaning mehru-sahovati tufayli o`rganadi. Ayol borki, olam munavvar, ayol borki, hayot go`zal va maftunkor. Inson, oila, ayol tushunchalarini bir-biridan ajralgan holda tasavvur etib bo`lmaydi. Oilani ham, jamiyatimizni ham birlashtirib, unga fayzu barokot kiritadigan xonadonlarimizni mehr-muhabbat, nafosat, ezgulik nuri bilan munavvar qiladigan zotlar ham aslida mo`tabar onalarimiz, munis opa-singillarimizdir. Chindan ham, ayolllarimizning oilada tutgan o`rni beqiyos. Oqila, go`zal ayollar o`zlarining g`amxo`rligi, mehribonligi, qalbi daryoligi bilan oiladagi, qolaversa, butun jamiyatdagi muvozanatni, poklik, halollik, samimiyat va adolat muhitini saqlab turadilar. Ulug` donishmandlar Vatanga eng munosib ta'rif izlaganda, uni Ona siymosiga qiyos etganlarida katta ma'no bor. Dunyoda "muqaddas" degan so`zga eng munosib zot ham - Onadir. Onani e'zozlash - bizning millatimiz, xalqimiz uchun oliy qadriyat darajasiga ko`tarilgan fazilat. Chunki ayollarni qancha ulug`lasak, hayotimizning chirog`i, umrimizning guli deb e'zozlasak, demakki, oilamizni, Vatanimizni e'zozlagan bo`lamiz. Sharqda ayolni farishtaga qiyos qilishadi. Chunki farishtalar Alloh Taolo yaratgan eng pok, eng begunoh zotlardir. Xalqimizning buyuk tarixida o`zining jasorat va matonati, aql-zakovati, nafosat va nazokati bilan o`chmas nom qoldirgan. To`maris, Bibixonim, Gulbadanbegim, Zebuniso, Nodira, Uvaysiy, Anbar Otin,va boshqa yuzlab ayollarimizni hamisha ehtirom bilan tilga olamiz. Ulug` momolarimizga xos bo`lgan olijanob fazilatlar bugun ham muhtaram ayollarimiz siymosida davom etib kelmoqda.  Ayollarga bo`lgan cheksiz hurmat-ehtiromimizning yana bir sababi shundaki, ayol avvalo har bir insonning beshigini tebratadigan, oq suti bilan uning  yuragiga odamiylik fazilatlarini singdiradigan, uni hayot bo`ronlaridan asrab-avaylaydigan fidoiy insondir.  Hadislarda "Ayollarni ulug` odamlar hurmat qiladi. Ularni faqat pastkash odam xo`rlaydi" deb bejizga aytilmagan. Ayollarni izzat-ikrom qilish ota-bobolarimizdan qolgan muqaddas udumdir. Mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar ham xalqimiz, avvalo, opa-singillarimiz, munis onaxonlarimiz turmushi farovonligini yanada yuksaltirishga qaratilgandir. Onalik va bolalikni himoyalash, barkamol avlodni voyaga yetkazish, oila va mahalladagi ahillik, hamjihatlikni mustahkamlash davlatimiz siyosatining ustuvor yo`nalishlaridandir. Dunyoda har qanday kuch onaning mehru-muhabbatidan zaifroqdir. Uning farzandiga bo`lgan mehri naqadar beg`ubor. Onaning mehri quyoshdek issiq, beminnat va musaffodir. Uning farzandlari uchun qilgan xizmatlarini hech narsa bilan tenglashtirib bo`lmaydi. Ona o`z farzandiga hayot va insoniylik fazilatlarini baxsh euvchi chashmadir. Farzand esa xuddi shu chashmadan go`zallikni, ezgulikni, olijanoblik va komillikni o`ziga singdirib oladi. Buyuk bir zot: "har bir xotunning aqlini o`lchamohchi bo`lsangiz, uning qo`l ostidagi bolalariga boqing", degan ekan. Onaga hamisha mehru-oqibat, ezgulikni ravo ko`rgan bolalar hayotda, albatta baxtli  va saodatli bo`ladilar. Ular bahorga ham, tongga ham go`zallikni ulashgan onalarning quyoshga qiyos mehr taftlaridan doimo bahra olib, ko`nglini obod qiladilar. 

Barchamiz orziqib kutgan so`lim bahor kirib kelishi bilan tabiat ochilib, ko`ngillarimiz yorug` tuyg`ularga to`lib boradi. Biz bugun Yaratganniing buyuk mo`jizasi bo`lgan, hayot davomiyligi va abadiyligini o`zida mujassam etgan ayol zotini, tabarruk onalarni ulug`lar ekanmiz, beixtiyor mutafakkir bobomiz Alisher Navoiyning "Jannat onalarning oyog`I ostidadir” degan mazmundagi so`zlarini eslaymiz va muqaddas Ona siymosi oldida ta`zim qilamiz.

 O`zining latofati va nafosati, vafo va sadoqati, qalb saxovati bilan oilani oila qiladigan, xonadonlarimiz bekasi va charog`boni bo`lmish Siz, munis ayollarimizga har qancha tasannolar aytsak, Sizlarni har qancha e`zozlab, boshimizga ko`tarsak, arziydi, albatta.

8-mart Mumbayda vilosiped kuni
Velosportni yaxshi ko’ruvchi Mumbay axolisi o’zlarining ikki g’ildirakli vеlosipedlarida shahar kezib, dam olishadi.Hindistondagi shahar Maxaraashtra shtatining ma’muriy markazi ushbu kuni 1964-yildan nishonlanib keladi. Shu bilan birga Bombay va Solsett orollarini ham aylanishadi, chunki 8-mart milliy Bombay va Solsett orollari kuni hamdir. Aholining har birini garajida bir nechta velosepedlari bo’ladi. Velosepedlarining buzilishdan emas, balki ko’pincha o’g’irlanishi sabablidir. Veloseped o’g’irlash shunday darajaga yetganki ayniqsa hozirgi kunda keng tarqalib, hattoki milliy rusumga aylanib qolgan. Polisiyachilar ham velosipedlarda yuradilar. Ko’p Mumbay axolisi velosepedda yashaydilar desa ham bo’ladi, chunki ular egardan tushmasdan tanishadilar, o’tgan ketganlar bilan so’rashadilar, tamaddi ham qilib oladilar, mobil telefonlarda gaplashadilar.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.