1-mart Bahor kelishi bayrami 

3 650

Bahor bayrami haqida bir rivoyat bor.
Mana u...
Vaqt o'z navbati bilan o'taverar edi, yozdan keyin kuz, so'ng, baxorga qadar, sovuq kunli qish xukmronlik surar edi. Kunlardan bir kun bahorni kutish maqsadida, Quyosh erga tushib, xalq bilan birga xursandchilik qilmoqchi bo'libdi, va go'zal qiz timsolida odamlar orasiga kelibdi. Bayramda raqs tushishga ulgurmasidan, uni yovuz ilon o'g'irlab, o'z saroyida qamab qo'yibdi. Quyoshsiz butun olam qorong'ulikka cho'kibdi. Qushlar va xayvonlar sukunat saklabdi, bolalar o'yin va kulgudan to'xtabdi, daryodagi suvlar xam shildiramay qolibdi. Quyoshni qutqarishga yosh yigit jur'at etibdi. Ilonning saroyini topib, u bilan 3 kun jang qilibdi va Quyoshni ozod etibdi. Quyosh osmonga ko'tarilib, mayin nurlari bilan butun borlikni yoritibdi. Ammo kuyoshning yoqimli nurlaridan yigit baxramand bo'lolmabdi. Jangdagi qarama-qarshilikga bardosh berolmay, kuch uni tark etibdi va dunyodan ko'z yumibdi. Yerga tushgan yigitning qonidan esa boychechak unib chiqibdi.

1-mart Butunjahon mushuklar kuni
 Mushuklarga bo‘lgan mehr-muhabbat shunchalik kuchli bo‘lgani tufayli, mushuk  egalari o‘z tarbiyalanuvchilarga mahsus bayram  o‘ylab chiqdilar. Har yili 1 mart kuni dunyoning ko‘p mamlakatlarida, millionlab odamlar birlashgan, Butun jaxon mushuklar kuni nishonlanadi. Bayram nishonlash an'anasi tasodifiy tayinlanib, Butunjahon mushuklar kuni rasmiy tasdiqlanmagan, ammo yaxshi ko‘rgan hayvonlarni qutlash taqiqlanmagan. Mushuklar azaldan eng ommaviy uy hayvoni bo‘lgan: Yer aholisining 80 % uy hayvonlarini  saqlaydilar, shularning yarmidan ko‘prog‘i mushukni afzal biladilar, bu esa  bayramni ommaviylashganligini isbotlaydi. Butunjahon mushuklar kuni qanday nishonlanadi? Har bir davlatda bu bayram turlicha o‘tkaziladi. Butun Yevropada, xususan, Buyuk Britaniyada mushuklarni ko‘proq siylaydilar. Voajab, Angliyada 1 mushuk  har yili kamida 10 tonna donni saqlab qoladi, bir necha o‘nlab hayvonlar Britaniya muzeyining yodgorliklarini sichqonlardan  asraydilar. "Davlat xizmatida” bo‘lgan mushuk, hayvonlar  Butunjahon mushuklar kunida  mushuk delikateslari bilan mukofotlanadilar. Bundan tashqari, ular uchun maxsus "forma”lar  tikib,  qulay uychalar quradilar. Avstriyada, Butunjahon mushuklar kunida maxsus mukofot ta'sis etilib, u ko‘plab yillar mobaynida sichqonlardan omborlarni himoya qilgan mushuklar uchun nafaqa belgilangan. Ular  sut, sho‘rva, go‘sht  bilan ta'minlanganlar. Xitoyda, 1-mart Butunjahon mushuklar kuni xamma joyda nishonlanmaydi, lekin xitoyliklar bu hayvonlarni qonun miqyosida  alohida ximoyaga  olganlar. Ilgari mushuklar  tanavvul  qilingan. Hozir bunday insonlarga jarima solinadi. Ko‘plab mamlakatlarda mushuklar uchun  bog‘lar, maxsus do‘konlar ochilgan, maxsus o‘yinchoqlar ishlangan, vaqtinchalik mushuklarni joylash uchun "mushuklarning” mehmonxonalari va yemakxonalari yaratilgan.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.