9-mart kosmik uchuvchi Gagarin Yuriy Alekseevich tavallud topgan kun

9-mart Koreyada telekanallar bayrami
Koreyada 9-mart telekanallar bayrami deb nishonlanadi. Ushbu bayramda Televidenie jurnalistikaning yetakchi tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Televidenie odamlarni axborot va yangiliklar bilan ta’minlashda muhim ijrochi vazifasini bajaradi. Telekompaniyalar qanday tarixiy yo‘lni bosib o‘tgan? Zamonaviy koreys televideniesi to‘rtta yirik telekompaniyadan iborat. Bular: KBS, MBS, EBS va SBS. «Eng keksa» koreys telekompaniyasi KBS 1961-yilda tashkil etilgan. KBS telekompaniyasi kanallari Koreyada «birinchi kanal» maqomiga ega. Telekompaniya rasmiy Seulning «ovozi» deb e’tirof etiladi. Darhaqiqat, telekompaniyaning koreyscha tarjimasi «Koreys davlat telekompaniyasi», degan ma’noni bildiradi. KBS1 kanali yagona «reklama va e’lonlardan xoli» kanaldir. KBS2 esa bir qancha kompaniyalar va tashkilotlarning reklama minbariga aylangan. MBS telekompaniyasi uzoq yillar davomida KBSning soyasida edi. Telekompaniyaga 1969-yilda asos solingan. Dastlabki yillari telekompaniya asosan madaniy-ma’rifiy dasturlarni namoyish etish bilan cheklanar edi. Keyinchalik boshqa kompaniyalar singari shou-dasturlar va ko‘ngilochar ko‘rsatuvlarga ham keng o‘rin ajrata boshladi. EBS telekompaniyasi 1990-yilga qadar KBS tarkibida faoliyat yuritib keldi Hozirgi kunda kanal Ta’lim vazirligi homiyligida ish olib bormoqda. Kanal ta’lim va ma’rifiy dasturlarga asoslanadi. SBS Koreyadagi to‘la ma’nodagi xususiy telekompaniyadir. Lekin u «yagona xo‘jayin»ga qarashli emas. Kompaniya aktsiyalariga yigirma to‘qqizta bir-biridan farqli firmalar egalik qilishadi. Koreys qonunlariga muvofiq, bitta jismoniy yoki yuridik shaxs telekompaniya yoki radiostantsiyaning 30 foizdan ko‘p aktsiyasini olishi mumkin emas. Shuning uchun yigirma to‘qqizta firmadan birortasi ham telekompaniyaning nazorat paketi egasi hisoblanmaydi. Darhaqiqat, zamonaviy koreys televideniesi eng so‘nggi texnik jihozlar bilan ta’minlangan holda samarali faoliyat ko‘rsatmoqda. Koreyada kabel televideniesi ham ancha rivojlangan. Pullik xizmatga asoslangan kanallarda ko‘ngilochar -dasturlarga e’tibor kuchli. Bu tomoshabinlar talab va istaklaridan kelib chiqadi.i
Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.