Issiq kuz: Sayyoramiz tabiiy ofatlar bilan kurashmoqda 

2 254

Xalqaro ob-havo tahlillari bu yilgi kuz boshqa yillarga nisbatan issiq kelganini ko'rsatmoqda. Bu haqda "euronews" xabar berdi. 
 
Yevropada kuzning birinchi oyi issiqlik darajasi bo'yicha rekord ko'rsatkichni qayd etdi. Eng yuqori ko'rsatkich Portugaliya va g'arbiy Ispaniyada kuzatildi. Yaponiyada yil boshida kuzatilgan uzoq davom etgan yog'ingarchilik, er ko'chkilari, suv toshqinlari va rekord darajadagi issiq ob-havodan so'ng ikkita halokatli to'fon mamlakatga jiddiy ziyon etkazdi.
 
Filippin, Xitoy va Gonkongdagi kuchli tropik iqlim 134 kishining hayotiga zomin bo'ldi. 
 
AQShdagi "Florens”, "Maykl" to'fonlar esa mamlakatga jiddiy moddiy zarar etkazish bilan birga o'nlab odamlarning o'limiga sabab bo'ldi. 
 
Shu bilan birga, muz qatlami erishi natijasida Arktikada dengiz yo'lining kengayishi kuzatildi. Bu sentyabr oyida Daniya konteyner kemasining birinchi bor shimoliy dengiz tomon harakatlanish imkonini berdi. 
Zuhra Mirzaboeva, O'zA

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.