«O‘zgidromet» Toshkentda havo ifloslanishi darajasi haqida ma’lumot berdi

Statsionar postlarning kuzatuv ma’lumotlariga ko‘ra quyidagi tumanlarda havoning ifloslanishi bir martalik maksimal ruxsat etilgan me’yor (REM b.m.) dan ortgani qayd etilgan.
Azot dioksidi bo‘yicha: Yunusobod, Yashnobod, Mirzo-Ulug‘bek tumanlarida REM b.m.dan yuqori 3 holat kuzatildi. Boshqa tumanlarda olingan ma’lumotlar bo‘yicha zararli moddalar miqdori ruxsat etilgan me’yordan yuqori bo‘lgani kuzatilmadi.
7-yanvar va 8-yanvar tongida Toshkent shahrining ob-havo sharoiti shahar havo muhitida bir oz zararli moddalar tarqalishiga imkoniyat yaratadi. Ifloslanish darajasi past bo‘ladi.
Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.