Radioaktiv ifloslanish 

11 318

 Biosferaning radioaktiv ifloslanishi 1945-yilda Yaponiyaning Xirosima va Nagasaki shaharlariga tashlangan atom bombalari portlashidan keyin kelib chiqdi.
  1962-yilgacha atmosferada, yadro qurollarini sinovdan o‘tkazish, havoni global ravishda ifloslanishga olib keldi.
  Atom bombasi portlashida, juda kuchli nurlanish vujudga keladi. Radioaktiv zarrachalar uzoq masofalarga tarqalib, suv havzalari, tuproq va tirik organizmlarni zararlaydi. Ko‘pgina radioaktiv izotoplarning yarim yetilish davri uzoq va juda xavfli hisoblanadi. Barcha izotoplar tabiatda moddalarning aylanishiga qo‘shilib ketib tirik organizmlarga o‘tib, ularning hujayralarini nobud qiladi. Ular orasida Strontsiy-90 juda xavfli bo‘lib, odam skeletidagi suyaklarda to‘planadi. Organizmning doimiy nurlanish manbai bo‘lib xizmat qiladi.
  Radioaktiv tseziy-137 kaliyga yaqin bo‘lib, zararlangan hayvonlarning muskullarida ko‘p uchraydi. Alyaskadagi tub aholini tekshirishlar natijasida, ularning organizmlarida ancha miqdorda tseziy-137 uchrashi aniqlandi. Eskimoslar shimol bug‘usi go‘shti bilan ovqatlanadi.
  Yadro quroli sinashning yana bir salbiy tomoni bor. Yadro portlashi jarayonida juda ko‘p miqdorda mayda chang hosil bo‘lib, ular atmosferada uzoq vaqtlargacha saqlanib, quyosh nurini yutib qoladi. Yadro qurollarining sinovdan o‘tkazish natijasida, uzoq muddatli sayyoramizning harorati pasayib ketish hodisasini kuzatish mumkin. Bu o‘z navbatida Yerdagi barcha tirik organizmlarni halok bo‘lishiga olib keladi.
  Hozirgi vaqtda sayyoramizning har qanday nuqtasi insonning turli ta’sirlariga duch kelgan. Bular orasida tabiiy biotsenozlarning buzilishi va atrof-muhitning ifloslanishi ancha jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.
  Biosfera inson faolligining ortib boruvchi kuchli ta’sirida turibdi. Shuning uchun eng muhim vazifalardan biri tabiatni saqlash bilan bog‘liq chora-tadbirlarni ishlab chiqishdan iborat.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.