Tirik organizmning ajoyib xususiyatlari
Inson
organizmining ajoyib xususiyatlaridan biri - ko‘nikishdir (adaptatsiya).
Ko‘nikish
- bu kishi organizmining muayyan sharoitga moslashib olishidir.
Biz
doimo biror-bir sharoitga ko‘nikib yuramiz. Harorat ko‘tarilsa, biz terlay
boshlaymiz. Ter chiqib tana haroratini sovutadi. Harorat pasaysa, organizmimiz
ko‘proq issiqlik ishlab chiqarishni boshlaydi. Agarda bizga kislorod
yetishmasa, tez-tez nafas olishni boshlaymiz. Bularning bari shuni anglatadiki, agarda biz ko‘nikish
qobiliyatiga egaboimaganimizda edi, yashay olmagan bo`lardik.
Ko‘nikish
xususiyati nafaqat insonga, balki barcha tirik organizmga xosdir, bu esa turli
ekologik guruhlar paydo boiishiga sababdir. Masalan, suv ko’p ichadigan yoki
suvsizlikka chidaydigan o‘simliklar bor, salqinda yaxshi o‘sadigan va aksincha,
quyoshga intiladigan o‘simliklar bor.
Noxush
sharoitlarga ko‘nikib ketish juda muhimdir. Shunisi qiziqki, hayvonlarning
ko'nikishi turlichadir. Ko‘nikishning bir ko’rinishi - bu noxush sharoit yuzaga
kelgan joyni tashlab ketish. Masalan qushlaming uchib ketishi, bug‘u va boshqa
tuyoqli jonivorlarning emak izlab ко’chib yurishi, qor, tuproq va qumga ko‘milib olish va
hokazolar.
Ikkinchisi
- anabioz holatiga o'tish, ya’ni hayot faoliyatini keskin susaytirish: masalan
harorat pasayib ketganda ilon va boshqa sudralib yuruvchilar hamda ayrim sut
emizuvchilar faoliyatini keskin susaytirib uyquga ketadi.
Uchinchisi
- noxush sharoitlarda yashash uchun tanani moslashtirish: masalan, havo
sovuganda hayvonlarning teri ostidagi yog‘i yoki mo’ynasini qalinlashtirish,
sahro jonivorlarining tanasida suvni tejash.
O‘simliklar
ildiz otgan joyidagi sharoitga ko’nikishga majbur. Shuning uchun ularda
ko'nikishning faqat ikki turi boiishi mumkin. Ulardan biri - noqulay davrda
hayotiy jarayonni susaytirish. Masalan, barg to‘kish, piyozi va ildizlari, shuningdek, u rug
laming qish davrida uyquga ketishi.
Boshqasi
esa - noqulay omillarga chidamliligini oshirish.
Hashoratlar
har qanday sharoitga ko‘nikib ketishadi, ular 10-20 avlod davomida hatto yangi
zaharli dorilar - insektitsidlarga ham ko‘nikib olishadi.
Asrlar
davomida insoniyat ko‘nikish jarayonini boshqarishga intilmoqda. Olimlar
ko'nikish seleksiyasini amalga oshirishmoqda, ya’ni noxush ob-havo sharoitlari
va kasalliklarga chidamli boigan madaniy o‘simliklar navi va qishloq
xo‘jalikhayvonlarining nasllarini yaratishmoqda. Bunga
yaqqol misol - Rossiyada kungaboqar yetishtirishdir. Ushbu о‘simlik Kolumb davrida manzarali
o‘simlik sifatida Amerikadan olib kelingan edi. Asrlar davomida manzarali
o‘simlikdan moy olinadigan madaniy qishloq xo‘jaligi o‘simligi yaratishga
muvaffaq boidilar. Rossiyaliklar xorijdan keltirilgan narxi baland zaytun yogi
o‘rniga kungaboqar yogidan foydalanadigan boiishdi. Kungaboqar uch marta turli
kasalliklarga duch keldi: avval zang bosdi, keyin shumgiyohga uchradi va
nihoyat, o‘simlik bitiga.
Zararkunanda
va kasalliklar har gal ekinni butunlay nobud qilishardi, biroq omoh qolgan
o‘simliklardan chidamli nav yaratishga erishildi. Albatta, bu ishda muvaffaqiyatsizlik
ham boigan. Sant-Matyu oroli (Bering dengizi)ga bug‘ularni olib kelish bunga
misol bo’la oladi. Orolda bug’ular sonini tabiiy ravishda tartibga soladigan
yirtqichlar yo’q edi. 1944-yilda orolga 29 bosh bug‘u keltirilgan bo`lsa, 1963-yilga borib ularning soni 6000ga yetdi. Natijada ular uchun Orolda o’t-oian
qolmadi va bug‘ularning ко‘pi
nobud boidi.
Insoniyat
rivojlanish va hayot faoliyatini yaxshilash jarayonida atrof-muhitga katta
ta’sir ко‘rsatadi. U tabiat
qonunlarini qo‘pol ravishda buzadi. Uni o‘zgartirib, o‘zi ham o‘zgaradi, lekin
bu o‘zgarish hamisha yaxshi tomonga boimaydi.
Insoniyat
o‘z organizmining ko‘nikish imkoniyatlari kengligi, texnika va tibbiyotning
bugungi taraqqiyotiga qaramay zaif va himoyasiz boiib qolmoqda.
Sanoat
korxonalari, atom va issiqlik elektrstansiyalari, neftni qayta ishlash
zavodlari, fazoviy kemalar parvozi - bularning bari salomatligimizga salbiy ta’sir
ko‘rsatuvchi omillardir.
Inson
tabiatga zarar yetkazar ekan, o’z navbatida tabiat ham javob zarbasi qaytaradi,
biroq bu zarbaning kuchi kelajak avlodlarga ham ta’sir o‘tkazadi. Og‘ir
metallar, radiatsiya, ayrim sun’iy kimyoviy birikmalar bilan zaharlanish og‘ir
irsiy kasalliklarga olib kelmoqda.
Ulkan
sanoat shaharlarida inson organizmida zaharli moddalarning ta’siri natijasida
ular ba’zan ona sutida ham yig’ilmoqda va oqibatda bola emizish ham xavfli boiib
qolyapti.
Bizning
organizmimizda radioaktiv moddalar tez yigiladi. Ularning orasida uzoq muddat
davomida parchalanib turadigan izotoplar eng xavfli sanaladi. Ular organizmga
suv va havo, shuningdek, ovqatlanish orqali tushadi.
Masalan,
radioaktivli yod avval o‘simliklarda, keyin sigir sutiga tushadi va undan keyin
esa inson organizmida paydo bo’ladi. Turli radioaktiv moddalar turli tana
a’zolarida yigiladi va ularga yomon ta’sir ko‘rsatadi. Bu holatda inson
organizmining ko'nikish xususiyati yordam berolmaydi.
Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.