Biosfera 

6 847

  Tirik organizmlar juda xilma-xil sharoitda tarqalgan. Hayot quruqlikdagi barcha qit’alarda, okean va dengizlarda, hatto atmosferada ham tarqalgan. Biosfera bizning sayyoramizdagi hayot qobig‘idir.
  Yerdagi hayot qobig‘i atmosferaning quyi qatlamlari, barcha suv havzalari (gidrosfera) hamda yerning ustki qattiq qobig‘ini, ya’ni litosferani egallaydi.
  Agarda bizning sayyoramizni nokdek o‘lchamda tasawur qilsak, nokni ustidagi o‘ralgan yupqa qog‘oz qalinligida barcha biosferani tushunish mumkin. Ana shunday yupqa hayot qobig‘i kosmik jismni o‘rab turar ekan. Hayotning yuqori chegarasi Yer yuzasidan 20-25 km, quyi chegarasini esa litosfera 5-6 km dan oshmaydi.
  Biosferaning massasi 3x1024g. Undagi tirik organizmlarning umumiy og‘irligi 1,8-2,5x1018g. Biosferadagi tirik organizmlar sayyoramiz yuzasi bo‘yicha bir tekisda yoyib chiqilsa ular atigi 2 sm qalinlikda qoplashi mumkin ekan.
  Biosfera milliard yillar davomida rivojlanib kelmoqda, undagi ichki bog‘lanishlar o‘ziga xos jarayonlarni vujudga keltiradi. Biosferaning eng muhim xususiyatlaridan biri, qandaydir sabablarga ko‘ra o‘zgarish kuzatilsa, uni tiklashdan iborat bo‘lgan. Bular suv yoki havoni tozalash, tuproqning tiklanishi va hokazolar.
  XX asrga kelib, vaziyat keskin o‘zgarib ketdi. Keyingi yillarda biosfera bizni tashvishlantiruvchi ma’lumotlarni bermoqda. U endi suv, havo va tuproqlarga, inson faoliyati ta’siri tufayli kelib chiqqan noxush hodisalardan o‘zini o‘nglay olmayapti.
  Biosfera biz uchun yaxshi tomonga o‘zgarayotgani yo‘q. U shunday darajaga keldiki, endi uning o‘zi insondan najot kutmoqda.
 Tabiat bilan jamiyatning o‘zaro munosabati murakkab jarayon bo‘lib, u tez o‘zgaruvchandir. Inson tabiat boyliklaridan qancha ko‘p foydalansa, tabiat ham unga shuncha «tashvish» keltiradi
  Shunday ekan, tabiat boyliklaridan ehtiyojga yarasha foydalanish va ularning o‘rnini muntazam to‘ldirib, tabiatni doimo boyitib borish, asosiy vazifamiz bo‘lishi hamda unga so‘zsiz amal qilishimiz lozim. Ana shundagina tabiat bilan jamiyatning o‘zaro munosabati uyg‘unlashib, tabiat insondan o‘z saxovati va mehrini ayamaydi.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.