O`zbekiston jahon reytingida 

18 889

  • Oltin zahiralari bo`yicha O`zbekiston dunyoda to`rtinchi o`rinni egallaydi. (JAR, AQSH va Rossiyadan keyin), qazib olish bo`yicha – MDH mamlakatlatlari orasida Rossiyadan keyin ikkinchi o`rinda turadi.
  • Paxtani ishlab chiqarish bo`yicha O`zbekiston beshta yirik jahon mamlakatlari qatoriga kiradi. Jahonning beshta mamlakati – Xitoy, AQSH, Hindiston, Pokiston va O`zbekiston – birgalikda, umumiy miqdoridan 65 foizni ishlab chiqaradi. Paxta tolasini eksport qilish bo`yicha O`zbekiston AQSH va Hindistondan keyin uchinchi o`rinda turadi. 
  • Ishlab chiqarilgan paxta tolasining 75 foizdan ko`prog`ini eksport qiladi.
  • Uran zahiralari bo`yicha O`zbekiston dunyoda yettinchi o`rinni egallaydi. (Avstraliya, Qozog`iston, Rossiya, Kanada, JAR va Ukrainadan keyin) va uni eksport qilish bo`yicha uchinchi o`rinda (Qozog`iston va Avstraliyadan keyin)
  • Mis va volframni zahirasi va qazib olishi bo`yicha o`zbekiston dunyodagi birinchi o`nta mamlakat qatoriga kiradi. 
  • Tabiiy gazni qazib olish bo`yicha O`zbekiston dunyodagi 20 ta gazni qazib oluvchi mamlakatlar qatoriga kiradi va MDH mamlakatlar orasida uchinchi o`rinni egallaydi (Rossiya va Turkmanistondan keyin)
  • Umumiy aholi soni bo`yicha O`zbekiston MDH mamlakatlari orasida uchinchi o`rinni egallaydi (Rossiya va Ukrainadan keyin) – 32 mln.ga yaqin.
  • O`zbeklar – dunyoda turkiyzabon xalqlar orasida soni bo`yicha uchinchi o`rinda. (turkiylar va ozarbayjonliklardan keyin (Ozarbayjon va Eronda yashaydigan ozarbayjonliklar))
  • O`zbekiston aholisi har kuni o`rtacha 789 kishiga o`sib boradi.
  • O`zbekiston – mintaqaning barcha mamlakatlari bilan chegaradosh bo`lgan Markaziy Osiyodagi yagona mamlakat.
   
 
   

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.