Oltin zahiralari bo`yicha O`zbekiston dunyoda
to`rtinchi o`rinni egallaydi. (JAR, AQSH va Rossiyadan keyin), qazib olish
bo`yicha – MDH mamlakatlatlari orasida Rossiyadan keyin ikkinchi o`rinda turadi.
Paxtani ishlab chiqarish
bo`yicha O`zbekiston beshta yirik jahon mamlakatlari qatoriga kiradi. Jahonning
beshta mamlakati – Xitoy, AQSH, Hindiston, Pokiston va O`zbekiston –
birgalikda, umumiy miqdoridan 65 foizni ishlab chiqaradi. Paxta tolasini
eksport qilish bo`yicha O`zbekiston AQSH va Hindistondan keyin uchinchi o`rinda
turadi.
Ishlab chiqarilgan paxta
tolasining 75 foizdan ko`prog`ini eksport qiladi.
Uran zahiralari bo`yicha
O`zbekiston dunyoda yettinchi o`rinni egallaydi. (Avstraliya, Qozog`iston,
Rossiya, Kanada, JAR va Ukrainadan keyin) va uni eksport qilish bo`yicha uchinchi
o`rinda (Qozog`iston va Avstraliyadan keyin)
Mis va volframni zahirasi va
qazib olishi bo`yicha o`zbekiston dunyodagi birinchi o`nta mamlakat qatoriga
kiradi.
Tabiiy gazni qazib olish
bo`yicha O`zbekiston dunyodagi 20 ta gazni qazib oluvchi mamlakatlar qatoriga
kiradi va MDH mamlakatlar orasida uchinchi o`rinni egallaydi (Rossiya va
Turkmanistondan keyin)
Umumiy aholi soni bo`yicha
O`zbekiston MDH mamlakatlari orasida uchinchi o`rinni egallaydi (Rossiya va
Ukrainadan keyin) – 32 mln.ga yaqin.
O`zbeklar – dunyoda turkiyzabon
xalqlar orasida soni bo`yicha uchinchi o`rinda. (turkiylar va
ozarbayjonliklardan keyin (Ozarbayjon va Eronda yashaydigan ozarbayjonliklar))
O`zbekiston aholisi har kuni
o`rtacha 789 kishiga o`sib boradi.
O`zbekiston – mintaqaning barcha
mamlakatlari bilan chegaradosh bo`lgan Markaziy Osiyodagi yagona mamlakat.