Qaysi davlat ko`p import qiladi? 

3 827

Ushbu xaritada kim qaysi davlatdan ko’proq mahsulotlar import qiladi, bayroqlar yordamida ko’rsatilgan. 

Xaritada Xitoy bayrog`i ko’p ko’rsatilgan. Bu Xitoy mahsulotlarining turli mamlakatlar importida yuqori o’rin egallashini anglatadi. Hatto AQShning chet mamlakatlardan qilayotgan importida Xitoy 1-o’rinni egallaydi.

Rossiya ham shunday: Xitoy mahsulotlari importi 1-o’rinda.

Endi O’zbekiston xaritasiga e’tibor bering. Xaritani Rossiya bayrog`i bilan bo’yab qo’yishibdi. Bu noto’g`ri. Davlat statistika qo‘mitasi 2018-yil yanvar-dekabr oylari yakuni bo‘yicha O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi haqida ma'lumot berdi.

Qayd etilishicha, 2018-yil yanvar-dekabr oylarida respublika tashqi savdo aylanmasida yuqori ulushga ega davlatlar ketma-ketligi joriy yilning yanvar oyidan buyon deyarli o‘zgarishsiz qolmoqda.

O‘tgan yili Xitoy asosiy savdo sherigi bo‘lib qoldi. Ushbu davlat bilan tashqi savdo aylanmasi 6,4 mlrd dollarni tashkil etdi. Eksport - 2,8 mlrd, import - 3,5 mlrd dollar. Xitoyning respublika tashqi savdo aylanmasidagi ulushi 19 foizga teng bo‘ldi.

Keyingi o‘rindan Rossiya joy oldi - 5,7 mlrd dollar. Eksport - 2,1 mlrd, import - 3,5 mlrd dollar. RFning tashqi savdo aylanmasidagi ulushi - 16,9 foiz.

Uchinchi pog‘onada Qozog‘iston - 3 mlrd dollar. Eksport - 1,4 mlrd, import - 1,5 mlrd dollar. Ushbu mamlakatning O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasidagi ulushi - 8,9 foiz.

Shuningdek, respublika tashqi savdo aylanmasida yuqori ulushga ega bo‘lgan 20ta davlat orasida Turkiya, Koreya Respublikasi, Germaniya, Yaponiya, Afg‘oniston, Qirg‘iziston, Ukraina, Latviya, Belarus, AQSh, Tojikiston, Eron, Fransiya, Italiya, Turkmaniston, Litva va Hindiston bor. 

Bildirilishicha, O‘zbekistonning tashqi savdo aloqalarini rivojlanishi bozor islohotlarini amalga oshirish jarayonida mavjud bo‘lgan milliy iqtisodiyotning real ehtiyojlari asosida amalga oshirilmoqda.

Shu bilan birga, O‘zbekiston jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashtirish, mamlakatni dunyoning bir qator rivojlangan davlatlaridan biri sifatida o‘rin egallashga qaratilgan.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.