QR-kod nima? 

17 617


Innovatsion darsliklardan foydalanish bo`yicha yo`riqnoma
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida so‘nggi o‘n yillikda darsliklarning yangi avlodi degan tushuncha keng tarqaldi. Ta’kidlash joizki, bu davrda darsliklar avvalgi ko‘rinishidan tubdan farq qila boshladi. Oq-qora tasvirdagi darsliklar o‘rnini rangli kitoblar egalladi, avvallari asosan illyustratsiyalar, foto-rasmlardan iborat bo‘lgan bo‘lsa, endilikda ular o‘rnini turli diagrammalar, xarita-chizmalar egalladi. So‘nggi 2 yil ichida esa darsliklarga infografikalarni joylashtirish boshlandi. Albatta, bu kabi o‘zgarishlar darslikning o‘qimishliligini oshiradi, darslik sahifalarini ixchamlashishiga olib keladi, eng muhimi, o‘quvchida qiziqishni orttiradi. Lekin ta’kidlash joizki, bular yangi avlod darsliklari emas.

Hozirga kelib bosma nashrlarni elektron nashrlarga bog‘lash yoki aylantirish boshlangan bo‘lsa-da, jarayon sust kechmoqda. Chop etilgan darsliklar PDF formatga o‘tkazilib, internet saytlariga joylashtirilishi, darslikka SD disklar ilova etilishini hisobga olmaganda internet resurslariga qo‘shimcha bog‘lash ishlari yetarli emas. 

Ayni paytda axborot-texnologiyalarning ildam rivojlanishi, QR-kod belgilarning kashf etilishi bosma nashrlarga elektron resurslarni bog‘lash imkoniyatini yaratmoqda. 

Bugungi davr talabi dunyo ta’limi oldiga katta vazifalarni qo’ymoqda, ya’ni o’quvchi kelajakda jamiyatda yashashga tayyor bo’lishi kerak. Bunda birinchi navbatda tez o’zgarayotgan, yangilanib borayotgan axborotlar bilan uyg`un holda faol ishlaydigan kasb egalari timsolini bugungi o’quvchi yoshlarda shakllantirish lozim. Buning uchuninformatika darslarida o’quvchilarni ma’lumotlarga ishlov berish, qayta ishlash, maqsadga ko’ra ularni shakllantirish va real vaqt oralig`ida o’z egasiga yetkazib berish kabi maxsus xizmatlarni amalga oshiruvchi avtomatlashgan axborot tizimlari bilan ishlashga o’rgatib borish lozim. Quyida maxsus xizmatlarni amalga oshiruvchi QR kodlari to’g`risida tushuncha berish orqali ta’lim jarayonida ushbu yangi zamonaviy axborot texnologiyasidan foydalanish g`oyasini rivojlantirish uchun boshlang`ich nuqta bo’ladi deb umid qilamiz. Umid qilamizki, ushbu maqola ta’lim muassasalari mutaxassislariga o’zlarining nostandart pedagogik texnologiyalarini yaratishga yordam beradi, natijada o’quvchilarning o’qishga bo’lgan qiziqishi oshadi.

QR-kodi (quick response) nima?
Bugungi kunda QR kodlari ko’pchilik uchun allaqachon oddiy narsaga aylangan, lekin ko’pchilik aslida u haqida tushunchaga ega emas, lekin kunda oq fonda sirli qora kvadratchalar bilan tasvirlar reklama afishasi yoki plakatining burchagida, paketlarda, jurnal sahifalarida va hatto biznes kartalarida, tovarlar etiketkalarida, kommunal to’lovlar kvitansiyalarida yoki saytlar sahifalarida ham ko’radilar. Xo’sh, bu belgi nimava u nima uchun kerak? Mana shu QRkoddir. QR kod mazmun mohiyatiga asosan ingliz tilidan olingan bo’lib “Quick Response” so’zlarining qisqartirmasidir. Uning mazmuni “tezkor javob” ma’nosini beradi. 

QR kod nima uchun kerak?

QR kodini ishlatishni bilmagan har bir kishi bu savolni berishi tabiiydir.QRkod juda ko’p ma’lumotni yetkazishda yoki undan foydalanish uchun ayniqsa qulay hisoblanadi.

QRkod 1994-yilda Yaponiyaning “Denso Vave” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan ikki o’lchovli shtrix kodi (matris kodi). 2953 baytlik ma’lumotni bitta kichkina kvadratga, ya’ni 7089 ta raqam yoki 4296 ta harf (A4 formatidagi 1-2 sahifa), 1817 iyeroglif joylashtirish imkonini beradi.

Bu kodning bosh afzalligi shundaki, u skanerlovchi uskuna (mobil telefon, fotoapparat yoki qo’l skaneri) yordamida oson va tez o’qish hamda kodlash imkonini beradi:
QR kod qo’llanishining asosiy tamoyili shundaki, u giperhavola tarzida ishlay oladi. Bu birdaniga ko’p ma’lumot haqida xabar berish zarur bo’lgan holatlarda yoki uni soddalashtirish kerak bo’lganda juda qulay vosita sanaladi.QR kod electron ma’lumotlar uzatish prinsipiga asoslanadi. Bu, ayniqsa, ko’p miqdordagi axborotni uzatish yoki undan foydalanishni soddalashtirishda qo’l keladi. QR kod surati mahsulot yoki xizmatni tanlash jarayonini yengillashtirishga yordam beradi, axir qadoq yoki reklama plakatidagi mana shu kichik kvadratchada 4296 tagacha belgi sig`diriladi. U aloqa jarayonini optimallashtirishga ham xizmat qiladi, masalan, aksariyat holatlarda tashrif qog`ozidagi nishonchada birgina tugmani bosish bilan kontaktlaringiz ro’yxatiga qo’shiladigan telefon raqami shifrlangan bo’ladi. Shu bilan birgalikda, QR kodlar yordamida havoladan o’tish, electron xat, SMS yuborish, manzil joylashuvini bilish va boshqa ko’plab amallarni bajarish mumkin.

Bugungi kunda butun dunyo­da elektron to’lovlarni amalga oshirishda ham mazkur texnologiyadan faol ravishda foydalanilmoqda. 

Masalan, Yaponiyada do’konlarda sotiladigan deyarli barcha mahsulotlarga QR kod qo’llaniladi, savdo tarmoqlarida xarid qilishda yoki xizmatlar uchun to’lovni amalga oshirishda bank kartasidan foydalanmasdan mazkur QR kodlaryordamida hisob-kitob qiladi.

Hisob-kitobning bunday usuli xaridor uchun ham, sotuvchi uchun ham oddiy bank plastik kartasidan to’lovni amalga oshirishdan ko’ra qulayroq. Chunki ushbu holatda kartani qabul qilish uchun terminalga hojat qolmaydi va xaridor uchun ham kartalarni cho’ntakda olib yurishning keragi bo’lmaydi – smartfon ularning o’rnini bosadi.

Shuningdek, QR kodlar reklama kitoblari va ma’lumotnomalarga joylashtirilgan.QR kodbilan hatto turli musobaqalar va rol o’ynash o’yinlari ham tashkil etiladi.

Lvov (Ukraina) tadbirkorlar uyushmasi Lvovning 80 ta sayyohlik saytlarigaQR kodlarni joylashtirdi. Bu sayyohni ukrain tilini bilmasa ham osonlikcha shahar bilan tanishishiga imkon beradi, chunkiQR kodlari bir nechta tillarda o’rnatilgan. 

O’zbekistonda ham Somoniylar maqbarasi, Ark qo’rg`oni va boshqa tarixiy ob’ektlarda QR kodlar o’rnatildi. 
Poytaxtga tashrif buyuruvchi xorijiy hamda mahalliy sayyohlarga qulayliklar yaratish maqsadida Toshkent shahar turizmni rivojlantirish departamenti tashabbusi bilan diqqatga sazovor turizm maskanlariga QR kodlar o’rnatilmoqda. Jumladan, QR kodlar Abulqosim Shayx madrasasi, Suzuk ota majmuasi, Iso payg`ambarning Muqaddas yuragi bosh cherkovi, Alisher Navoiy nomidagi Davlat Akademik katta teatri, San’at muzeyi, O’zbekiston tarixi Davlat muzeyi, Toshkent teleminorasi, Amaliy san’at muzeyi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi, Toshkent hayvonot bog`i hamda Ikuo Xirayama nomidagi Xalqaro madaniyat karvonsaroyiga o’rnatildi. Ushbu QR kodlar tashrif buyuruvchilarga telefondagi dastur orqali QR kod o’rnatilgan ob’ekt va boshqa turistik infratuzilma ob’ektlari haqida ingliz, rus hamda o’zbek tillarida ma’lumot olish imkonini beradi.

QR kodlardunyodagi eng ko’p quyidagi formatlarda tarqalgan:

Internet-manzil (QR kodlari Internet resurslari bilanbog`lanishni o’z ichiga oladi. Kodni o’qish foydalanuvchini kerakli saytga yo’naltiradi. brauzerning manzil satrida ko’plab belgilarni diqqat bilan kiritish zarurligini bartaraf etadi).

Aloqalar ma’lumotlari (kod biznes kartalari juda keng tarqalgan, kodni skaner qilibtelefon yoki kompyuterning manzillar kitobidaaloqani saqlash mumkin).

SMS (Ko’pincha, tadbirda, aksiyada, o’yinda ishtirok etish uchun SMS yuborish talab qilinadi. SMS yuborishda QR kodlari sizni yozishdan xalos qiladi. Buning uchun siz kodni skaner qilishingiz va yuborishingiz mumkin bo’ladi).

Geografik ma’lumotlar (QR kodi shifrlangan bo’lishi mumkin. Bu sizga bir yoki bir nechta joyni ko’rish imkonini beradi, masalan, “Google xaritalar”da).

Matn (bu format turli maqsadlar uchun javob beradi, masalan, axborot, ma’lumot olish uchun).

Elektron pochta manzili (QR kodi elektron pochta manzilni va qabul qiluvchining nomini o’z ichiga olishi mumkin).

Telefon raqamlari (QR kodini skanerlashda telefon raqamini ham ko’chirib olib, darhol qo’ng`iroq qilishingiz mumkin).

QR kodini bir necha usulda o’qishingiz mumkin:

Hozirda QR kodni o’qish uchun juda ko’p dasturlar mavjud. Ulardan eng ko’p tarqalganlari: iPhone qurilmalari uchun Bakodo, Android tizimida ishlovchi qurilmalar uchun esa Barcode scanner. QR kodga aylantirib beruvchi bepul onlayn saytlar: www.qrcoder.ru, www.qrmania.ru, www.yorituvchi.ucoz.net mavjud.

Agar rasm Internetdagi veb-saytga joylashtirilgan bo’lsa, siz uni maxsus online dasturi orqali QRkodini skaner qilish orqali o’qishingiz mumkin. Lekin bu uncha qulay usul emas. Hozirgi kunda kameraga ega zamonaviy telefonlar kvadrat ko’rinishdagi tasvir ostida yashiringan ma’lumotlarni oson o’qish imkoniyatini beradi. Buning uchun bor-yo’g`i telefon kamerasini Qrkodga yo’naltirgan holda, maxsus ilova orqali kodnitushurib olib o’qish ancha qulaydir. Masalan, Qrkodi orqali narxni aniqlashingiz va boshqamahsulotning xususiyatlari bilantaqqoslash uchun(QRkodi rasm sifatida) telefoningizga saqlab qo’yingiz ham mumkin.

Mobil telefoningizga joylashtirilgan dasturlar.
QR kodini o’qish uchun iPhone va iPAd dasturi Bakodo — https://itunes.apple.com/app/bakodobarcode- scanner-qr/id371932548/

Scan — http://itunes.apple.com/app/scan/id411206394

QR kodini o’qish uchun Android dasturi Barcode Scanner — https://play.google.com/store/apps/details?id=com.google.zxing.client.android

QuickMark Lite QR Code Reader — https://play.google.com/store/apps/details?id=tw.com.quickmarklite/

QR kodini o’qish uchun har xil platformadagi dastur QuickMark QR Code Reader —http://www.quickmark.com.tw/En/basic/downloadmain.asp


Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda umumta’lim maktablari uchun tayyorlanayotgan darsliklarning yangi avlodini yaratishga ilk qadam qo‘yildi. 

Ayni paytda yuqori sinf o‘quvchilari uchun darsliklar nashr etish davriyligi 5 yilda bir marotabaga o‘tganligi, qo‘shimcha adabiyotlarni chop etish uchun mablag‘larning tanqisligi, undan ham avval bu kitoblarni ko‘tarib yurish, topish va boshqa muammolarni yuzaga keltirishi kabi muammolarni hal qilish maqsadida hamda ta’lim tizimiga zamonaviy innovatsion axborot resurslarni kiritishni yo‘lga qo‘yish maqsadida 8-sinf geografiya darsligi (O‘zbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi)ga QR-kod belgisi joylashtirildi. Mazkur belgi darslikni tashkil etgan 60 ta mavzuga alohida-alohida o‘rnatilgan bo‘lib, shu mavzuga oid qo‘shimcha internet manbalaridan foydalanish imkonini berdi. 

O‘z navbatida internet resurslaridan foydalanishda xavfsizlikni ta’minlash, turli saytlardan olingan havolalarni, saytning yopilib qolishi yoki shu resursni sayt egasi tomonidan olib tashlananishining oldini olish maqsadida darslikning alohida internet sayti ishga tushirildi va internet resurslari shu saytga joylashtirildi. Mazkur jarayon darslikni nafaqat boyitdi, shu bilan birga keyingi chop etilgunicha bo‘lgan o‘tadigan 5 yil davomida bo‘ladigan o‘zgarishlarni davriy ravishda internet resurslari hisobiga to‘ldirib borish imkoniyatini yaratdi. 

Xuddi shuningdek, 8-sinf texnologiya darsligining 16 ta amaliy mashg‘ulotlariga ham ushbu QR-kod belgisi kiritilgan holda chop etilmoqda, bu orqali o‘qituvchi va o‘quvchilar amaliy mashg‘ulotning video orqali amalga oshirilishini ko‘rishlari mumkin.

Kelgusida boshqa darsliklarga ham QR-kod belgisini o‘rnatish va shu orqali internet resusrlariga bog‘lash mumkin va ularni bitta saytda jamlash (masalan, xalq ta’limi vazirligining rasmiy veb-sayti – uzedu.uz yoki portali – eduportal.uz ga) doimiy to‘ldirib borilishi mumkin.

Mazkur loyihaning amalga oshirilishi bosma darsliklarni internet resurslariga bog‘lash, o‘quvchilarni qo‘shimcha qiziqarli yangiliklardan matn, audio, video shakllarida xabardor qilib turish, bosma nashrlarga sarf bo‘layotgan mablag‘larni iqtisod qilish, ularni elektron resurslar bilan boyitish imkoniyatini yaratadi.

Bugungi kunda birgina geografiya fani bo`yicha geografiya fanlari nomzodi, dotsent Jahongir Musayev tomonidan yaratilgan http://geografiya8.uz va Navoiy shahar 11-DIUM geografiya fani o`qituvchisi, “Shuhrat” medali sohibi Abdiyev Rustam tomonidan yaratilgan http://geografiya.uz web-saytlari yuqorida keltirilgan QR-kod belgisiga ega. 
http://geografiya.uz veb-sayti QR-kodi

http://geografiya8.uz veb-sayti QR-kodi

Quyida Sizga namuna sifatida 2019-yil nashr etilgan 8-sinflarda o‘qitiladigan geografiya (O‘zbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi) darsligida qo‘yilgan QR-kod belgisidan qanday foydalanish haqida tushuntirib o`tamiz. 

2019-yil  nashr etilgan O‘zbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi darsligidagi har bir mavzuning yoz qismiga QR-kod belgisi qo`yilgan bo`lib, darslikdan foydalanayotgan o`qituvchi yoki o`qituvchi android mobil qurilmasiga o`rnatilgan maxsus dasturdan foydalanish zarur. QR-kod belgisi orqali internet tizimiga ulangan holda http://geografiya8.uz veb-saytidagi belgilangan ma`lumot bilan tanishish imkoniyatiga ega bo`ladilar.

QR-kod belgisini topadigan dasturning nomi nima? Uni qayerdan topsa bo`ladi?

Agarda Siz google.com tizimidan ro`yxatdan o`tmagan bo`lsangiz, ro`yxatdan o`tishingiz kerak bo`ladi. Bu keyinchalik ham Sizga zarur dasturiy ta`minotlarni topishingizda juda zarur bo`ladi. 
  1. Android mobil qurilmangizni internet tarmog`ini yoqing.
  2. Tegishli brauzeringiz orqali google.com saytiga kiring.
  3. Saytga kirganingizdan so`ng, ekranning o`ng tomonidan yuqoridagi KIRISH degan yozuvni bosing va tegishli tartibda ro`yxatdan o`ting.
  4. Google.com dan ro`yxatdan o`tib bo`lgach, android mobil telefoningizga o`rnatilgan PLAY MARKET dasturiga google.com dan ro`yxatdan o`tgan e-mailingiz, login va parollaringiz orqali kirib, izlash bo`limiga (поиск) QR-kod  degan yozuvni kiritsangiz Siz uchun kerakli QR-kod belgisini o`qiydigan dasturlar ketma-ketlikda ekranda ko`rinadi. Shu dasturlardan birini tanlang va telefoningizga o`rnating. 
Innovatsion darslikdagi QR-kod belgisini o`qish uchun maxsus dasturni tez topish va o`rnatish uchun maxsus havolardan foydalaning. 

http://geografiya.uz/bilasizmi/11995-qr-kod-nima-innovatsion-darsliklardan-foydalanish-boyicha-yoriqnoma.html Android mobil telefonda dasturni yuklab olib, Winrar dasturi orqali arxiv holatdan chiqaring. Dasturni yuklang. 
     5. Skaner QR-kod dasturi mobil telefoningizda yuklanadi.   
Skaner QR-kod dasturini ochib, darslikning o`zingiz tanlagan mavzu yonidagi QR-kodga telefonni to`g`ri tuting. Dastur avtomatik ravish ishga tushib,  Siz tanlagan mavzu bo`yicha qaysi havolaga kirishingiz haqidagi ma`lumot ko`rinadi. 
 
Ekranda ko`ringan havolani bosing. 

ESLATMA: Skaner QR-kod dasturidan to`liq va samarali foydalanish jarayonidan Internet tarmog`i yoniq holatda bo`lishi talab etiladi. 

Skaner QR & Shtrix-kod dasturini yuklab oling!
qr-shtrih-kod.rar [2.64 Mb] (yuklab olingan: 468)   

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.