«Toping-chi?» savollarga javoblar 

5 534

1. Hindiston  geografiyasini  birinchi bo‘lib  yozgan  O`rta Osiyolik buyuk kishilar kim?  Ular qaysi asrda sayohat qilgan va  qanday asarlar yozgan? 

2.  Qaysi dengizning qirg‘oqlari yo‘q?


3.  O`zi  kichkina, ammo uch  yarimsharda joylashgan  orolni bilasizmi?  Qaysi yarimsharlarda? 


4.  Gollivud shaharchasi  qayerda va  unimasi  bilan  shuhrat qozongan? 


5.  Panama va Suvaysh kanallaridan  kemalar o‘tishida qanday farq bor? 


6.  To‘rtta  shaklga e’tibor  bering  — qaysi  yerlar  tasvirlangan? Qaysi  biri  quruqlik, qaysi  biri  suvlik?


7.  Daniya mamlakatini  bilasiz,  Daniya bo‘g‘ozini-chi? 


8.  Arabiston  yarimoroli  hammaga ma`lum.  Ammo Arabiston  choii qayerda? 


9.  Boltiq  dengizi bilan  Baykal  ko`lini tarozining  ikki  pallasiga qo‘yib ko‘ring-chi,  qaysi biri  og‘ir ekan? 


10.  Farhod qoyalari  va  Shirin suvi  qayerda? 


11.  Ikki qit’ada joylashgan  davlat qaysi?

 
12.  Beshta dengiz  bilan o‘ralgan yarimorolni bilasizmi? 


13.  O‘rta Osiyoda  dengiz  sathidan pastroq bo`lgan botiqlar  bormi? 


14.  Toshkentda  yilning  qaysi sutkasida  yarim  kun tun,  yarim  kun kunduzi bo`lishi  mumkin? 


15.  Kun  va tun yil bo‘yi  bab-barobar  bo`lib turishi  mumkinmi? 


16. «Chiroylidir go‘yo yosh kelin,  ikki daryo yuvar kokilin»  deb qaysi shoir qaysi  she’rida  nimalarni tasvirlagan? 

17.  Osiyo  qit’asining eng markaziy nuqtasi (geografik markazi)  qayerda?

 
18.  Qush  bo`lsa ham  ucholmaydi.  Ular qanday  qushlar,  qayerlarda yashaydi? 


19.  Ikki  qit’a «qurshovida qolgan»  orol  qaysi?

JAVOBLAR
1.  Hindiston geografiyasini  tasvirlagan  0‘rtaosiyolik  olim  va sayyohlar ko‘p. Ulardan eng buyuklari: Abu Rayhon Beruniy  XI  asrda Hindistonda  bo‘lgan,  «Hindiston» nomli  tarixiy-geografik asar yozgan.  Abdurazzoq Samarqandiy XV asr boshlarida Hindistonga elchi bo`lib borgan. «Hindiston safamomasi»  nomli  asar yozgan.  Zahiriddin Muhammad Bobur XVI  asr  boshida Hindistonda bo`lgan va  «Boburnoma»  tarixiy geografik asarini  yozgan. Zokirjon  Furqatning  Hindistondan yuborgan  xatlari  ma`lum. O‘zbek  olimlaridan  Muxtor Ashrafiy,  0‘zbek  Rustamov, Ziyoviddin  Akramov  vaboshqalar  Hindiston  shaharlari,  tabiati  va urf-odatlari  to‘g‘risida  qiziqarli kitoblar  yozishgan.

2. Odatda, okeanning bir chekkadagi ma`lum bo`lakchasi dengiz deyiladi. Uning ikki-uch tomon qirg‘og‘i bo`ladi.  Lekin  dunyoda shunday birdan bir havza borki, uning haqiqatan ham  qirg‘oqlari  yo‘q. Bu  —  Atlantika okeani  g'arbidagi  Sargasoo dengizidir. 

3. Chukotka dengizidagi  Vrangel  oroli  (u  mashhur dengizchi F.P.Vrangel nomi bilan atalgan) uch yarimsharda joylashgan: shimoliy yarimsharda,  sharqiy va g‘arbiy yarimsharlar  chegarasida,  chunki 180-meridian kesib  o‘tgan.
 
4. Gollivud-Amerika Qo'shma Shtatlarining  g‘arbida, Los-Anjeles shahrining chekkasidagi kinostudiyalar shaharchasi AQSH kinosan’atining markazi

5.  Panama kanalida  shlyuzlar  va kameralar  bor,  kemani vagonchalar  tortib  sudraydi. Suvaysh  kanalida  shlyuzlar yo‘q,  kemalar bir tekis suzib yuradi. 

6. To‘rtta shaklning ikkitasi orol, ikkitasi ko`l — Balxash va  Baykal, Novaya  Zemlya va  Saxalin.
 
7.  Daniya bo‘g‘ozi (Datskiy proliv)  Daniya mamlakatining  o‘zidan qariyb  ikki  yarimming  kilometr  pastda, Grenlandiya  bilan  Islandiya oraligidadir. 

8.  Arabiston yarimorolining  o‘zidagi  cho`llar Nefud,  Rub  al-Xoliy deb  ataladi.  Arabiston choii  esa  MisrArab  respublikasi zaminida, Qizil dengizining g‘arbiy sohilida. 

9.  Boltiq dengizining  maydoni (386000 km.kv)  Baykal  ko`lining maydonidan  (32000  km.kv) 13  marta  katta, ammo  ancha  sayoz. Baykal  esa juda  chuqur, shu  sababli  suv hajmi  deyarli  baravar.

10.  Farhod qoyalari  va  Shirinsoy Sirdaryo  bo‘yida,  Bekobod shahri yaqinida. 

11.  Turkiya Respublikasi  Osiyo  va qisman Yevropada joylashgan. 

12.  Boltiq yarimoroli  beshta  dengiz bilan  o‘ralgan:  Adriatika, Ioniya,  Egey,  Marmar va Qora  dengiz. 

13.  0‘rta Osiyoda dengiz sathidan  pastroq bo`lgan  botiqlar  (xaritada minus belgisi  bilan ko‘rsatiladi)  —  Qorag‘iyo (—132  m),  Qoplonqir (-70  m),  Sariqamish(-45  m). 

14. Toshkentda yiliga ikki marta — 21-mart va 23-sentabrda, ya’ni butun yer sharida kun-tun teng vaqtida kunduzi bilan tun baravar bo`ladi. 

15.  Ekvatorda yil bo‘yi kun-tun bab-barobar — deyarli 12 soat kunduzi, 12 soat kechasi. Soat 6 da kun chiqadi,  kech 6  da  botadi. 

16.  Hamid Olimjonning  «O‘zbekiston» she’rida Amudaryo va Sirdaryo zar kokilga o‘xshatilgan. 

17.  Osiyo qit’asining  geografik  markazi Qizil shahrida  (Tuva AR). 

18.  Tuyaqush va pingvinlar  ucholmaydi. Tuyaqushlar Afrikada  (straus), Janubiy  Amerikada  (nandu) va  Avstraliyada  (emu) yashaydi.  Ularucholmasa ham  tez yuguradi.  Pingvinlar Antarktida qirg‘oqlarida bemalol  suzib yuradi. 

19.  Novaya Zemlya  orolini  Barens dengizi  (Yevropaga  qaraydi) va  Kara dengizi  (Osiyoga qaraydi)  o‘rab  turadi.

Manba:  “Qiziqarli geografiya” Vahob Asomovich  Rafiqov
«Sharq»  nashr iyoti-matbaa  aksiyadorlik kompaniyasi  
Bosh tahririyati  Toshkent-2010

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.