“Pasportdagi ‘bolalari’ degan joyni o`zim to`ldirsam bo`ladimi?” 

2 741

"Fuqarolik pasportining bo`sh varaqlarida "bolalari” degan band berilgan. Shu bo`sh jadvallarni o`zim to`ldirishim mumkinmi?”
— Prezidentimizning 1999 yil 26 fevraldagi "O`zbekiston Respublikasida pasport tizimini takomillashtirish to`g`risida”gi farmoni bilan tasdiqlangan yangi tahrirdagi "O`zbekiston Respublikasida pasport tizimi to`g`risida”gi nizomning 8-bandida belgilanishicha, O`zbekiston fuqarosi pasportiga balog`atga etmagan bolalar to`g`risidagi yozuvlar (ya`ni balog`atga etmagan bolalarning familiyasi, ismi, otasining ismi, tug`ilgan yili, kuni, oyi) Ichki ishlar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, shuningdek, O`zbekistonning xorijdagi diplomatiya vakolatxonasi yoki konsullik muassasalari tomonidan kiritiladi.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.