Pasportingiz rangi nimani anglatishini bilasizmi? 

4 976

Siz boshqa davlat fuqarolarining pasportlariga e’tibor berganmisiz? Balki aeroportda yoki mehmonxona qabulxonasida ko’rgan bo’lsangiz kerak. Pasport muqova ko’rinishlari katta farqga ega emas. Hayron bo’lishingiz mumkin, lekin butun dunyoda pasport muqovasining asosiy 4 xil rangi bor: qizil, ko’k, yashil va qora. Bu ranglarga yana qo’shimcha ranglari ham mavjud: to’q-qizil, vinoga oid, to’q-ko’k, ammo asosiy ranglar to’rta.
 
Har bir rang nimani anglatishini ko’rib chiqamiz:
Qizil rang. Qizil muqovali pasport kommunistik tuzumga ega davlatlarga tegishli. Hattoki bu davlatlarda kommunizm o’tmishda qolgan bo’lsa ham, ular ranglarni o’zgartirishmagan. Qizil muqovali pasportga ega davlatlar: Rossiya, Xitoy, Latviya, Serbiya, Sloveniya, Ruminiya, Polsha va Gruziya.
Qizil passport toifasiga ko’plab Shimoliy Evropa davlatlari ham kiradi. Lekin ularning rangi to’q qizil bo’ladi. Shu kabi rang Turkiya, Makedoniya va Albaniyada ham va And birlashgan millatlarda – Bolivia, Kolumbiya, Ekvador va Peru.

Ko’k rang. Ko’k muqovali pasportlar bilan amerikaliklar yurishadi. Ular pasport rangini 1976 yilda o’zgartirishgan. Oldin ularda ham yashil muqovali passport bo’lgan. Latin Amerika va Karib basseyni davlatlari ham ko’k pasportlarga ega. Braziliya, Argentina, Venesuela, Urugvay va Paragvay davlatlari ham ko’k muqovali pasport bilan yurishadi.
 
 
Yashil rang. Bu rang Muhammad Payg’ambarning sevimli rangi bo’lgan. Shu sabab ko’pincha musulmon davlatlari aynan yashil rangli pasportlarga egalar. Bu Marokko, Saudiya Arabistoni, Pokiston va boshqada ko’p davlatlar. Yashil muqovali pasportlarni bir nechta afrika davlatlarida ham uchratsa bo’ladi: Nigeriya, Burkina Faso, Nigeriya va Senegal.
 
Qora rang. Qora muqovali pasportlar boshqa pasportlarga o’xshab ko’p uchramaydi. Ular Chad, Kongo, Zambiya, Botsvana, Burundi, Gabona, Angola va Malavi davlatlari kiradi. Qora rang Yangi Zelandiya milliy rangi bo’lib hisoblanadi.
Endi Siz har bir pasport rangi nimani anglatishini bilib oldingiz. Agar keyingi safar sayohatga borganingizda pasport rangiga qarab yoningizda turgan inson qaysi davlat fuqarosi ekanligini bilib olishingiz mumkin.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.