Yuklanmoqda...

Pedagog xodimlar uchun namunaviy attestatsiya savollari. 2-variant


1. Xalq pedagogikasi nima?
2. O’quvchilarning iste’dod va qobiliyatlarining rivojlanishi nimaga bog`liq?
3. Tarbiya metodlari necha xil?
4. Davlat arboblaridan kim 15 asrda Mavoraunnahrda maktablar islohati o’tkazgan?
5. Turli tarixiy davrlardagi tarbiya, maktab va pedagogik nazariyalar taraqqiyotini pedagogikaning qaysi sohasi o’rganadi?
6. «Ikki toifa odam behuda ishlab, behuda harakat qilgan bo’ladi; biri mol-mulk yig`ib foydalanmagan, ikkinchisi ilm olib unga amal qilmagan»,  degan ibratli fikrlar muallifi kim?
7. Maktab direktorligiga tayinlash kim tomonidan amalga oshiriladi? 
8. Alisher Navoiyning qanday pedagogik asarlarini bilasiz?
9. «O’g`il bolalarni besh yoshdan 20 yoshgacha faqat uch narsaga: otda yurishga, kamondan otishga, to’g`rilikka o’rgatishgan... bolani besh yoshgacha otasiga ko’rsatmaganlar, u ayollar tarbiyasida bo’lgan...» ushbu parcha kimning qaysi asaridan olingan va kimlar haqida yozilgan?
10. Pedagogik nazorat me’yorlarining to’g`ri tasnifi..
11. Maxsus tuzilgan ta’limiy dasturlar bo’yicha AKT vositalarida o’qitish. O’rgatish qanday ta’lim metodi deyiladi? 
12. Fanning umumiy asoslarida pedagogik qayta ishlangan va fanning zamonaviy holatiga mos keluvchi bilimlar, mahorat, malakalar majmuasi: 
13. Ijtimoiy pedagogikada «me’yordan chetga chiqish, og`uvchi fe’l-atvor» degan ma’noni anglatuvchi so’z? 
14. Dars mashg`uloti nima? Dars jarayonidagi faoliyatga berilgan to’g`ri ta’rifini ayting!
15. O’zini-o’zi tarbiyalashda nimalardan foydalaniladi?
16. Amir Temurning O’rta Osiyo ilm-fani taraqqiyotiga qo’shgan hissasi aksari muallifi kim?
17. Tadrijiy iqtisodiy islohotlarga quyidagilardan qaysi biri xos?
A. barcha yirik sub’ektlarni davlat tasarrufidan darhol chiqazib, xususiylashtirish.
B. mulkning barcha shakllarini davlat tasarrufiga olish.
C. bosqichma-bosqich islohotlar o’tkazish  18. Senat majlisi bir yilda kamida... 
19. O’zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi qabul qilingan sanani ayting? 20. Oliy Majlisning "Inson huquqlari bo’yicha vakili (ombudsman) to’g`risida" gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni qachon qabul qilingan?    21. Afsonaviy Alpomish haykali O’zbekistonning qaysi shahrida qad ko’targan? 
22. O’zbekiston Respublikasi qonunlarining ijro nazoratini kim tashkil etadi? 
23. Huquqiy davlatning asosiy belgisini ayting? 24. Inson erkinligini qanday tushunasiz? 25. O’zbekiston Respublikasi  Konstitutsiyaning asosiy tamoyillarini ayting? 

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing! Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!

Sharhlar