Surtsey 

4 502

Dengiz ostidan otilib chiquvchi vulqonlar ham bo‘ladi, lekin bunday hodisa kam uchraydi. Dengiz ostidan otilib chiquvchi vulqonlardan suv o‘rtasida tanho orollar vujudga kelishi mumkin. 1963-yil 13-noyabrda Islandiya poytaxti Reykyavikdan 112 kilometr janubi sharqda suv betidan 130 metr chuqurlikda paydo bo‘lgan Surtsey shunday vulqonlardan biridir.

Vulqon otilishining dastlabki darakchisi oltingugurt hidining tarqalishi bo‘ldi. Keyin shu joydagi suvning harorati ko‘tarila boshladi. 14-noyabrda dengiz tubida 300-400 metrlik yoriq paydo bo‘ldi. Suvdan tutun chiqa boshladi. Tutun ustunining balandligi 100 metrdan 500 metrgacha, hatto 1000 metrgacha bordi. To‘satdan suv betida vulqon konusi - orol paydo bo‘ldi. Bu orolni islandiyaliklar Surtsey deb atadilar. Dastlabki kuni orol soat sayin kattalashib bordi. 15-noyabrda orolning suvdan chiqib turgan qismining balandligi 10 metrga, 16-noyabrda 40 metrga va uzunligi 550 metrga, 19-noyabrda balandligi 60 metrga, uzunligi 600 metrga yetdi.

Vulqon otilishi to‘xtagan paytlarda uning og‘zi (krateri) yemirilib, ichiga dengiz suvi to‘lar, otilish boshlanishi bilan yana krater paydo bo‘lardi.

28-dekabrda Surtseydan 2,5 kilometr shimoli sharqiy to­monda boshqa suvosti vulqoni otildi. 1964-yili 4-aprelda portlar to‘xtab, suv ustiga chiqib qolgan vulqon krateridan olov aralash kul otilib, lava chiqa boshladi. Lava kraterda qaynab-qaynab 50-100 metrcha balandga ko‘tarilib dengizga oqib tushardi. Suvga tushishi bilan qattiq jazillab parchalanib ketardi. Lava atrofidagi suv shiddat bilan qaynar, bug‘lar osmonga ko‘tarilar edi. Lava oqib chiqishi shu taxlitda bir yildan ortiq, 1965-yil may oyigacha davom etdi.

1965-yili 22-mayda yana yangi suvosti vulqoni otildi, uning otilishi oktabrgacha davom etdi. Natijada Surtseydan 600 metr sharqda maydoni 0,2 kvadrat kilometr, balandligi 70 metr keladigan yangi orol hosil bo‘ldi. Bu orol 24-oktabrga qolmay g‘oyib bo‘ldi - uni dengiz suvi yuvib ketdi. Shu yili 26-dekabrda Surtseydan 800 metr janubi g'arbiy tomonda yana suvosti vulqoni otilib, yangi orol vujudga keldi. Ko‘p o'tmay bu orol ham g‘oyib bo‘ldi.

1966-yil 19-avgustda Surtseyning dastlabki kraterida uzun­ligi 200 metr keladigan yoriq paydo bo‘lib, vulqon yana jonlandi. 1967-yil 1-yanvariga kelib lava chiqayotgan yoriqning uzunligi 400 metrga yetdi. Lava chiqishi susayayerdi. Surtsey oroli biroz kattalashib, chekkalari soviy boshlashi bilan uni «ziyorat qiluvchilar» ham topilib qoldi. Shuhratparastlardan, «orolni birinchi bo‘lib kashf etdi» degan nomni olishga intiluvchilardan birinchi bo‘lib «Pari match» nomli fransuz jumalining bir guruh jumalistlari hayotini xavf ostida qoldirib, tavakkal qilib orolga qadam qo‘ydilar... Ular sochlari kuyib, qimmatbaho foto va kinoapparatlarini tashlab, qochib qoldilar. Bir haftadan so‘ng orolga 7 ta islandiyalik «dovyurak» tashrif buyurdi; orolga tushayotganlarida ularning kemalari to‘ntarilib ketdi... Vulqon kullari ostidan arang chiqib olib, ular ham juftakni rostladilar. 1964-yilning oxirida butun vujudi bilan sarguzashtga berilgan bir fransuz yigiti Robinzon Kruzo jasoratini takrorlamoqchi bo‘lib, orolda qolmoqchi bo‘ldi. Uni oroldan arang olib ketishdi.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.