Tog'lar qanday paydo bo'lgan? 

17 069

Tog’larning ulkan salobatiga boqib, ular abadiy tursa kerak, deb o’ylab qolasan, kishi. Ammo ularni tadqiq qiladigan olimlar, geologlar, tog’lar ham o’zgarib turishini, abadiy emasligini isbot qilib berishi mumkin. Yer yuzasida ro’y bergan ma'lum bir o’zgarishlar nurab, evrilib boruvchi tog’larni yaratdi. Suvning muzlashi tog’ yonbag’irlarini nuratadi, yomg’ir va suv oqimlari qoyalardagi tuproqni yuvib ketadi. 

Tog’larning ulkan salobatiga boqib, ular abadiy tursa kerak, deb o’ylab qolasan, kishi. Ammo ularni tadqiq qiladigan olimlar, geologlar, tog’lar ham o’zgarib turishini, abadiy emasligini isbot qilib berishi mumkin.

Yer yuzasida ro’y bergan ma'lum bir o’zgarishlar nurab, evrilib boruvchi tog’larni yaratdi. Suvning muzlashi tog’ yonbag’irlarini nuratadi, yomg’ir va suv oqimlari qoyalardagi tuproqni yuvib ketadi.  Vaqt o’tishi bilan eng baland cho’qqilar ham tepalik va tekisliklarga aylanib qoladi.

Geologlar tog’larni paydo bo’lishiga qarab, turt turga bo’lishadi. Shu bilan birgalikda, tog’lar bundan bir necha million yillar avval Yer yuzasida ro’y bergan keskin o’zgarishlar natijasida hosil bo’lgan.

«Burma» tog’lar kuchli bosim ta'sirida qisilib, ulkan burmalar hosil qilgan tog’ jinsi qatlamlaridan iborat. Ko’p joylarda ravoq yoki botiq linzalarga o’xshab, egilib ketgan tog’ jinsi qatlamlarini ko’rish mumkin. Bu Yer yuzasi bosimi va siquvining natijasidir. Bunga Appalachi va Alp tog’lari misol bo’la oladi.

Gumbazsimon tog’larda tog’ jinslari yuqoriga gumbazlar shaklida ko’tarilgan bo’ladi. Katta bosim ostida Yer yuzasiga otilib chiqqan suyuq lava bunday tog’ jinsi qatlamlarini hosil qilgan. Bunga AQShning Janubiy Dakota shtatidagi tog’lar misol bo’la oladi.

O’rkach-o’rkach tog’lar Yer qobig’ining sinib o’pirilishi natijasida hosil bo’lgan. Yer qobig’ining keng ko’lamli maydonlari, butun boshli tog’ tizmalari qisqa vaqt mobaynida ko’tarilib tushib turgan. Bunga bo’yi 740 km, eni 150 km bo’lgan Syerra Nevada tog’ tizmasini misol qilib keltirish mumkin. U AQShning Kaliforniya shtatida joylashgan.

Vulqon tog’lari Yer yuzasiga otilib chiqqan lava, vulqon kuli va toshqollardan tarkib topadi. Odatda, vulqonlar tepasida krateri bor konus shaklida bo’ladi. AQShdagi Reyner, Shasta va Xud, Yaponiyadagi Fudziyama, Italiyadagi Vezuviy vulqonlari mashhur.

Ko’pgina tog’ tizmalari qayd etilgan usullarning birikishi natijasida hosil bo’lgan. AQShning Rokiz tog’larida qisilish, sinish va hatto lava eroziyasi natijasida hosil bo’lgan tog’ tarmoqlarini kuzatish mumkin.
 
DUNYODAGI ENG BALAND TOG’LAR QAYSI?
  Avvalo, tog’larning o’zi nima? Tog’lar — quruqlikning tekisliklar ustidan baland ko’tarilgan qismidir. Tog’larning o’lchami ham, yuzasi ham o’zaro farq qiladi. Ayrim ulkan tog’larning balandligi bir necha kilometrga yetadi. Boshqalari esa past va tekisdir. Ularning balandligi o’zini qurshab turgan tekisliklardan hisoblaganda, 300 metrga yetishi mumkin.

  Ayrim tog’lar alohida qad rostlab turuvchi cho’qqilardan iborat. Ammo ular ko’pincha zanjirday bir-biriga ulanib ketadi. Ayrim tog’ tizmalarining yuzlab, hatto, minglab cho’qqilari bor.

  Tog’lar faqat quruqlikda emas, dengizlarda ham paydo bo’lishi mumkin. Aslida, Yerdagi eng katta tog’lar okeanlar tubida joylashgan. Agar tog’larning balandligini o’lchashda ularning suv usti va suv ostidagi qismlari ham hisobga olinsa, eng baland tog’ Gavay orollaridagi Mauna Kea bo’lib chiqadi. Uning dengiz sathidan balandligi 4 205 metr, suv ostiga esa yana 4 877 metri yashiringan. Umumiy balandlik esa 9 100 metrdan oshadi va u dunyodagi eng baland tog’dir.

  Yer ustidagi eng baland tog’ Everestdir. U Xitoy va Nepal o’rtasida joylashgan. Uning balandligi — 8 848  metr. Ikkinchi o’rinda K2 yoki Kashmirdagi Kodvin Austen cho’qqisi turadi. Uning balandligi — 8 611 metr. Shimoliy Amerikadagi eng baland tog’ Makkinlidir (6 194 metr). Yevropadagi eng baland tog’ Elbrusdir (5 633 metr). Afrikadagi eng baland tog’ — Kilimanjaro (5 963 metr). Janubiy Amerikadagi eng baland tog’ Akonkagua (6 969 metr) Argentina va Chili chegarasida joylashgan. Avstraliyadagi eng baland tog’ esa — Kossyushko (2 226 metr).

ENG UZUN TOG’ TIZMASI QAYSI?
 Shimoliy Amerikaning g’arbiy sohillari Bo’ylab cho’zilib ketgan Qoyali tog’lar eng uzun tog’ tizmasi hisoblanadi. Uning Janubiy Amerikadagi davomi And deb ataladi. And tog’lari Janubiy Amerikaning garbiy yonbag’irlari buylab 7 000 km.ga, ya'ni qit'aning boshidan-oxirigacha cho’zilib ketgan. Ispanlar uning shimoliy qismini bejiz Kordilyeri (aynan tarjimasi — «arqon») deb atashmagan.

 Ushbu tog’ tizimida bir nechta 6 000 metrdan oshiq cho’qqilar bor. Chili bilan Argentina o’rtasidagi chegarada joylashgan Akonkagua tog’ining balandligi 6 969 metrga yetadi. Akonkagua qit'aning eng baland nuqtasi hisoblanadi.

 Andning ko’pgina cho’qqilari faol vulqonlardir. And tog’lari o’zining mis, oltin, kumush siyagari boy tabiiy qazilmalari bilan ham mashhur.
 Qadim zamonlarda hindular tog’dan qimmat baho metallarni qazib olishgan. Dunyoning ko’pgina muzeylarida ulardan tayyorlangan bezaklar, taqinchoqlar saqlanadi.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.