Yer qa`rida ulkan «suv fabrikasi» aniqlandi. 

3 522

Irlandiya, Kanada va Xitoy geofiziklari Yer qa`ridagi suvlar kimyoviy reaksiya tufayli paydo bo'lganini namoyish qilishdi. Suv avval o'ylanganidek, asteroid yoki meteroit kabi osmon jismlari tomonidan olib kelinmagan. Ushbu tadqiqotga doir maqola Earth and Planetary Science Letters jurnalida chop etilgan. 

Olimlar Yer qa`riga mos keladigan sun`iy sharoitni modellashtirishdi. Xususan, unda harorat Tselsiy bo'yicha 1,4 ming darajaga, bosim esa Yer yuzidagidan 20 ming martaga ko'proq bo'lgan raqamga yetkazildi. Bunday sharoitda mantiya tarkibidagi kremniy ikki oksidi vodorod bilan kimyoviy reaksiyaga kirishadi va buning natijasida suv va kremniy gidridi hosil bo'ladi. 

Geofiziklarning aniqlik kiritishlaricha, bunday kimyoviy reaksiya Yer sathidan 40-400 km chuqurlikda ro'y berishi mumkin. Bu esa, mineral tuproqlar chegarasida suv to'planishiga hamda bosimni 200 ming atmosferagacha ko'tarilishiga olib keladi. Suyuqlikning tuproqdan chiqishi, o'z navbatida, chuqur zilzilalarga sabab bo'ladi. 

Olimlar kelgusida mazkur jarayon mantiyaning barcha qobig'iga xosmi yoki ma`lum bir qismida paydo bo'ladimi?, degan savolga javob topishni rejalashtirishgan. 

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.