Yer yadrosida temir oqimi paydo bo'ldi. 

3 437

Buyuk Britaniya va Daniya geofiziklari Yer yadrosining ichki qismida temir oqimi paydo bo'lganini aniqlashdi. Ushbu tadqiqotga bag'ishlangan maqola Nature Geoscience jurnalida chop etilgan.            

Temir oqimi Yerning Shimoliy qutbi ostida joylashgan suyuq tashqi yadrosi ichida hosil bo'lgan. Uning kengligi ayni vaqtda 420 kmni tashkil etadi. Oqim bunday katta o'lchamga yetishining sababi 2000 yillardan boshlab yiliga taxminan 40 kmga kengayganidir. 

Geofiziklar taxmin qilishlaricha, ular kashf qilgan temir oqimi Yer magnit maydonini hosil qiluvchi ob`yektlardan biridir. Olimlar o'z kuzatuvlarini Swarm missiyasi yordamida amalga oshirgan. Swarm missiyasi Yevropa kosmik agentligining sayyoramiz magnit qobig'ini o'rganuvchi uchta sun`iy yo'ldoshidan tashkil topgan majmuasidir. 

Yer yadrosining radiusi 3,5 ming kilometrni tashkil etib, mantiya ostida, Yer sathidan 2,9 ming km chuqurlikda joylashgan. U qalinligi 2,2 ming kilometrni tashkil etuvchi suyuq tashqi qatlam va radiusi 1,2 ming kmga teng qattiq ichki yadroga ega.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.