Odamlarning ko`z o`ngida ko`tarilgan vulqon 

6 528

  Ayrim vulkanlar odamlarning ko`z o`ngida sodir bo`ladi. Parikutin vulkani shunday vujudga kelgan. 1943-yil 13-fevralda Meksikaning janubidagi kichik qishloq aholisi kuchsiz, ammo tez-tez takrorlanib turgan yer osti zarbalarini sezgan. 20-fevralda makkajo`xori ekilgan dala o`rtasidan uzunligi 20 metrdan ortiqroq yoriq paydo bo`ldi. Undan qora tutun ko`tarilib, bir necha kundan so`ng kuchli portlash ro`y berdi, alanga paydo bo`ldi, yoriqdan kul, toshlar otilib chiqa boshladi. 2 soatdan so`ng balandligi 2 metrga yetadigan marza vujudga keldi. Keyingi kunlarda bu marza o`sa boshladi, besh kundan so`ng uning balandligi 160 metr bo`ldi. 1946-yilga kelib uning balandligi 518 metrga, 1952-yilda esa 2800 metrga yetgan.


Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.