Zilzila oqibatlari 

6 130

Messina zilzilasi.
1908-yil 28-dekabr. Sitsiliya orolining shimoli sharqiy qismidagi Messina shahri chuqur uyquda. Erta tongda shahar xalqi qattiq zilziladan uyg‘ondi... Bir necha minut ichida dahshatli zilzila Messina shahrini va uning atrofi­ni vayronaga aylantirdi... Zilzila natijasida dengizda paydo bo‘lgan bahaybat to‘lqin zilziladan nimaiki omon qolgan bo‘lsa, barchasini xarob qildi. Sohilning bir qismi dengizga cho‘kib ketdi. Zilzila ketidan ko‘p joylarda yong‘in chiqib, xarobalami ular tagida qolib ingrashayotgan odamlar bilan birga kuydirib yubordi.

Zilzila vaqtida imorat bosib qolganlarni kovlab olish va ularga yordam berishda ishtirok etgan bir kishi shunday hikoya qiladi: «28-dekabr ertalab soat 5 dan 25 minut o‘tganda katta rus paroxodi Messina bo‘g‘oziga yaqinlashib keldi. Birdaniga paroxod titrab, chayqala boshladi. Bir necha lahza shunday davom etdi. Paroxoddagilar buning sababini tushuna olmadilar. Bo‘g‘ozga kirgach, paroxod to‘xtashga majbur bo‘ldi. Chunki nariroq borishning iloji yo‘q edi: bo‘g‘ozning hamma tomoni yemirilgan; to‘ntarilgan bochkalar, qayiqlar, yog‘och-taxta, mebellar yo‘lni to‘sib qo‘ygan, ular orasida ahyon-ahyonda odamlar ham ko‘rinib qolar, ular yordam so‘rab baqirar va yolvorib iltijo qilardi. Messina tepasidan buralib-buralib osmonga ko‘tarilayotgan alanga tong qorong‘iligida uzoqdan ko‘rinardi.
 
Men paroxod matroslari bilan qayiqda Messinaga yetib kelganimda tong yorishgan edi. Shaharda bor-yo‘g‘i 30 tacha uy qolgan, ular ham yemirilib, yaroqsiz holga kelgan. Ba’zi joy­larda ko‘p qavatli binolarning faqat bitta-yarimta devori qaqqayib qolgan, xolos.

Xarobalar orasidan yurib borar ekanmiz, ilgari qayerda ko‘cha bo‘lganligini ham bilolmasdik. Xullas, ko‘chalar ham yo‘q, uylar ham yo‘q, Messina ham yo‘q!!!

Har tomondan ingragan ovozlar kelardi... Yomg‘ir yog‘ib turibdi. Messina o‘lim talvasasida. Yong‘in o‘chayotgan joylar­da baqirgan ovozlar ham, ingrash ham eshitilmasdi... Ingrash va baqirish ovozi kuchayayotgan tomonga qarasak, yemirilgan bino ichidagi kattakon tosh devor bo‘lagi yonida yarim yalang‘och kishilar bir zontik ostida g‘uj bo‘lib o‘tirishibdi. Bu ota-ona va ikki bola — bir oila ekan. «Biz bilan yuringlar, sizlarga kiyim-bosh va ovqat beramiz», degan taklifimizga ona: «Ikkala bolamni bosib qolgan bu uyni tashlab hech qayoqqa ketmaymiz, shu yerda o‘lganimiz ma’qul», deb javob berdi. Onaning ko‘zi ma’nosiz boqar, qayoqqadir tikilar edi. Yarim yalang‘och ota o‘rnidan irg‘ib turdi-da, g‘ayritabiiy ovoz bi­lan baqirdi: «Qo‘yaber, hamma o‘laversin. Bu yerda mening ikki o‘g‘lim jon berib yotibdi». Biz ularning bolalarini kovlab olishga uringan edik, ota bor kuchi bilan biz tomon tosh otdi, u aqldan ozgan ekan... Musibat ularni shu alfozga solib qo‘yibdi.

Yomg‘ir sekinlashdi. Ingrash ovozlari eshitilayotgan xarobaga kelib, sochilib yotgan og‘ir toshlarni chetga olib tashlay boshladik. Uch soatlik mashaqqatdan so‘ng ikki erkak va bir qizni qutqarib oldik. Ulaming qo‘l-oyoqlari sinibdi. Juda ehtiyotkorlik bilan ularni qayig‘imizga olib bordik.

Xarobalar ostidan kishilarni kovlab olish kechgacha davom etdi. Birinchi kuni matroslar mingga yaqin kishini kovlab oldi. 0‘liklami ko‘mib ulgurib bo‘lmasdi. Biz kovlab olingan murdalarni bir joyga olib borib qo‘yib, vayronalar tagidan tirik kishilarni qutqarishga shoshilar edik. Odamlarga yordam berish o‘rniga qandaydir kishilar vayronalar ichida izg‘ib yurib, qim- matbaho buyum va pul axtarib hammayoqni titishar, murda- larning va turolmay yotgan majruhlamiig yonlarini kovlashar edi.

Ertasi kuni kunduzi shamol turdi. Dengiz to‘lqinlari suvdagi murdalarni qirg‘oqqa uloqtirardi. Qutqarish ishlari davom ettirildi. Majruhlarni paroxodga tashuvchi askarlarning keti uzilmas edi.

To‘satdan bir xaroba ostidan: «Meni kovlab olinglar. Bu yerda anchadan buyon yotibman. 0‘lib qolaman. Tezroq kov­lab olinglar», degan bola ovozi eshitilib qoldi. Tezda bolani kovlab oldik. U joyidan irg‘ib turdi-da, u yoq-bu yog'ini qoqib bo‘lgach, ovqat so‘radi va ho‘ngrab yig‘lay boshladi. Uning hech bir joyi shikastlanmagan: u bir uchi devorga taqalib qolgan taxta tagida bo‘sh joyga to‘g‘ri kelibdi. Bolani paroxodga olib ketdik. Shu kunlari qutqarilgan bir necha ming kishi Italiyaning turli shaharlariga olib ketildi.

Xarobalar tagida qolganlami qutqarish ishi davom ettirilayotgandi. Bir xaroba tagidan go‘yo bolalar talashayotgandek ovozlar eshitildi; darhol shu joyni kovlay boshladik. Kovlayotib to‘ntarilib yotgan shkafga duch keldik... Darhaqiqat, bolalarning ovozi shu shkaf ichidan kelayotgan ekan. Shkafni ochsak, ichida uch va besh yashar — ikkita o‘g‘il bola bilan olti yashar qizchaning oxirgi bir apelsinni talashayotgani ma’lum bo‘ldi. Ularning birontasi ham jarohatlanmabdi.

Messina zilzilasi benihoya ko‘p kishi halok bo‘lgan, beqiyos katta talafot keltirgan dahshatli zilzilalardan biridir. Bu zilzila vaqtida 160 ming kishi halok bo‘lgan.

Chili zilzilasi. 1960-yil 21-may ertalab Chilining Santyago shahridan janubda kuchli zilzila bo‘lib, binolar quladi, yer- lar yorilib ketdi, aloqa simlari uzildi, juda katta yong‘inlar chiqdi.

21-mayda zilzila Chilining butun janubiy viloyatlariga tarqaldi. 25-mayda zilzilaning kuchi 12 ballga yetdi. Zilzila dastidan 100000 kvadrat kilometr joy vayron bo‘ldi. 35 ta shahar va yuzlab aholi punktlari xarobaga aylandi. 150 ming uyni tog‘ yemirilib bosib qoldi, 10 mingdan ortiq kishi halok bo‘ldi, 2000000 odam boshpanasiz qoldi.

Zilzila natijasida relyef o‘zgardi, yangi tog‘, yangi daryo, yangi ko‘l, yangi orol va yarimorollar vujudga keldi, eskilari g‘oyib bo‘ldi. Chili janubida yangi vulqon otila boshladi. Portlash natijasida eni 5 kilometr, bo‘yi 45 kilometr keladigan joy 200 metr chuqurlikka o‘pirilib tushdi, dengiz tubi relyefi o‘zgardi, kuchli sunami vujudga kelib, katta talafot yetkazdi.

Peru zilzilasi. 1970-yil 31-mayda Peruda kuchli zilzila ro‘y berdi. Zilzila bir necha kun takrorlanib, juda ko‘p shahar va qishloqlami xarobaga aylantirdi, 40000 kishining yostig‘ini quritdi, 600000 kishi boshpanasiz qoldi. Peruda qurbon va talafotlar ko‘pligidan bir haftalik motam e’lon qilindi.

Nikaragua zilzilasi.
1973-yil arafasida Nikaraguada kuchli zilzila bo‘ldi. Nikaragua poytaxti Managua bir necha minut ichida lovullab yonayotgan xarobaga aylandi. Zilzila oqibatida 10000 kishi halok bo‘ldi, mamlakatga 772 million dollarlik zarar yetdi, 70000 uy-joy binosidan 60000 tasi yakson bo‘ldi. Bu zilzila barhayot avlodlar tarixidagi eng katta ofat hisoblanadi.

Ko‘hna makonimiz — Yerning hali ochilmagan sir-asrori juda ko‘p. Atmosferada, okeanlarda va o‘simlik, hayvonot olamida inson uchun jumboq qonuniyatlar son-sanoqsiz. Jumladan, Yer sayyorasi paydo bo‘lganiga 4 milliard 600 mil­lion yildan oshdi. Ammo Yer qadim zamonlarda qanday holat­da edi?

Qutblar ham o‘z joyida turmayapti. Demak, shaharlaming geografik kenglik va uzunliklari (koordinatalari) ham o‘zgarib borayapti...

Kaspiy dengizining sathi pasaygan...
Jomolungma cho‘qqisi asta-sekin bo‘y cho‘zmoqda...
Bundan 30 yilcha muqaddam xaritalarda Etna vulqonining (0‘rtayer dengizidagi Sitsiliya orolida) balandligi 3263 metr deb ko‘rsatilar edi. Vulqon 1961-yilda 3399 metr bo‘lib qoldi. 1975-yilda 3500 metrga yetdi. Demak, vulqon har yili sakkiz metrdan o‘smoqda.

0‘rta Osiyo tog‘larining o‘mida bundan 60 million yil muqaddam kattagina dengiz bo‘lgan ekan. Tog‘lar qad ko‘tara boshlagan-u, janubdan esgan musson shamollarining yo‘li to‘silgan. Dengiz chekingan, nam iliq iqlim asta-sekin quruqlashgan. Tropik o‘rmonlar va o‘tloqlar o‘rnida cho‘l hamda dashtlar paydo bo‘lgan...

Yerning sun’iy yo‘ldoshlari olib borgan tekshirishlar nati­jasida geologik tarixga doir yangiliklar aniqlandi: bundan 250 million yilcha muqaddam Atlantika okeani hosil bo‘lib, Yevropa-Afrikadan Amerika qit’asi ajralgan.

Shu qit’alar har yili bir-biridan ikki santimetrdan uzoqlashib ketmoqda.
Qit’alaming boshqa tomonlari ham tobora siljimoqda... Arabiston yarimoroli bilan Afrika qirg‘oqlari, Osiyo bilan Avstraliya oralig‘idagi masofa kengayib bormoqda... Bulami bilib yetgunga qadar odamlar har xil xayolga borishdi, turlicha izohlab ko‘rishadi, taxmin va farazlar qilishadi, munozaralar qizib ketadi.

Materiklar ko‘chmanchimi? Yer sharidagi yaxlit quruqliklar materik deyiladi. Bir guruh olimlar Yerdagi materiklar azaldan shu holatda, ayrim-ayrim paydo bo‘lgan, faqat bir balandlashib, bir cho‘kib, goh suv bosib, goh ko‘tarilib turadi, deb faraz qilishadi. Buni fanda fiksizm farazi deb ataladi.

Ko‘pchilik olimlar esa, aksincha, materiklar doimo harakatda, siljib, ko‘chib turadi, deb faraz qiladilar. Bulami mobilizm tarafdorlari deymiz. Isboti tariqasida Yevropa-Afrika materiklarining g‘arbiy qirg‘oqlari Amerikaning sharqiy qirg‘oqlariga mos kelishini aytishadi.

Hindistonda nodir molluskalarning ikki turini ko‘l ichidan topishgan. Xuddi shu xil molluskalar Tanganka ko‘lidagina ma’lum edi. Bu misol ham Hindiston va Afrikaning tutash bo‘lganidan dalolat beradi. Shuningdek, bir turdagi hayvonlaming suyaklari Yevropada ham, Shimoliy Amerikada ham topilgan...

Ayrim olimlaming farazicha, janubiy materiklar — Afrika, Hindiston, Janubiy Amerika, Antarktida va Avstraliya bundan 250 million yil muqaddam bitta yaxlit quruqlik boigan. Uni shartli ravishda Gondvana deb atashadi ham. Bu guruhdagi olimlar materiklarda bir xil qazilma o‘simliklar va hayvonlar topilganligiga asoslanmoqdalar.

Antarktida materigi dastlab ekvator yaqinida bo‘lgan-u, yiliga bir necha qarichdan siljib, hozirgi joyiga yetib kelgan, deb taxmin qilinadi...

Yer yadrosi qayerda?
Vengriyalik akademik D’yord Barta ko‘p yillar mobaynida sun’iy yo‘ldoshlarning Yer tevaragida aylanish yo‘lini kuzatib, fandagi mavjud nazariyaga zid bir farazni olg‘a surmoqda. Uning farazicha, Yeming yadrosi qoq markazda bo‘lmagan, balki Avstraliya tomonga 450 kilometr surilgan. Yadro doimo u yoq-bu yoqqa, ko‘pincha g‘arb tomonga siljib turadi. Buning natijasida tog‘lar koiariladi, Yer yuzining relyefi o‘zgarib turadi. Demak, boiajak o‘zgarishlami ham oldindan aytish mumkin...

Atlantida qayerdaligini bilasizmi? Qadimgi grek olimi Aflotun (Platon) allaqanday afsonaviy Atlantida mamlakati to‘g‘risida rivoyat qilgan. Dengiz hokimi Poseydonning kat­ta o‘gli Atlant ismi bilan atalgan orol shu mamlakatning o‘rtasida boigan emish. Go‘yo uning madaniyati yuksak, zamini mahsuldor va aholisi bahodir (atlant) bolgan-u, biroq qo‘qqisdan qattiq zilzila yuz berib, orolni okean yutib yubor­gan emish.

Aflotundan keyin ikki yarim ming yil olibdiki, Atlantida qayerda boigan, g‘oyib bolishining siri nimada, ehtimol, umuman yo'qdir, degan savollar jumboqligicha qolib kelyapti.

Tarixnavis, arxeolog va geograf olimlar, yozuvchilar va juda ko‘plab ishqibozlar Atlantidaning o‘rnini taxmin qilib ko‘rdilar. Orol o‘rni Afrikaning g‘arbida, Markaziy Amerikada, hatto Eronda, Kavkazda, Mongoliyada boigan deb taxmin qilishdi.

Eng so‘nggi tekshirishlarga ko‘ra Atlantida oroli Gretsiyaning janubidagi Krit oroli yaqinida dengiz tubiga cho‘kkan bo‘lsa kerak. Undan faqat Santorin vulqonigina ko‘rinib tura­di. Geolog va arxeologlaming qazishlari va topilmalar shu atrofda haqiqatan ham halokatli zilzila ro‘y berganini isbotlamoqda...

2050-yilda yer yuzi aholi soni 9 milliard kishiga yetadi, deb taxmin qilinmoqda.

Amerikalik fantast yozuvchi Ayzek Azimov vahimali hisob-kitob qildi: 3500-yilga borib yer yuzida aholi shu darajada ko‘payadiki, o‘shanda odamlarning og'irligi Yerning og'irligiga tenglasharmish...

Yaponiya hududining 80 foiz maydoni o‘nqir-cho‘nqir, tog‘lik va vulqon tepaliklaridan iborat. Pastak va tekis yerlar juda kam. Hozir yaponlar o‘z yer maydonlarini ikki marta kengaytirishni mo‘ljallashmoqda. Tog‘larni ag‘darib, dengizning sayoz joylariga surib tushirilsa, yangi yarimorollar paydo bo‘lar emish. U yerlarda turar joylar, zavodlar qursa bo‘ladi, sholi va sabzavotlar yetishtirsa bo‘ladi. Mo‘ljal amalga oshsa, 100-150 yil mobaynida Yaponiya tep-tekis mamlakatga aylanib ketadi. Albatta, hamma toglar tekislansa ham, baribir, ularning muqaddas tog‘i Fudziyama qo‘riqxonaday saqlansa kerak...

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.