Rekreatsiya xizmati 

15 517

 Xizmat ko`rsatish sohalari orasida rekreatsiya xizmati so`nggi yillarda keng rivojlanmoqda. Rekreatsiya (sayohat, hordiq chiqarish, sanatoriya-kurort) xizmati mehnat qilish jarayonida sarflangan kuch, energiyani tiklashda muhim omil hisoblanadi.
Rekreatsiya xizmatini rivojlanishi uchun zarur bo`lgan omillar:
- kundalik ehtiyojlaridan orttirgan mablag`;
- rekreatsiya resurslari;
- rekreatsiya xo`jaligi bo`lishi;
 Rekreatsiya resurslari ikki xil, ya`ni tabiiy rekreatsiya hamda madaniy-tarixiy rekreatsiyaga bo`linadi. Tabiiy rekreatsiya resurslariga tabiiy sharoit va tabiiy boyliklari zaminida vujudga kelgan sharsharalar, g`orlar, buloqlar, so`lim tog` yonbag`irlari kiradi. Tabiiy muhiti keskin o`zgargan, tig`iz infrastruktura sharoitida aholining tabiat qo`ynida, maxsus dam olish maskanlarida hordiq chiqarishga ehtiyoji kuchaymoqda. Issiq avjiga chiqqan yoz oylarida tekisliklarda yashovchi aholi tog` maskanlariga oshiqadi. 
  Tog`larimiz mo`tadil havosi, g`aroyib o`simlik va hayvonot dunyosi hamda shifobaxsh buloqlari bilan tabiiy-rekratsion rayon sifatida xorijliklarni ham maftun etmoqda.
 Tog`larning tabiati shifobaxsh va maftunkor joylarida davolash va dam olish maskanlari mavjud. Toshkent viloyatidagi «Chimyon», Farg'ona vodiysidagi «Shohimardon», «Nanay», «Quvasoy» dam olish zonalari va Namangan viloyatidagi «Chortoq», Buxoro viloyatidagi «Sitorai Mohi Xosa», Qashqadaryo viloyatidagi «Miroqi» kabi davolanish maskanlari chet ellarda ham mashhur. O`z navbatida qadimgi shaharlar, maqbaralar, qal`alar, me`morchilik binolari, muzeylar mamlakatimiz madaniy merosini tashkil etmoqda. 
 Fusunkorligi hamda salobati bilan millionlab kishilarni lol qoldirayotgan tarixiy obidalarimiz xorijiy sayohatchilarni yurtimiz sari chorlamoqda. Ana shunday tarixiy-madaniy obyektlar zaminida vujudga kelgan rayonlar, asosan, Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz, oshkent, Qo`qon kabi shaharlarda joylashgan. Afsus, ajdodlarimiz bunnyod etgan 36 ming tarixiy obidadan 7 mingtasigina saqlangan. Qolganlari mustamlakachilar tomonidan turli yo`llar bilan vayron etilgan. Endilikda ular katta mablag` va mehnat sarflab bo`lsa-da, ta`mirlanmoqda. Ayni vaqtda sayyohlarga xizmat ko`rsatish bo`yicha xorijiy tillarni hamda tarix va geografiyani puxta biladigan mutaxassislar tayyorlanmoqda. Zero, mamlakatimiz bo`ylab sayohat qiluvchilarning soni yildan yilga oshib bormoqda.
 Rekreatsiya xo`jaligi tarkibiga mehmonxonalar, dam olish uylari va bazalari, sanatoriyalar, turbazalar, turistik transport va boshqalar kiradi. 

plus  Использованные источники:

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.