O`zbekistonning tabiiy sharoiti va tabiiy boyliklari 

67 411

  O‘zbekiston yerusti tuzilishi betakrordir. Shunga monand tabiati ham, boyliklari ham xilma-xil.  Qulay tabiiy sharoit ishlab chiqarish samaradorligining muhim tabiiy omilidir.
Tabiiy sharoit, ayniqsa, qishloq xo jaligi, foydali qazilmalar qazib chiqarish va transport harakatida yaqqol bilinadi. Tog‘ relyefi, sho‘rxoklar, cho‘llar, taqirlar, jarliklar hududni xo‘jalik jihatdan o‘zlashtirishni qiyinlashtiradi. Qurg‘oqchil yillarda daryo suvlari kamayib, ekinlami suv bilan ta’minlash og‘ir kechadi. Lekin fan-texnika taraqqiyoti tufayli ishlab chiqarishning tabiiy sharoitga bog‘liqligi yengib kelinmoqda. Ayni vaqtda insonning tabiatga ta’siri kuchayib, salbiy oqibatlarga ham olib kelmoqda.
  Tabiiy boyliklar tabiiy sharoitdan farq qilib, ishlab chiqarishga bevosita aloqador, ya’ni uning xomashyo va energetika bazasini tashkil etadi.
  Eng muhim tabiiy boyliklardan biri — bu yerosti boyliklari (mineral va yoqilg‘ilar). Ulardan sanoatda, maishiy ehtiyojlarda keng miqyosda foydalaniladi.
  O‘zbekiston katta yerosti boyliklariga ega bo‘lgan mamlakatdir. Ammo mamlakat iqtisodiyotining xomashyoga va yoqilg‘iga bo‘lgan ehtiyoji to‘xtovsiz ortib bormoqda. Hozirda tabiiy boyliklaming yarmiga yaqinidan foydalanilmoqda. Shunday bo‘lsa-da, tabiiy boyliklar zaxirasidan tejab foydalanishimiz zarur. Chunki yerosti boyliklari tugaydigan va tiklanmaydigan boylikdir.
   Tiklanmaydigan boyliklardan oqilona foydalanishning asosiy shartlari:
  • konlardan qazilmalami to‘liq qazib olish;
  • atrof-muhitning buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik;
  • barcha qimmatli moddalardan majmuali-mukammal foydalanish;
  • geologik qidiruv ishlarini tadrijiy davom ettirish;
  • mahsulot birligiga sarf bo‘ladigan xomashyo va yoqilg‘ini tejaydigan texnika va texnologiyani qo‘llash.
 Tiklanmaydigan boyliklardan oqilona foydalanish kerak. Toki kelajak avlod ham bu boyliklardan bahramand bo‘lsin.
  Eng muhim tabiiy boyliklardan yana biri — suv. Qishloq xo‘jaligida ko‘p miqdorda suv sarflanadi. Sanoat korxonalari uchun ham ko‘p suv talab qilinadi. Korxonalar eng katta shaharlar aholisi iste’mol qiladigan suvdan ko‘proq suvni «ichib» qo‘ymoqda. Suv — tiklanadigan tabiiy boylikdir.
  Qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan unumdor tuproq (yer), aholi ehtiyoji uchun zarur o‘simlik va hayvonot dunyosi (baliq, yovvoyi hayvonlar), inson hayoti uchun zarur bo‘lgan havo ham tugaydigan va tiklanadigan tabiiy boylikka mansubdir. Toshkent, Farg‘ona, Navoiy kabi shaharlar, ayrim sanoat rayonlari hududida havo tarkibidagi kislorod aholi ehtiyojini qondira olmayapti. Holbuki, kislorod manbayi boigan o‘simliklar o‘nlab yillarda tiklanadi. Unumdor tuproq esa undan ham sekin tiklanadi.
  O‘lkamiz hududi qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirish uchun qulay iqlim sharoitiga ega. Bu agroiqlim boyligi tugamaydigan tabiiy boylikdir.
 Mamlakatimiz hududi bitmas-tuganmas quyosh energiyasi boyligiga ega. Quyosh energiyasi tugamaydigan tabiiy boylikdir. Quyoshdan kelayotgan issiqlikni elektr energiyaga aylantirish istiqbollari juda kattadir.

plus  Использованные источники:

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.