Milliy iqtisodiyot tarmoqlari geografiyasining umumiy masalalari
Sanoat, qishloq xo‘jaligi va
transport tarmoqlarini hududiy joylashuviga bir qator omillar ta`sir e`tadi.
Shulardan eng muhimi fan-texnika kashfiyotlaridir: energiya va xomashyoning
yangi turlari, yangi texnologik jarayonlar, yangi transport vositalaridan
foydalanish orqasidan ishlab chiqarishni joylashtirish tamoyillari ham
takomillashadi. Ko`rxonalar xomashyo, yoqilg`i, energetika, suv va hatto,
ishchi kuchi (inson omili)dan foydalanishi bo`yicha ko`p xomashyo, ko`p
energiya talab, ko`p suv va ko`p mehnattalab sifatlarda guruhlanadi. Ularning
har biriga xos tayanch korxona doirasida o`nlab mayda korxonalar ishlab
chiqarish bo`yicha aloqador bo`ladi. Buni ishlab chiqarishning kombinat shaklideyiladi. Muayyan mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashgan zavodlar o`zaro
hamkorlikda faoliyat ko`rsatadi. Buni ishlab chiqarishni kooperativlashuvi deyiladi. Bunday korxonalarni qurishda ishlab chiqarish
aloqalarining uzluksizligi, transport qulayligi hisobga olinadi. Korxona
qanchalik yirik va ko`p sohaga ixtisoslashsa, uni qayerga joylashtirish
masalasi shunchalik murakkablashadi.
Muayyan asosiy ishlab chiqarish jarayoni
bilan turli ishlab chiqarish jarayonlarining barqaror bog`liqligi ishlab chiqarish sikli deyiladi.
Ko`rib chiqilgan omillar asosida
iqtisodiyot tarmoqlari va korxonalarini hududiy joylashtirishning quyidagi
tamoyillari belgilangan:
- korxona va transport yo`llarini barpo etishda mamlakatning ustuvor
manfaatlari, fan-texnika taraqqiyoti va ekologiya talablarini hisobga olish;
- eng samarali boylikni o`zlashtirish va boyliklardan kompleks
foydalanishga asosiy e`tibor qaratish;
- ko`p energiya va ko`p material talab korxonalarni xomashyo manbasiga
yaqin joyda barpo etish va bunda ishlab chiqarishning kombinatlashuvi,
ixtisoslashuvi hamda kooperativlashuvi e`tiborda bo`lmog`i;
- ishlab chiqarishni geografik joylashuvi mamlakat mudofaa ehtiyojlariga
bo`ysundirilmog`i shart.
Iqtisodiyot tarmoqlarining tadrijiy
rivojlanishi pirovard oqibat sanoat tuguni, sanoat rayoni, qishloq xo`jalik
mintaqalari, transport tuguni va magistrallari shakllanishiga olib keladi.
Ularning aloqadorligidan hududiy ishlab chiqarish majmua (iqtisodiy geografik
rayon)lar vujudga keladi.
Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.